Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

markaziy osiyoning 
tabiiy-geografik o‘rni 
va tarixiy-madaniy 
rivojlanishi
vii bob. mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


156
davom etgan rus-sovet mustamlakachiligi asoratidan qutulib yangicha 
asoslarda tikladi.
O‘zbekiston o‘z istiqbolini belgilashda «Qayoqqa?» «Qanday 
tarzda?» «Qaysi vositalar bilan?» degan savollarga javob topish 
zarur bo‘ldi. bunda mamlakatning tabiiy-tarixiy va ijtimoiy-madaniy 
tavsiflaridan kelib chiqib yo‘l belgilash juda muhim hisoblandi. 
negaki, O‘zbekiston geografik, confessional, til va, umuman, 
ma’naviy jihatlardan sharq sivilizatsiyasi, to‘g‘rirog‘i uning markaziy 
Osiyo hududiy tarmog‘i ichidadir. 
putur ketgan mafkuraviy dogmalardan qutulib o‘zini jahonga 
ochgan markaziy Osiyoning mustaqil, suveren davlatlarning ijtimoiy 
rivojlanish mo‘ljallari, maqsadga erishish yo‘llari tanlanganiga 
ko‘ra, garchi turlicha bo‘lsa-da, ularning o‘tmishi va hozirgi zamon 
sivilizatsiyaviy birligi bu yerda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlarga tegishli yo‘nalish belgilab bermasligi mumkin emas. 
bu, dastavval, o‘zlashtirilayotgan bozor munosabatlari, xususiy mulk, 
raqobat, demokratiya, shaxs erkinligi, ijobiy ma’noda tushunilgan 
individualizm kabi qadriyatlardir.
Oldin aytib o‘tilganidek, sharq va 
g‘arb-yevropa sivilizatsiyalari an’anaviy 
va texnogen tabiatlariga ko‘ra o‘zaro 
farqlanadi. sharq yozma tarixining ikki muhim davrida qadimgi 
dengiz sivilizatsiyasini ifodalagan yunonistonga, yangi va eng yangi 
tarixda okeanlarning sivilizatsiyasini yaratgan yevropaga ilg‘orlikni 
berib qo‘ygan edi. O‘z navbatida, g‘arb keyinroq fan va texnika 
rivojlanishini tezlashtirish orqali yuksak sur’atlarni ta’minlab, tegishli 
tarzda aholi turmush sharoitlarini ham yaxshilab dunyoning ko‘p 
joylariga, jumladan, sharqqa ham o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. muayyan 
jihatlardan bu sivilizatsiyalar to‘qnashuviga o‘xshagan holni yuzaga 
keltirdi. buni chuqur mulohazali ziyolilar payqamasligi mumkin 
emasdi. Chunonchi, ingliz shoiri Redyard kipling «sharq va g‘arb 
haqida ballada» asarida yozgan edi: 
G‘arb – bu G‘arbdir, Sharq – esa Sharqdir,
Joyidan qo‘zg‘almas ular hech qachon.
Toki Yer yuzida qiyomat qo‘pib,
Unga qulab tushmaguncha bu osmon.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin