103
Falsafa ilmida jamiyat va shaxsga alohida fenomen sifatida qaralsada, ammo
ularning o‘zaro aloqadorligiga ko‘proq o‘rg‘u beriladi. Masalan, Baxti Ochilova:
“Shaxssiz jamiyat bo‘lmaydi va usiz rivojlanmaydi. Bu ikkala tushunchaga yagona
bir organizm sifatida qaralishi o‘rinlidir. Insonga shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsak,
uning bu holatini dastavval jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari
ifodalaydi”[18; 103-b.] deb, shaxs va jamiyat uyg‘unligiga – tabiiy qonun sifatida
baho beradi.
To‘rtinchisi,
“Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”
–
bu tamoyil asosida davlat organlari faoliyati ustidan tizimli jamoatchilik nazoratini
tashkillashtirish va boshqarish mexanizmi yotganligini ko‘rish mumkin[104].
Xususan, xalq – qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi.
Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini
hisobga olgan holda qabul qilinishiga erishmoq kerak[5; 69-b.]. Bu
birinchidan,
parlament tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlarning qay darajada xalqchilligini
ko‘rsatsa,
ikkinchidan,
ushbu qonunlarning jamoatchilik iste’moliga
qanchalik
mosligini anglatadi. Nima bo‘lganda ham xalq manfaatdorligi oshib,
qonun
ijrochilari bo‘lmish davlat organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazorati
o‘rnatilishiga olib keladi. Shu sababli, tizimli va samarali
jamoatchilik nazoratiga
erishishning yagona sharti bu – xalqning qabul qilinayotgan qonunlardan qay
darajada xabardorligi bilan belgilanadi.
Xulosa o‘rnida keltirib o‘tadigan bo‘lsak, jamoatchilik
nazoratini olib
boruvchi institutsional tizim samaradorligiga erishish, ular faoliyatidagi funksional
integratsiyalashuvni
ta’minlashning
ijtimoiy-huquqiy
mexanizmlarini
muvofiqlashtirishda quyidagi omillarga e’tiborni yanada oshirish talab etiladi:
Dostları ilə paylaş: