Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Uchinchisi,
“Jamiyat va shaxs uyg‘unligi”.
Ingliz faylasufi Uilyam Godvin 
aytganidek: jamiyatsiz inson o‘zida kamolotga yetishish istagining ojizligi bilan 
g‘arib bir holga tushgan bo‘lardi. Lekin hammadan ham muhimi − bizning 
kamolotimiz jamiyatsiz deyarli maqsadsiz bo‘lur edi[84]. Bu shuni anglatadiki
inson huquqlari mohiyati ijtimoiy hodisa bo‘lib, unda ijtimoiy haqiqat va jamiyat 
ongining turli xil shakllari birlashuvi natijasi hisoblanadi. 
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasi − bu davlatning barcha 
organlari majburiyatidir. Inson o‘z hayotini o‘zi belglashiga ishonishi va shunga 
yarasha qilgan harakatlari uchun o‘zi javob berishini anglashi kerak. Ammo 
jamiyatda turli tuman shaxsiy xususiyatlari bo‘lishi mumkin, lekin bu hech bir vaqt 
uning davlat organlari bilan munosabatlariga ta’sir qilmasligi kerak. Shaxsiy huquq 
va 
erkinliklarning 
rivojlanishi 
va 
mustahkamlanishidan 
butun 
jamiyat 
manfaatdordir[71; 46-b.]. Shu sababli, jamiyat va shaxs manfaatdorligi o‘rtasidagi 
integratsiyalashuvga erishish orqali jamoatchilik nazoratining ijtimoiy mexanizmini 
ta’minlash mumkin[104]. 


103 
Falsafa ilmida jamiyat va shaxsga alohida fenomen sifatida qaralsada, ammo 
ularning o‘zaro aloqadorligiga ko‘proq o‘rg‘u beriladi. Masalan, Baxti Ochilova: 
“Shaxssiz jamiyat bo‘lmaydi va usiz rivojlanmaydi. Bu ikkala tushunchaga yagona 
bir organizm sifatida qaralishi o‘rinlidir. Insonga shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsak, 
uning bu holatini dastavval jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari 
ifodalaydi”[18; 103-b.] deb, shaxs va jamiyat uyg‘unligiga – tabiiy qonun sifatida 
baho beradi. 
To‘rtinchisi,
“Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”
– 
bu tamoyil asosida davlat organlari faoliyati ustidan tizimli jamoatchilik nazoratini 
tashkillashtirish va boshqarish mexanizmi yotganligini ko‘rish mumkin[104]. 
Xususan, xalq – qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi. 
Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini 
hisobga olgan holda qabul qilinishiga erishmoq kerak[5; 69-b.]. Bu 
birinchidan,
parlament tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlarning qay darajada xalqchilligini 
ko‘rsatsa, 
ikkinchidan,
ushbu qonunlarning jamoatchilik iste’moliga qanchalik 
mosligini anglatadi. Nima bo‘lganda ham xalq manfaatdorligi oshib, qonun 
ijrochilari bo‘lmish davlat organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazorati 
o‘rnatilishiga olib keladi. Shu sababli, tizimli va samarali jamoatchilik nazoratiga 
erishishning yagona sharti bu – xalqning qabul qilinayotgan qonunlardan qay 
darajada xabardorligi bilan belgilanadi.
Xulosa o‘rnida keltirib o‘tadigan bo‘lsak, jamoatchilik nazoratini olib 
boruvchi institutsional tizim samaradorligiga erishish, ular faoliyatidagi funksional 
integratsiyalashuvni 
ta’minlashning 
ijtimoiy-huquqiy 
mexanizmlarini 
muvofiqlashtirishda quyidagi omillarga e’tiborni yanada oshirish talab etiladi: 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin