159
Savollar va topshiriqlar
1. qaysi asoslarga ko‘ra markaziy Osiyo sharqona sivilizatsiya
lokal tipini tashkil etadi?
2. O‘zbekiston rivojlanishini o‘tish jamiyatlari bosqichisiz
tasavvur etsa bo‘ladimi?
3. Jamoaviylik va mahalla institutlarining zamonaviylashtirish
ehtiyojlarini mulohaza qiling .
31-§. demokratik-huquqiy davlat qurishning
shart-sharoitlari
kishilik jamiyati siyosiy hayoti barcha
tashkil etuvchilarining o‘zaro bog‘liqlikda
faoliyat ko‘rsatishlari jarayon sifatida
kechadi. siyosiy jarayon eng umumiy tarzda qarab chiqilganda, uni
jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga muqobil sifatida
tushuniladi. nisbatan torroq ma’noda olinganda, siyosiy jarayonlar –
bu jamiyat siyosiy tizimi tarkibiy qismlari harakatining jamidir.
albatta, «siyosiy jarayon» tushunchasi mavhumiy umumlashma. bu
tushuncha ifodalagan voqelik muayyan joyda va vaqt ketma-ketligida
kechadi. shunga ko‘ra,
bu jarayonlarni mahalliy, mintaqaviy va
umummilliy miqyoslarda kechishiga qarab farqlash lozim. zero,
umumiy jihatlardan makoniy tavsiflar yuz berayotgan siyosiy
jarayonning turli darajalarini ko‘rsatadi.
Vaqt tavsifiga ko‘ra siyosiy jarayon
jamiyatning tegishli soha-
sida izchil, birin-ketin yuz berayotgan o‘zaro bog‘liq hodisa va
voqealarning barchasini qamraydi.
siyosiy tizim qismlari etnik, ijtimoiy-siyosiy
va boshqa tuzil-
malardan tashkil topganki, ular esa oxir-oqibatda siyosiy faol
shaxslarning tegishli uyushmalaridir. shaxslar faolligi, ular mansub
bo‘lgan tuzilmalarning tashqi maqsadlarini
amalga oshirishdagi
faoliyatining muayyan holatini, darajasini ifodalaydi. Faollik
darajasiga
kishilarning, pirovard natijada esa ular tashkilotlarining
ijodiyligi salohiyati va ijroiya madaniyati bog‘liq bo‘ladi. ulardan
birinchisida shaxs alohida o‘zi ham, jamoa (masalan,
partiyalar, turli-
tuman birlashmalar va h.k.) doirasida ham faoliyat ko‘rsata oladi.
Dostları ilə paylaş: