Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Oltinchidan,
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida 
(2022.01.28 PF-60-son), 
jamoatchilik nazoratini ta’minlash rivojiga huquqiy asos 
bo‘luvchi quyidagi bandlar kiritildi: 
− inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish 
orqali xalqparvar davlat barpo etish; 


76 
− barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 
muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi 
ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni 
sifatida qarash; 
− mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, moliyaviy 
imkoniyatlari kengaytirish; 
− mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy 
asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash 
majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali 
mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish; 
− davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va 
jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, 
shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar 
ishlab chiqish; 
− davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro 
etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy 
axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimini yaratish; 
− har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan 
rahbarlarning hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish; 
− hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari 
vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-
quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik 
eshituvlarini o‘tkazib borish[82] va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Yuqoridagi huquqiy-me’yoriy hujjatlardan kelib chiqqan holda keltirib 
o‘tadigan bo‘lsak, jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini 
yanada takomillashtirish yo‘lida quyidagi omillarga e’tiborni kuchaytirish foydadan 
holi bo‘lmaydi: 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin