Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


Ikkinchi bob paragraflarining umumiy xulosalari



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Ikkinchi bob paragraflarining umumiy xulosalari: 
Birinchidan,
mamlakatimizda olib borilayotgan pragmatik, ochiq-oshkora va 
shaffoflikka asoslangan ijtimoiy-siyosat natijasida jamoatchilik nazoratining ta’sir 
kuchi sezilarli darajada oshmoqda. Ammo shunday bo‘lsada, jamoatchilik nazorati 
rivojiga sezilarli ta’sir etayotgan ijtimoiy muammolar ham hanuz mavjud bo‘lib, 
bularni bartaraf etmasdan chinakam jamoatchilik nazorati institutlarining 
mustaqilligini ta’minlab bo‘lmaydi. Masalan, OAVda hamon uchrab turgan 
“senzura”chilik siyosatining mavjudligi.
 
Ikkinchidan, 
jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish, uni zamon 
talablariga mos shaklga keltirish bilan bog‘liq muammolardan yana biri shuki, 
fuqarolarning hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida uzilish, 
uzoqlashish, ular bilan o‘zaro hamjihatlik tamoyiliga asoslangan hamkorlikni yo‘lga 


91 
qo‘yish mexanizmi qoniqarli darajada emas. Bundan tashqari, bu muammo davlat 
siyosiy hayotida fuqarolarning ishtiroki sustligi, ularning o‘z qonuniy huquq va 
manfaatlarini himoya qilishlarida faolsizligi bilan yanada kuchaymoqda. Shu 
sababli, jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega institutlar va ularga vakolat 
bergan xalq 
(jamoatchilik)
o‘rtasida to‘siq bo‘lib kelayotgan ijtimoiy muammolarni 
bartaraf etish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
 
Uchinchidan, 
jamoatchilik nazorati tizim taraqqiyotini isloh qilishda 
birinchidan, keng aholi orasida 
(jamoatchilik fikrida)
inson huquqlari, unga 
berilayotgan imkoniyatlar, ya’ni shaxs huquqiy savodxonligini oshirish, bu boradagi 
amaliy ishlarda ommaviy axborot vositalari hamda ta’lim dargohlariga alohida 
e’tibor berish tizimini faollashtirish. Ikkinchidan, jamoatchilik nazoratining 
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari o‘rtasidagi funksionallashuvni topish zarurati hanuz 
o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. 
To‘rtinchidan, 
jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari 
samaradorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan 
inson omilini chetlash, virtual texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini 
oshiruvchi chora-tadbirlarni kengaytirish, yangicha yondashuvni (innovatsion) 
sohaga olib kirish. Shuningdek, jamoatchilik oldida hisobdorlik hissini davlat 
organlari faoliyatiga singdirish, bu yo‘lda, ularning faoliyatida ochiqlikni 
ta’minlovchi qonunchilik hujjatlarini mustahkamlash, zamon talablariga mos 
ravishda muntazam rivojlantirish mexanizmini joriy etish zarurati mavjud.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin