91
qo‘yish mexanizmi qoniqarli darajada emas. Bundan tashqari, bu muammo davlat
siyosiy hayotida fuqarolarning ishtiroki sustligi, ularning o‘z qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya qilishlarida faolsizligi bilan yanada kuchaymoqda. Shu
sababli, jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega institutlar va ularga vakolat
bergan xalq
(jamoatchilik)
o‘rtasida to‘siq bo‘lib kelayotgan ijtimoiy muammolarni
bartaraf etish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Uchinchidan,
jamoatchilik nazorati tizim taraqqiyotini isloh qilishda
birinchidan, keng aholi orasida
(jamoatchilik fikrida)
inson huquqlari, unga
berilayotgan imkoniyatlar, ya’ni shaxs huquqiy savodxonligini oshirish, bu boradagi
amaliy ishlarda ommaviy axborot vositalari hamda ta’lim dargohlariga alohida
e’tibor berish tizimini faollashtirish. Ikkinchidan, jamoatchilik nazoratining
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari o‘rtasidagi funksionallashuvni topish zarurati hanuz
o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
To‘rtinchidan,
jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari
samaradorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan
inson omilini chetlash, virtual texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini
oshiruvchi chora-tadbirlarni kengaytirish, yangicha yondashuvni (innovatsion)
sohaga olib kirish. Shuningdek, jamoatchilik oldida hisobdorlik hissini davlat
organlari faoliyatiga singdirish, bu yo‘lda, ularning faoliyatida ochiqlikni
ta’minlovchi qonunchilik hujjatlarini mustahkamlash, zamon talablariga mos
ravishda muntazam rivojlantirish mexanizmini joriy etish zarurati mavjud.
Dostları ilə paylaş: