Ma’lumot uchun:
Rossiya Davlat dumasi tomonidan rus armiyasini
obro‘sizlantirishga qaratilgan “feyk” xabarlar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar
kiritishga da’vat etganlik uchun jinoiy jazo va yirik jarimalarni nazarda tutuvchi
qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasi tomonidan ishlab chiqilib, Rossiya
Federatsiya Kengashiga yuborildi. RF Kengashi tomonidan mamlakat qurolli
kuchlari harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy
javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi qonun bir ovozdan qabul qilindi. Unga ko‘ra
“feyk” ma’lumotlarni tarqatganlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi
belgilab qo‘yildi[93]. Buning natijasida, davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi Rossiya va halqaro OAVlari faoliyatida katta
cheklovlar paydo bo‘ldi.
Xulosa shuki, jamiyatda adolat, so‘z va fikr erkinligining ramzi bo‘lgan
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga “to‘siq” qo‘yish orqali, jamiyatda
demokratik tamoyillarni saqlab qolib bo‘lmaydi. Aksincha, mavjud OAVni
“seleksiya” qilish, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish orqali
82
fuqarolik jamiyatini qurish mumkin bo‘ladi. Zero ommaviy axborot vositalarining
haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat bo‘lib maydonga chiqishiga erishish, milliy media
maydonimizda fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash bugungi kunda
dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz yaxshi[2; 500-b.] tushunishimiz
kerak.
Davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini
ta’minlash ko‘p jihatdan, uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlariga bog‘liq bo‘lib,
qaysi jamiyatda bu tizim to‘g‘ri tashkillashtirilgan bo‘lsa, aynan shu davlat
boshqaruvida demokratik tamoyillar me’yorlashgan, inson huquq va burchlari
tiklangan, xalq manfaatlari ustuvorligi davlat olib borayotgan islohotchilikda
namoyon bo‘lganligi ko‘rinadi[104].
Jamoatchilik nazoratining huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘p
jihatdan xalqning turmush-tarzi, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, huquqiy ongi va
tafakkuri, voqelikka bo‘lgan munosabati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi bois,
uning davlat va jamiyat hayotiga kirib kelishi, qo‘llanishi, amal qilish
mexanizmlarini ishlab chiqilishi, ushbu jamiyatdagi demokratik tamoyillarning qay
darajada ekanligi bilan belgilanadi[100]. Chunki, jamoatchilik nazorati fuqarolik
institutlari faolligi bilan kuchli hisoblanadi. Shu sababli, jamiyatda samarali
jamoatchilik nazoratini ta’minlash, uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini real
hayotga tadbiq etish, ko‘p jihatdan fuqarolik institutlariga bog‘liq hisoblanadi[104].
Bundan xulosa shuki, qaysi jamiyatda fuqarolik institutlari huquqiy, ijtimoiy
jihatdan erkin bo‘lsa, o‘z fikri va qarashlarini jamiyat manfaatlari yo‘lida davlat va
uning organlari faoliyatiga singdirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, demak, shu jamiyatda
jamoatchilik nazorati ishlayotgan hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, dunyoning barcha
mintaqasidagi davlatlarda jamoatchilik nazoratining qay darajadaligi, ularning ichki
siyosati
(ochiq yoki yopiq siyosati)
bilan belgilanishini anglatadi. Masalan,
mustaqillik yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosatida
yangicha yondashuvda davlatchilikni qurish tamoyili ishlab chiqila boshladi.
Mustabit tuzum davrida
(1991 yilga qadar)
“odamlarning hayotiy manfaatlariga
daxldor muhim masalalar hammadan pinhon tutilib tayyorlanar va qabul qilinar edi,
83
jamoatchilik fikri esa hisobga olinishi bir yoqda tursin, hatto butunlay pisand
qilinmas edi”[11; 68-b.].
Uzoq davom etgan
(qariyb 70 yillik sobiq Sovet tuzumi)
turg‘unlik davridan
chiqqan mamlakatimiz xalqi uchun, o‘zgacha fikr yurituvchi
Dostları ilə paylaş: |