Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


III.2§ Jamoatchilik nazorati ta’sir kuchini baholashning matematik



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

III.2§ Jamoatchilik nazorati ta’sir kuchini baholashning matematik 
mezonlari. 
Jamoatchilik nazorati amaliy faoliyat natijasi bo‘lib, uni tadqiq etish 
jarayonida bir qator metodologiyalardan foydalanish mumkin. Xususan, matematik 
metodlar yordamida jamoatchilik nazorati tiziminining rivojlanish bosqichini, 
yuzaga kelgan muammolar ko‘lamini, yechimini kutib turgan masalalarning 
darajaviy ahamiyatini hamda amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi 
bo‘yicha ilmiy prognozlarni ilgari surish mumkin.
Umuman, barcha sohalar singari ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqotlar 
ham matematik modellashtirish tendensiyalariga ehtiyoj sezishi XVI asrdayoq 
boshlangan edi. Ammo XIX asrlarga kelib, differensial va integral hisobning 
rivojlanishi matematik metodlarni turli soha kesimidagi masalalarini yechish uchun 


107 
keng imkoniyat yaratdi. Shu sababli XX asr turli sohalarda matematik usullarning 
keng ko‘lamda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi[76].
Matematik metodlarni ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarga olib kirishning o‘ziga 
xos jihatlari borasida U.Yazdonov tomonidan yozilgan “O‘zbekistonda jamoatchilik 
fikrini rivojlantirish masalalari” nomli monografiyada quyidagicha izohlanadi: 
− bugungi kunda jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlarini aniqlash, u 
bilan bog‘liq muammoning real holatini bilish uchun eng avvalo aniq hisob-
kitoblarga asoslanadigan matematik modellarni yaratish hamda mavjudlarini yanada 
takomillashtirish zarur bo‘lib qolmoqda; 
− ma’lumki, har qanday tadqiqot doimo nazariya va amaliyotni birgalikda olib 
borishni taqozo etadi. Agar jamoatchilik fikrini matematik usulda modellashtirish 
kuzatilayotgan jarayonlarni izohlash va tushuntirishdan iborat bo‘lsa, statistik 
ma’lumotlar ularni empirik ko‘rinishda shakllantirish va asoslashda muhim vosita 
hisoblanadi; 
− modellashtirish va modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, 
moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga bo‘linadi. Masalan, moddiy modellar 
asosan o‘rganilayotgan obyekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki 
funksional xarakteristikalarini ifodalasa, abstrakt modellar inson tafakkurining 
mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan 
iboratdir. Jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilishda asosan abstrakt 
modellashtirish usuli ko‘proq qo‘l keladi[40; 88-b.]. 
Biz ushbu tadqiqotda qo‘llashga harakat qilgan matematik metod “X
2
-kvadrat 
kriteriy”
*
−deb nomlanib, bu model 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin