80
birinchisi,
fuqarolik institutlari – o‘z faoliyatiga nisbatan pozitiv jamoatchilik
fikrini shakllantirishga erishishi kerak. Chunki, jamoatchilik nazoratini olib borish
vakolatiga ega bo‘lgan institutning avvalo xalq orasida obro‘yi baland bo‘lishi,
uning davlat organlariga ta’sir o‘tkazishiga imkon beradi. Boshqacha aytganda,
xalqning qo‘llab quvvatloviga erishish orqali samarali jamoatchilik nazoratini olib
borish mumkin. Bu borada muhtaram Prezidentimiz shunday fikrni keltirib o‘tgan
edi: “bugungi kunda siyosiy partiyalar o‘z elektoratiga bergan va’dalarini,
saylovoldi dasturlarini to‘la
va samarali bajarmoqda, deb aytolmaymiz. Ular
hanuzgacha mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, fuqarolar ongida o‘zining
mustahkam o‘rnini egallay olmadi”[2; 542-b.]. Demak, siyosiy partiyalar o‘rtasida
o‘zaro tenglik, shaffoflik, adolatli raqobat
muhitini yaratmas ekanmiz, bu institut
tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati samarasizligicha qolaveradi.
Ikkinchisi,
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib
boruvchi, kuchli ta’sirga ega bo‘lgan subyektiv institutlardan
yana biri ommaviy
axborot vositalari hisoblanadi. Bugungi kunda OAV tom ma’noda "To‘rtinchi
hokimiyat"ga aylanib bormoqda. Oshkoralik va so‘z erkinligi bu – davr talabi, bugun
dunyoda olib borilayotgan islohotlarning talabi. Xolis va adolatli jurnalist va
blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning
faoliyatidagi xato-kamchiliklarni ko‘rsatib, ularni ish uslubini o‘zgartirish va
mas’uliyatini oshirishga majbur qilmoqda[5; 118-119-b.].
Shu sababli, yaqin
kelajakda OAV – jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha, qolgan institutsional
tizimlarga nisbatan “drayver” darajasiga erishishiga shubha yo‘q. Ammo
xohlaymizmi yo‘qmi davlat hokimiyati “katta kuchga” ega komplekslashgan tizim
bo‘lib, u har qanday jamoatchilik nazorati bo‘g‘iniga ta’sir etish imkoniyatiga ega
hisoblanadi. Bu o‘z navbatida OAVning turkumlashishiga olib keladi. Masalan,
davlat ta’sridagi yoki davlat ta’siridan tashqaridagi ommaviy axborot vositalari.
So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi vaqtlarda “davlat ta’sirida
bo‘lgan ommaviy axborot vositalari”ga nisbatan jamoatchilik fikri passivlashib
bormoqda.
Albatta bunday yondashuv, jamoatchilik nazorati xavfsizligiga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chunki, tabiiy ravishda davlat “qaramog‘idagi” OAV
81
imkoniyatlari, nodavlat notijorat maqomidagi ommaviy axborot vositalariga
nisbatan yuqori mavqeda bo‘ladi.
XX asrga kelib media axborot maydonining kengayishi,
insonlar hayotiga
ijtimoiy tarmoqlar, virtual olamini
(onlayn OAV, internet)
kirib
kelishi natijasida,
OAVning jamoatchilik fikriga ta’sir etish doirasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lib,
jamoatchilik nazoratini olib borish jihatidan ham boshqa institutsional tizimlardan
o‘zib ketdi. Ammo axborot xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarga ishonchli axborot
yetkazish, keng jamoatchilik auditoriyasiga ega bo‘lgan onlayn OAV saytlaridagi
beqarorlik, dezinformatsion ma’lumotlarning “filtrlanmasdan
ijtimoiy muomilaga
chiqarilishi” elektron OAVga bo‘lgan jamoatchilik fikri passivlashishiga ham olib
kelmoqda. Aynan shu holatdan foydalangan ayrim hukumat vakillarining – OAV
shaffofligini to‘sishga urinishi ham kuzatilmoqda. Masalan, 2022 yil fevral oyida
boshlangan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli voqealarni yoritib boruvchi va
shu orqali jamoatchilik fikrini Rossiya hukumat rahbarlari faoliyatiga nisbatan
shakllantirib kelayotgan OAV faoliyatini cheklovchi taqiq ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: