107
keng imkoniyat yaratdi. Shu sababli XX asr turli sohalarda matematik usullarning
keng ko‘lamda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi[76].
Matematik metodlarni ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarga olib kirishning o‘ziga
xos jihatlari borasida U.Yazdonov tomonidan yozilgan “O‘zbekistonda jamoatchilik
fikrini rivojlantirish masalalari” nomli monografiyada quyidagicha izohlanadi:
− bugungi kunda jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlarini aniqlash, u
bilan bog‘liq muammoning real holatini bilish uchun eng avvalo aniq hisob-
kitoblarga asoslanadigan matematik modellarni yaratish hamda mavjudlarini yanada
takomillashtirish zarur bo‘lib qolmoqda;
− ma’lumki, har qanday tadqiqot doimo nazariya va amaliyotni birgalikda olib
borishni taqozo etadi. Agar jamoatchilik fikrini matematik usulda modellashtirish
kuzatilayotgan jarayonlarni izohlash va tushuntirishdan iborat bo‘lsa, statistik
ma’lumotlar ularni empirik ko‘rinishda shakllantirish va asoslashda muhim vosita
hisoblanadi;
− modellashtirish va modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab,
moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga bo‘linadi. Masalan, moddiy modellar
asosan o‘rganilayotgan obyekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki
funksional xarakteristikalarini ifodalasa, abstrakt modellar inson tafakkurining
mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan
iboratdir. Jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilishda asosan abstrakt
modellashtirish usuli ko‘proq qo‘l keladi[40; 88-b.].
Biz ushbu tadqiqotda qo‘llashga harakat qilgan matematik metod “X
2
-kvadrat
kriteriy”
*
−deb nomlanib, bu model
Dostları ilə paylaş: