Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Ikkinchi davr.
O‘rta asr mutafakkirlaridan Jordano Bruno (1548-1600) feodal 
zo‘ravonliklari o‘rnini inson ijtimoiy turmushining foydasi uchun belgilangan 
Qonun egallashi kerakligini ta’kidlab, jamiyat uchun zarur bo‘lgan va foydali yaxshi 
fazilatli kishilar aql zakovatidan foydalangan holda[53; 138-s.] davlat boshqaruv 
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ilgari suradi. 
XVII asr boshida Tomazzo Kampanella (1568-1639) o‘zining “Quyosh 
shahri” asarida jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish mexanizmini yaratish 
borasidagi qarashlari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortadi. Kampanella: “har 
bir yangi oy chiqqan va oy to‘lgan kunda ibodatni amalga oshirish uchun Kengash 
yig‘ilishi. Unda yigirma yoshga to‘lgan va undan katta barcha ishtirok etadi va 
ularga birma-bir davlatda qanday kamchiliklar mavjud, qaysi mansabdor shaxslar 
o‘z majburiyatlarini yaxshi, qaysilari − yomon bajarmoqdalar, deb savol berish”[75; 
97-s.] va shu asosida davlat organlari faoliyatini taftish etish g‘oyasini ilgari suradi. 
XVII asrdan boshlab Angliyada jamoatchilik nazoratini olib borish tizimi 
ustida jiddiy ishlar qilinadi. Xususan, demokratik partiya o‘zining 
(Angliyaning 
erkinligi va asosiy qonunlari)
deb nomlangan siyosiy vasiyatnomasida har qanday 
hokimiyat o‘zining tabiati va mohiyatiga ko‘ra o‘z xalqidan tashqari boshqa 
manbaga ega emas[52; 31-s.], – deb belgilab qo‘yadi. Shu tariqa bu partiya 
tomonidan davlat amaldorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga 
alohida muammo sifatida qarash tendensiyasi shakllana boshlaydi. 


43 
Umuman olganda XVII-XVIII asrlarda ma’rifatparvarlar faoliyati va ular 
tomonidan jamiyatda yaratilgan g‘oyaviy-axloqiy muhit davlat va huquq 
to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi yo‘nalishi, uslublari va mazmuniga hamda 
fuqarolik (jamoatchilik) nazoratining keyingi rivojlanishiga muhim qadam 
bo‘ldi[105]. Masalan, Fransuz mutafakkiri Pol’ Gol’bax (1723-1789) jamoa 
shartnomasi nazariyasiga tayangan holda xalq oldida qirollar va hukumatlarning 
javobgarligi hamda davlat hokimiyati dunyoviy bo‘lib, yerdan paydo bo‘lganligini 
asoslab berdi. 
Sharl’ Lui Montesk’ (1689-1775) bo‘lsa, davlatni fuqarolar ittifoqi va barcha 
mansabdor shaxslarning jamuljami sifatida farqlab, jamiyat hukumatsiz mavjud 
bo‘la olmasligini qayd etgan holda qonunlarning mavjudligi fuqarolarga hukumat 
faoliyati ustidan, shuningdek, bir mansabdor shaxsga − boshqa mansabdor shaxslar 
ustidan nazoratni amalga oshirishga imkoniyat yaratish[32; 52-b.] kerakligi 
g‘oyasini ilgari suradi. 
XVIII asrlardan boshlab, jamoatchilik fikri va nazoratini kuchaytirish, 
ularning huquq va erkinliklarini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham kuchayib 
bordi. Masalan, yakobinchilar Konventi bilan qabul qilingan inson va fuqaro 
huquqlari deklaratsiyasida inson erkinligi, vijdon erkinligi, so‘z, murojaatlar, 
hamjamiyatlarga birlashish, qonunchilik tashabbusi, jabr-zulmga qarshilik 
ko‘rsatish huquqi, shuningdek, hukumat tomonidan xalq huquqlari poymol 
bo‘lganda xalq va uning bir qismining qo‘zg‘olon ko‘tarish huquqiga bo‘lgan[61; 
110-s.] muqaddas majburiyati singari demokratik prinsiplar ishlab chiqildi. 
Yevropada ilg‘or g‘oyaviy-siyosiy harakatlar shubhasiz Shimoliy Amerikada 
ilg‘or fikrlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, J.Mil’ton va J.Lokk, J.J 
Russo va Sh.Monteskelar amerikalik mutafakkirlar J.Adams, T.Jefferson, 
A.Linkoln, T.Peyn, S.Bolivar va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan 
konsepsiyalarda − insonning tabiiy huquqlari va jamoa shartnomasi nazariyasi 
nuqtayi nazaridan turib, xalq suvereniteti g‘oyasini yoqlagan holda davlatning 
monarxiya boshqaruv shaklini tanqid qildi va qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan 
kelib chiqqani hamda odamlardan hech biri davlat hokimiyatini tashkil etilishida 


44 
katnashish va uning faoliyati ustidan nazorat qilish huquqidan mahrum etilishi 
mumkin emasligini[58; 295-s.] isbotlovchi g‘oyalari bilan, jamoatchilik nazorati 
fenomeniga yangicha yondashuvni ilgari surib, bu kategoriyaga metodologik 
munosabatni kuchayishiga turtki bo‘ldi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin