106
− siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi, jamoatchilik nazoratini
ta’minlovchi asosiy siyosiy kuchlardan biri ekanligini amalda ko‘rsatish va hok.
To‘rtinchidan,
shaxs hayotidagi o‘zgarishlar, uni o‘z huquq va burchlarini
anglashga intilishi, jamiyatda yuz berayotgan voqe hodisalarga bo‘lgan
munosabatidagi o‘zgarishlar natijasida, “Parlament nazorati” kabi fenomenga
nisbatan qarashlar ham o‘zgarmoqda.
Parlament nazorati
−
parlamentning qonun chiqaruvchi organ sifatida ijro
etuvchi hokimiyat, birinchi o‘rinda hukumat faoliyati ustidan nazorat tushuniladi.
Bu shuni anglatadiki, davlat organlari va davlat idoralari xodimlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini olib borishda, ijtimoiy-huquqiy jihatdan parlamentda katta
vakolat va imkoniyatlari mavjud.
Beshinchidan,
bugungi jamiyat va davr xalqimizdan “fuqarolik pozitsiyasi”ni
ongli va faol ravishda amalga oshirishni talab etmoqda. Chunki, fuqarolik
pozitsiyasini mustahkamlash orqali ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish
mumkin. Aks holda jamiyatni isloh etishda – jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarning hech birida
natijadorlik sezilmaydi.
Dostları ilə paylaş: