132
borishiga, davlat organlari faoliyatidan aholining norozilik kayfiyati kuchayishiga
olib kelmoqda.
To‘rtinchidan,
fuqarolarni qiynayotgan
muammolarni o‘z
joyida hal qilish
tizimida jamoatchilik ishtirokini oshirish, ya’ni jamoatchilik faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi ijtimoiy me’yorlarni huquqiy jihatdan qonuniylashtirish kerak.
Buning uchun fuqarolik jamiyati institutlariga −
aholi bilan ochiq, samimiy va
manzilli dasturlar asosida muloqot olib borishning yangicha mexanizmlarini ishlab
chiqishni taklif etamiz.
Beshinchidan,
mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat etuvchi, davlat va jamiyat o‘rtasida
ta’sirchan hamda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish
mexanizmlari
bilan
qurollangan jamoatchilik institutlari faoliyatini takomillashtirish, ularning huquq va
mas’uliyatini oshirish orqali − davlat organlari faoliyati ustidan samarali
jamoatchilik nazoratini ta’minlashga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: