97
− davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot
olishga doir so‘rov bilan ularga og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron
hujjat shaklida) murojaat etish;
− davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot
olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish;
−
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini,
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb
takliflar ishlab chiqish;
−
davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy
hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda
o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish[82] orqali ommaviy axborot vositalari –
jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi “lokomotiv” darajasiga ko‘tarilmoqda. Zero
axborot erkinligini ta’minlash, davlat va boshqaruv organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining rolini
kuchayishi birinchidan, odamlarning o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan
voqea-hodisalarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga
aylantirish[10; 188-b.] bo‘lsa, ikkinchidan OAV orqali jamoatchilik nazorati
diapazonini oshirishdir.
Dostları ilə paylaş: