157
… Lekin Mashriq yo‘qdir va Mag‘rib ham yo‘q,
Urug‘-aymoq Vatan va jins misoli.
Kuchli kuchli bilan kelsa yuzma-yuz,
Yerning bir chetida ketadi qolib.
(Faxriyor tarjimasi)
sivilizatsiyalar insoniyatga xos jihatlarning jami sifatida umu-
miylikka ham egadir. bu shunda ko‘rinadiki, ular umuminsoniy
tarixiy jarayonning ichidadir, uning turlicha kechishini ifodalaydi.
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning turlicha holatlarini ifodalashi bilan
sivilizatsiyaviylik «olamning birligi uning turli-tumanligidadir», degan
tamoyilga juda mos keladi. ya’ni, bir tomondan, sivilizatsiyalarning
o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari, aloqadorlikka moyilliklari ko‘zga tash-
lansa
1
, ikkinchi tomondan, ularning tobora turli xilda namoyon
bo‘lishlari yuz bermoqda.
bu masalaning nafaqat nazariy, bal-
ki siyosiy-amaliy o‘tkirligi bilan ham
izoh lanadiki, mustamlakachilik qaysi
bosqichda bo‘lmasin, u yoki bu sohada
amalga oshirgan o‘zgarishlar bir tomon-
lama bo‘lganidan, ularning natijalari davlat istiqloliga yetarli asos
bo‘la olmasligi ravshan edi. boshqa tomondan, g‘arb-yevropa
texnogen sivilizatsiyasi ham garchi shaxs erkinliklari, yuqori turmush
darajasini ta’minlagan holda jahoniy ekspansiyachilik, ekologiyaviy
inqiroz, resurslarni tasarruf etish va hokazo salbiy oqibatlarni keltirib
1
kishilik jamiyatini sanoatlashtirish orqali
modernizatsiyalashtirish g‘arbda
boshlanib, keyinroq asta-sekin turlicha vositalar yordamida sharqqa yoyilishi
tufayli
Yaponiya, Osiyo-Tinch okeani havzasi, Hindiston va boshqa joylarda
chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. natijada bularda g‘arbga xos bo‘lgan
belgilar paydo bo‘ldi. masalan, yaponiya 70 yilcha vaqt ichida asosiy jihatlar
bo‘yicha g‘arb standartlarining yuqori nuqtasiga: sanoat kapitalizmi, vakolatli,
demokratiya, fan va texnologiya sohalarida ilg‘orlikka erishildi. ayni vaqtda, bu
mamlakat sharqona ma’naviyatda mustahkam turibdi, deyish mumkin. demak,
bu yerda sharq va g‘arb sivilizatsiyalari zarur o‘rinlarda mohirona qo‘shilgan.
albatta, g‘arb sivilizatsiyasining iqtisodiy-texnologik va pragmatik huquqiy
qadriyatlari axloqning elementar talablariga zid kelib qolgan jihatlari ham
ko‘zga tashlanmoqda, raqobat kurashi har doim ham insonparvarlik tabiatini
ifodalamaydi.
Dostları ilə paylaş: