98
− davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatiga doir masalalar
yuzasidan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
− yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan
samarali hamkorlikni ta’minlash;
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati
haqida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish
tashabbusi bilan chiqish, ularni tashkil etish, shuningdek, ularda ishtirok etish;
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
axborotni
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat organlaridan so‘rab olish;
− jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlash
hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish
[82]
uchun yuborish huquqiga
egadir.
Jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari:
− jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini
shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda
rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning
samarali mexanizmlarini joriy etish;
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar
yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish;
− jamoatchilik kengashlarning
nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi
tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari
e’tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita
ishtirokini yanada rivojlantirish
[82]
huquqiga ega hisoblanadi.
99
Jamoatchilik nazoratini ta’minlash jarayonida institutsional tizim faoliyatini
tartibga soluvchi qanday ijtimoiy-huquqiy mexanizmlar kafolatlangan bo‘lishi
kerak? Bu kabi savollarga bugungi O‘zbekistonda quyidagicha javob berilmoqda:
Birinchidan,
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunida ko‘rsatilganidek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, murojaatlar bilan ishlashning
samarali tizimi faoliyatini ta’minlash[82], jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda
fuqarolar ishtirokiga huquqiy kafolat bermoqda.
Ikkinchidan,
ushbu qonunning
(O‘RQ-445-son, 2017 yil 11 sentyabr)
26-
moddasida keltirilganidek, Davlat organi, tashkilot
yoki ularning mansabdor
shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini
bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etish, Davlat organi,
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchini eshitishga
ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb
etishi[82] mumkinligi bo‘yicha alohida bandning kiritilishi – jamoatchilik nazoratini
olib boruvchi subyektlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilmasligini huquqiy
jihatdan kafolatlaydi.
Uchinchidan,
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy
va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunining
(2014 yil 3 dekabr, O‘RQ-378-
son
) 8-moddasida “Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish tashkil etiladi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish davlat organining rahbari yoxud boshqa vakolatli shaxs
tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida maxsus tarkibiy
bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor
shaxslar belgilanadi”[57] deb, jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan murojaat
etilgan taqdirda – davlat organlari, ularning talabini qonuniy yo‘l bilan qondirishi,
kerakli shart-sharoit yaratib berishi, “xalq davlat idoralariga emas, aksincha davlat
idoralari xalq va uning manfaatlariga xizmat etishi kerak”[82]
tamoyilini amalda
namoyon etishiga qaratilgan huquqiy kafolat ishlab chiqilgan.
100
To‘rtinchidan,
“...inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini
yaratish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik
faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish,
huquqni muhofaza
qiluvchi organlarni xalq manfaati yo‘lida xizmat qiladigan idoralarga
aylantirish”[82] tizimini joriy etishga qaratilgan “Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
(2019 yil 13 dekabr,
PQ-4551-son)
, jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish,
boshqarish va uning
shaffofligini mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘ldi. Umuman olganda bu
tizimning xalq orasida obro‘-e’tibori ortib, mavqei mustahkamlanganligi sari, ularni
(jamoatchilik nazorati institutlarini) davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish[72; 17-b.] imkoniyatlari ham ortib bormoqda.
Beshinchidan,
jamoatchilik nazorati instituti faoliyati samaradorligini
kafolatlovchi huquqiy me’yorlarning ishlab chiqilayotganligi
Dostları ilə paylaş: