Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Fransiyada OAV
− 1789 yilgi inson va fuqarolar huquqlari Deklaratsiyasida 
so‘z erkinligi asosiy huquq sifatida tan olingan. Shunga ko‘ra, har bir fuqaro erkin 
so‘zlashi, yozishi va chop etishi mumkin. Ammo bu erkinlikni suiiste’mol qilsa, 
qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi (11-modda)[44]. Ushbu 
deklaratsiya ta’sirida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligiga xavf tug‘dirish 
(turli tashkilotlar tomonidan) 10% ga yaqin sezilib turgan bo‘lsa, 1986-yilda qabul 
qilingan “Aloqa erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning turli bandlari Oliy Kengash 
(CSA) va uning a’zolarining mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan
 
Davlat audio-
vizual xizmatlarining mustaqilligi to‘g‘risidagi 2013 yil 15 noyabrdagi 2013-1028-
son Qonuni), “Mustaqil davlat organi” sifatida yangi huquqiy maqom berish va 
uning a’zolarini tayinlash[90] bilan bog‘liq o‘zgartirishlar orqali CSA mustaqilligini 
mustahkamladi. 
Germaniyada
ommaviy axborot vositalari faoliyatida plyuralizm yuqori 
bo‘lib, unga ta’sir etishga urinish xavfi, ya’ni so‘z va fikr erkinligining xavf ostida 
qolish darajasi 6% ni tashkil etadi. Axborotga nisbatan cheklovsiz kirish imkoniyati 
mavjud. Qonun manbalarni himoya qilishni kafolatlaydi. 
Germaniyada ommaviy axborot vositalarini boshqarish va moliyalashtirish 
mustaqilligi yuqori bo‘lib, masalan, uning hukumatga qaramlik darajasi 8% ga 
yetmaydi. Boshqaruv va kengash funksiyalarining adolatli, xolis va shaffof tartiblari 
hukumatdan yoki har qanday siyosiy guruhdan mustaqilligini[42; 313-r.] ko‘rsatadi. 


87 
Buyuk Britaniya
uzoq vaqtdan beri liberal demokratik davlatlar orasida 
beshta komponentga asoslangan ommaviy axborot vositalarida plyuralizm uchun 
eng yaxshi rivojlangan tizimlardan birini saqlab kelmoqda. Bu besh komponentga 
1. Xususiy mulk bo‘lgan va faqat oddiy biznes qoidalari, fuqarolik va jinoyat 
qonunchiligi qoidalari bilan tartibga solinadigan erkin matbuot. 2. Davlat yoki 
siyosatchilarning har qanday siyosiy nazoratdan uzoqda bo‘lgan kvazi nodavlat 
agentlik tomonidan boshqariladigan teleradiokompaniyalar. 3. Siyosiy yoritilishi bir 
xil qoidalar bilan tartibga solinadigan tartibdan xoli bo‘lgan, xususiy sektor 
teleradiokompaniyalari. 4. Kuchli rivojlangan jurnalist professionalligi. Axborot 
berishning aniqligi, uning umumiy standartlari va sharhlarida adolatlilik va shaxsiy 
daxlsizlikni ta’minlanganligi. 5. Ommaviy axborot vositalari tizimining tobora 
muhim jihati bo‘lgan va oddiy qonun qoidalaridan tashqari mavjud bo‘lgan ijtimoiy 
media[95] kirishi keltirib o‘tilgan. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy axborot vositalari erkinligi, ularni 
shaffof va ochiq ishlash mexanizmi, ayniqsa, jamoatchilik nazorati tizim elementlari 
sifatidagi faoliyatida “hukumat ta’siridan chiqish” borasidagi prinsiplar yuqori 
mavqeda emas. Masalan, “Chegara bilmas muxbir” tashkiloti tomonidan har yili 
mamlakatlarning matbuot erkinligi bo‘yicha hisobotiga asoslangan reyting tuziladi 
va e’lon qilinadi. 2013-2014 yillarda Qo‘shma Shtatlar 180 mamlakat ichida 46-
o‘rinni egalladi
[47]

Shuningdek, samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlashga 
qaratilgan ijtimoiy-huquqiy mexanizmlar hamda ularni harakatga keltiruvchi 
drayverlarni ishlab chiqish bo‘yicha olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy-nazariy 
konsepsiyalar, amaliy taklif va tavsiyalar ham taqdim etilmoqda. 
− Notrdam universitetining professori Robert Shmul Amerikada davlat 
hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining shakllanish tarixi, hozirgi 
kuni va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari mazmuni, mohiyatini hamda 
nazoratning ko‘rinishlarini tadqiq etib[20; 116-b.], erkin matbuot bilan siyosiy 
maqsadlarda birlashish erkinligi o‘rtasida uzviy aloqadorlikni topishga harakat 
qiladi. Bu ham jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutsional tizim 


88 
institutlari 
tomonidan 
qo‘llanilayotgan 
ijtimoiy-huquqiy 
mezanizmlarni 
klassifikatsiya[104] qilishga imkon beradi. 
− Meksikalik olim Diyego Valadesning “контрол над властю” nomli 
monografiyasida – davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
ta’minlashda alohida fenomen sifatida qarab, davlat va jamoatchilik nazoratining 
o‘zaro nisbati masalasiga to‘xtalib, nazoratni amalga oshiruvchi ijtimoiy-huquqiy 
mexanizmlar tasnifini ishlab chiqadi[55; 248-s.]. Bu tadqiqot natijalari jahon ilm-
fanida o‘zgacha qarshi olinib, bu sohadagi dastlabki ishlardan ekanligi e’tirof etiladi.
− Rossiyalik professor V.Ye.Chirkin fikricha, “bugungi kunda jahonda yangi 
hokimiyat tarmog‘i – kontrol etuvchi tarmoqning ajralib chiqish jarayoni 
kechmoqda. Biroq, bu jarayon hali tugaganicha yo‘q. Ko‘pgina davlatlarda kontrol 
etuvchi hokimiyatning ajralib chiqish tendensiyasi ”izlanish” tusiga ega. Bundan 
tashqari, avtoritar siyosiy rejimlar sharoitida kontrol etuvchi organlarga berilgan 
keng vakolatlar o‘zining real amalga oshishidan hali ancha uzoq”[38; 18-s.] –deb, 
davlat organlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi uchun, 
avvalo jamiyatda demokratik tamoyillar ta’minlangan bo‘lishi kerakligi ko‘rsatiladi.
− M.M.Mamasiddiqov tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda[28] 
huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan 
biri, parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlari ekanligi ko‘rsatiladi. 
Olimning fikricha, parlament va jamoatchilik nazoratidan ko‘zlangan asosiy maqsad 
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining va ular mansabdor shaxslarining 
faqat qonun doirasida faoliyat yuritishini, qolaversa, butun jamiyat a’zolarining 
amaldagi qonun hujjatlariga qat’iy itoat qilishini ta’minlash[28; 17-18-b.] zururati 
ko‘rsatiladi.
− X.T.Odilqoriyev fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari va 
ularning mansabdor shaxslari ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish mexanizmlarini yaratish muammolari xususida tahliliy mulohazalar yuritib, 
davlat organlari, jumladan, respublikamiz Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, 
Mudofaa va boshqa vazirliklar huzurida Jamoatchilik kengashlarini tashkil etish 
g‘oyasi[31; 93-b.] ilgari suriladi. Tadqiqotchi fikricha, ushbu tuzilmalar bilan 


89 
hamkorlik aloqalarini bog‘lagan holda jamoatchilik nazoratini olib borish orqali, shu 
va boshqa davlat organlari faoliyatini nazorat qilishda natijadorlik oshadi. 
− M.A.Axmedshayeva, M.K.Najimov, Sh.A.Saydullayevlar tomonidan ilgari 
surilayotgan qarashlar bo‘yicha “Davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik 
nazoratini mohiyatan ikki ko‘rinishga ajratish maqsadga muvofiq ekanligi keltirib 
o‘tilib, birinchisi, davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan bilvosita jamoatchilik 
nazorati – davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan parlament nazorati va davlat 
hokimiyati faoliyatida qonuniylikka rioya etilishi yuzasidan sud nazorati ekanligi 
ko‘rsatiladi[64]. Ikkinchisi, davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan bevosita 
jamoatchilik nazorati deb[20; 137-b.], keltiriladi va bularning har birining o‘ziga 
ishlash mexanizm ekanligi asoslanadi.
Tadqiqot jarayonida paragraf bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelindi:

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin