Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Ma’lumot uchun:
Rossiya Davlat dumasi tomonidan rus armiyasini 
obro‘sizlantirishga qaratilgan “feyk” xabarlar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar 
kiritishga da’vat etganlik uchun jinoiy jazo va yirik jarimalarni nazarda tutuvchi 
qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasi tomonidan ishlab chiqilib, Rossiya 
Federatsiya Kengashiga yuborildi. RF Kengashi tomonidan mamlakat qurolli 
kuchlari harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy 
javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi qonun bir ovozdan qabul qilindi. Unga ko‘ra 
“feyk” ma’lumotlarni tarqatganlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi 
belgilab qo‘yildi[93]. Buning natijasida, davlat organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi Rossiya va halqaro OAVlari faoliyatida katta 
cheklovlar paydo bo‘ldi. 
Xulosa shuki, jamiyatda adolat, so‘z va fikr erkinligining ramzi bo‘lgan 
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga “to‘siq” qo‘yish orqali, jamiyatda 
demokratik tamoyillarni saqlab qolib bo‘lmaydi. Aksincha, mavjud OAVni 
“seleksiya” qilish, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish orqali 


82 
fuqarolik jamiyatini qurish mumkin bo‘ladi. Zero ommaviy axborot vositalarining 
haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat bo‘lib maydonga chiqishiga erishish, milliy media 
maydonimizda fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash bugungi kunda 
dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz yaxshi[2; 500-b.] tushunishimiz 
kerak. 
Davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini 
ta’minlash ko‘p jihatdan, uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlariga bog‘liq bo‘lib, 
qaysi jamiyatda bu tizim to‘g‘ri tashkillashtirilgan bo‘lsa, aynan shu davlat 
boshqaruvida demokratik tamoyillar me’yorlashgan, inson huquq va burchlari 
tiklangan, xalq manfaatlari ustuvorligi davlat olib borayotgan islohotchilikda 
namoyon bo‘lganligi ko‘rinadi[104].
Jamoatchilik nazoratining huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘p 
jihatdan xalqning turmush-tarzi, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, huquqiy ongi va 
tafakkuri, voqelikka bo‘lgan munosabati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi bois, 
uning davlat va jamiyat hayotiga kirib kelishi, qo‘llanishi, amal qilish 
mexanizmlarini ishlab chiqilishi, ushbu jamiyatdagi demokratik tamoyillarning qay 
darajada ekanligi bilan belgilanadi[100]. Chunki, jamoatchilik nazorati fuqarolik 
institutlari faolligi bilan kuchli hisoblanadi. Shu sababli, jamiyatda samarali 
jamoatchilik nazoratini ta’minlash, uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini real 
hayotga tadbiq etish, ko‘p jihatdan fuqarolik institutlariga bog‘liq hisoblanadi[104]. 
Bundan xulosa shuki, qaysi jamiyatda fuqarolik institutlari huquqiy, ijtimoiy 
jihatdan erkin bo‘lsa, o‘z fikri va qarashlarini jamiyat manfaatlari yo‘lida davlat va 
uning organlari faoliyatiga singdirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, demak, shu jamiyatda 
jamoatchilik nazorati ishlayotgan hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, dunyoning barcha 
mintaqasidagi davlatlarda jamoatchilik nazoratining qay darajadaligi, ularning ichki 
siyosati 
(ochiq yoki yopiq siyosati)
bilan belgilanishini anglatadi. Masalan, 
mustaqillik yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosatida 
yangicha yondashuvda davlatchilikni qurish tamoyili ishlab chiqila boshladi. 
Mustabit tuzum davrida 
(1991 yilga qadar)
“odamlarning hayotiy manfaatlariga 
daxldor muhim masalalar hammadan pinhon tutilib tayyorlanar va qabul qilinar edi, 


83 
jamoatchilik fikri esa hisobga olinishi bir yoqda tursin, hatto butunlay pisand 
qilinmas edi”[11; 68-b.].
Uzoq davom etgan 
(qariyb 70 yillik sobiq Sovet tuzumi)
turg‘unlik davridan 
chiqqan mamlakatimiz xalqi uchun, o‘zgacha fikr yurituvchi 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin