87
Buyuk Britaniya
uzoq vaqtdan beri liberal demokratik davlatlar orasida
beshta komponentga asoslangan ommaviy axborot vositalarida plyuralizm uchun
eng yaxshi rivojlangan tizimlardan birini saqlab kelmoqda. Bu besh komponentga
1. Xususiy mulk bo‘lgan va
faqat oddiy biznes qoidalari, fuqarolik va jinoyat
qonunchiligi qoidalari bilan tartibga solinadigan erkin matbuot. 2. Davlat yoki
siyosatchilarning har qanday siyosiy nazoratdan uzoqda bo‘lgan kvazi nodavlat
agentlik tomonidan boshqariladigan teleradiokompaniyalar. 3. Siyosiy yoritilishi bir
xil qoidalar bilan tartibga solinadigan tartibdan xoli bo‘lgan, xususiy sektor
teleradiokompaniyalari. 4. Kuchli rivojlangan jurnalist professionalligi.
Axborot
berishning aniqligi, uning umumiy standartlari va sharhlarida adolatlilik va shaxsiy
daxlsizlikni ta’minlanganligi. 5. Ommaviy axborot vositalari tizimining tobora
muhim jihati bo‘lgan va oddiy qonun qoidalaridan tashqari mavjud bo‘lgan ijtimoiy
media[95] kirishi keltirib o‘tilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy axborot vositalari erkinligi, ularni
shaffof va ochiq ishlash mexanizmi, ayniqsa, jamoatchilik nazorati tizim elementlari
sifatidagi faoliyatida “hukumat ta’siridan chiqish” borasidagi prinsiplar yuqori
mavqeda emas. Masalan, “Chegara bilmas muxbir” tashkiloti tomonidan
har yili
mamlakatlarning matbuot erkinligi bo‘yicha hisobotiga asoslangan reyting tuziladi
va e’lon qilinadi. 2013-2014 yillarda Qo‘shma Shtatlar 180 mamlakat ichida 46-
o‘rinni egalladi
[47]
.
Shuningdek, samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlashga
qaratilgan ijtimoiy-huquqiy mexanizmlar hamda ularni harakatga keltiruvchi
drayverlarni ishlab chiqish bo‘yicha olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy-nazariy
konsepsiyalar, amaliy taklif va tavsiyalar ham taqdim etilmoqda.
− Notrdam universitetining professori Robert Shmul Amerikada davlat
hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining shakllanish tarixi, hozirgi
kuni va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari mazmuni,
mohiyatini hamda
nazoratning ko‘rinishlarini tadqiq etib[20; 116-b.], erkin matbuot bilan siyosiy
maqsadlarda birlashish erkinligi o‘rtasida uzviy aloqadorlikni topishga harakat
qiladi. Bu ham jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutsional tizim
88
institutlari
tomonidan
qo‘llanilayotgan
ijtimoiy-huquqiy
mezanizmlarni
klassifikatsiya[104] qilishga imkon beradi.
− Meksikalik olim Diyego Valadesning “контрол над властю” nomli
monografiyasida – davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
ta’minlashda
alohida fenomen sifatida qarab, davlat va jamoatchilik nazoratining
o‘zaro nisbati masalasiga to‘xtalib, nazoratni amalga oshiruvchi ijtimoiy-huquqiy
mexanizmlar tasnifini ishlab chiqadi[55; 248-s.]. Bu tadqiqot natijalari jahon ilm-
fanida o‘zgacha qarshi olinib, bu sohadagi dastlabki ishlardan ekanligi e’tirof etiladi.
− Rossiyalik professor V.Ye.Chirkin fikricha, “bugungi kunda jahonda yangi
hokimiyat tarmog‘i – kontrol etuvchi tarmoqning ajralib chiqish jarayoni
kechmoqda. Biroq, bu jarayon hali tugaganicha yo‘q. Ko‘pgina davlatlarda kontrol
etuvchi hokimiyatning ajralib chiqish tendensiyasi ”izlanish” tusiga ega.
Bundan
tashqari, avtoritar siyosiy rejimlar sharoitida kontrol etuvchi organlarga berilgan
keng vakolatlar o‘zining real amalga oshishidan hali ancha uzoq”[38; 18-s.] –deb,
davlat organlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi uchun,
avvalo jamiyatda demokratik tamoyillar ta’minlangan bo‘lishi kerakligi ko‘rsatiladi.
− M.M.Mamasiddiqov tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda[28]
huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan
biri, parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlari ekanligi ko‘rsatiladi.
Olimning fikricha, parlament va jamoatchilik nazoratidan ko‘zlangan asosiy maqsad
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining va ular mansabdor shaxslarining
faqat qonun doirasida faoliyat yuritishini, qolaversa, butun jamiyat a’zolarining
amaldagi qonun hujjatlariga qat’iy itoat qilishini ta’minlash[28; 17-18-b.] zururati
ko‘rsatiladi.
− X.T.Odilqoriyev fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari va
ularning mansabdor shaxslari ustidan ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini amalga
oshirish mexanizmlarini yaratish muammolari xususida tahliliy mulohazalar yuritib,
davlat organlari, jumladan, respublikamiz Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi,
Mudofaa va boshqa vazirliklar huzurida Jamoatchilik kengashlarini tashkil etish
g‘oyasi[31; 93-b.] ilgari suriladi. Tadqiqotchi fikricha, ushbu tuzilmalar bilan
89
hamkorlik aloqalarini bog‘lagan holda jamoatchilik nazoratini olib borish orqali, shu
va boshqa davlat organlari faoliyatini nazorat qilishda natijadorlik oshadi.
− M.A.Axmedshayeva, M.K.Najimov, Sh.A.Saydullayevlar tomonidan ilgari
surilayotgan qarashlar bo‘yicha “Davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik
nazoratini mohiyatan ikki ko‘rinishga ajratish maqsadga muvofiq ekanligi keltirib
o‘tilib, birinchisi, davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan
bilvosita jamoatchilik
nazorati – davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan parlament nazorati va davlat
hokimiyati faoliyatida qonuniylikka rioya etilishi yuzasidan sud nazorati ekanligi
ko‘rsatiladi[64]. Ikkinchisi, davlat hokimiyati faoliyati yuzasidan bevosita
jamoatchilik nazorati deb[20; 137-b.], keltiriladi va bularning har birining o‘ziga
ishlash mexanizm ekanligi asoslanadi.
Tadqiqot jarayonida paragraf bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
Dostları ilə paylaş: