90
organlarining faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini ta’minlashning
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlariga ehtiyoj oshib bormoqda.
To‘rtinchidan,
Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida inson sha’ni va
qadr-qimmati ta’minlanib, uning munosib hayot kechirishi uchun shart-sharoit
yaratish, unga jamiyat boshqaruvida ishtirok etish huquqi va erkinligini berish,
shaxsga o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish, davlat organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi
subyekt sifatidagi ijtimoiy
huquqlarini mustahkamlash zarur.
Beshinchidan,
Davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish bo‘yicha rivojlangan davlatlarda ikki usul ommalashgan, ya’ni
davlat organlari faoliyati ustidan bevosita yoki bilvosita jamoatchilik nazoratini
o‘rnatish tizimi mavjud. Bu tizimda jamoa tomonidan bildirilayotgan individual
fikrlarga
(Petitsiyalar – fuqarolarning davlat yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish
organlariga shaxsiy yoki jamoaviy murojaatlaridir)
alohida urg‘u beriladi.
Sharq
mamlakatlari, xususan O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini tashkillashtirishda
ko‘proq korporativlik xususiyatlari mavjudligini ko‘rish mumkin. Masalan, OAV,
siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘z-o‘zini boshqaruvchi mahalla
va hokazolarning faoliyati fikrimizga misoldir.
Dostları ilə paylaş: