62
hanuz mavjud bo‘lib, bularni bartaraf etmasdan chinakam
jamoatchilik nazorati
institutlarining mustaqilligini ta’minlab bo‘lmaydi. Masalan, OAVda hamon uchrab
turgan “senzura”
*
chilik siyosatining mavjudligi.
Ikkinchidan,
XX asr oxiriga kelib jamiyatning bir qator muammolarni hal
qilishda, xususan davlat organlari
faoliyatida shaffoflik, ochiqlik,
adolatlilik
prinsiplarini qaror toptirish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan,
demokratik jamiyat qurish asosi bo‘lgan jamoatchilik nazorati nstitutlari faoliyatini
takomillashtirish, ularning huquq va burchlarini oshirish,
ular faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat bosh islohotchiligida huquqiy-me’yoriy
qonunlarning
ishlab
chiqilishi
jumladan,
O‘zbekiston Respublikasining
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi fikrimizga isbotdir.
Shunga qaramasdan, samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasida NNTlar
faoliyatida hanuz faollik sezilarli darajada oshmayapti. Masalan,
davlat
organlarining mansabdor shaxslari faoliyatiga taaluqli,
ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan masalalarni muhokama qilish “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi
Qonunda belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, bu normaning amaliyotda ishlatilishi
nihoyatda sust kechmoqda.
Dostları ilə paylaş: