101
Birinchisi,
“Xalq hokimiyatchiligi”
− xalqning to‘la hokimiyatga egaligi,
ya’ni xalqning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda haqiqiy ishtirok etishi uchun
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vositalarning mavjudligi[104].
Ma’lumot o‘rnida:
xalq hokimiyati – xalqning o‘z xohish-irodasini amalga
oshirish usulidir. Demokratik mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda
hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Xalq o‘z hokimiyatini, o‘zi saylab qo‘ygan
yoki tuzadigan organlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Xalq hokimiyati davlat
hokimiyati orqali siyosiy jarayonga aylanadi. Agar hokimiyat biron-bir narsaga ega
bo‘lish, ta’sir o‘tkazish, hatto majburlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, shu imkoniyatni
xalq davlat hokimiyati orqali amalga oshiradi. Xalq hokimiyati – saylov,
referendum, muhokamalarda ishtirok etish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi
tushunchalardan vujudga keladi. Xalq hokimiyati − xalq suverenitetining
ifodasidir[86]. Demak, jamoatchilik nazoratida xalq tomonidan tanlangan
subyektlar o‘z faoliyatini xalq nomidan olib borganidek, xalq manfaatlariga qat’iy
amal qilishi ham talab etiladi. Agarda ushbu tamoyilga barcha jamoatchilik
institutlari faoliyati davomida og‘ishmay amal qilsa, nafaqat jamoatchilik
nazoratida samaradorligi oshadi, balki, ularga nisbatan pozitiv jamoatchilik fikri
ham shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: