Shaxs va jamiyat


uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


163
g‘arb dunyosida asoslari qurilib faoliyat ko‘rsatayotgan huquqiy 
davlat xilida hokimiyat mansabdorlarining fuqarolar qoshida ularning 
huquq va erkinliklari uchun mas’ulligiga e’tibor qaratiladi. albatta, 
bu yerda mas’uliyat o‘z-o‘zicha amalga oshmaydi, balki yaratib 
qo‘yilgan huquqiy asoslarga tayanib inson erkinligi va huquqlarining 
poymol etilishida aybdor bo‘lganlarning qonun oldida javob berishi 
ta’minlanadi.boshqacha aytganda, tegishli me’yoriy hujjatlar 
mavjudligidagina bu hol amaliy ahamiyat kasb etadi. gap bu yerda 
konstitutsion sud va davlatning butun sud tizimidagina emas, balki 
amaldagi qonunlarning o‘zini insonparvarligi, adolat mezonlariga to‘la 
javob berishligi va hokazolar belgilovchi bo‘lishi to‘g‘risidadir.
O‘zbekistonda fuqarolar oldida davlat idoralarining mas’ulligi, 
fuqarolar haq-huquqlarining buzilmasligi kafolati konstitutsiyaviy 
qoida hisoblanadi. uning asosiga birlashgan millatlar tashkiloti 
tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlarining 
Umumjahon deklaratsiyasi va xalqaro hamjamiyatning tegishli 
hujjatlari qoidalari qo‘yilgan. Jumladan, bmtning 30 moddadan 
iborat hujjatida «barcha insonlar sha’ni hamda huquqlari jihatidan 
tengdir. ularga aql va vijdon berilgan, bir-biriga nisbatan birodarlik 
ruhida munosabatda bo‘lishlari lozim»ligi ko‘rsatilgan. bunga ko‘ra, 
davlatning tegishli hokimiyat tuzilmalari har bir kishiga uning huquq 
va erkinliklariga bevosita tegishli bo‘lgan zarur hujjatlarni taqdim 
etishi lozim. ko‘rinadiki, bunda talab darajasidagi huquqiy madaniyat 
egallangan bo‘lishi kerak. shuningdek, fuqarolar ham o‘z haq-
huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda faollik ko‘rsatmog‘i 
zarur bo‘ladi.
Odatda, davlat va fuqaro o‘zaro mas’ulligida insonning tabiiy 
huquqlarini, jumladan, yashash huquqi, xavfsizligini ta’minlash 
huquqi, mulkdor bo‘lishi huquqi, erkin harakatlana olishi huquqi va 
hokazolarning ta’minlanishi eng muhim hisoblanadi.
O‘z navbatida, huquqiy davlat faoliyat ko‘rsatadigan barcha 
joylarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham shaxslar, fuqarolarning 
davlat oldidagi mas’ulligi, ma’lum majburiyatlarni bajarishi 
o‘z-o‘zidan ravshan. bunda, birinchi navbatda, fuqaro o‘zining 
konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishi, davlat belgilagan tartiblarga 
rioya qilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonunida bu 
to‘g‘rida bir bob ajratilgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin