Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Tarixiy xotira
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


173
qilinib ziyoratgohga aylantirildi, asarlari nashr etildi, tavallud sanalari 
keng nishonlandi.
mamlakatda tarixi juda qadimdan boshlangan shaharlarning 
borligi o‘zbek xalqi yaratuvchilik faoliyati o‘tmishda naqadar yuksak 
bo‘lganligining guvohidir. O‘tgan yillarda buxoro, xiva, qarshi, 
shahrisabz, samarqand, marg‘ilon kabi shaharlar tarixiy sanalari 
yuksak ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
davlat istiqlolini ma’naviy mustahkamlashda milliy davlat-
chiligimiz tarixida alohida o‘rin qoldirgan siymolar xorazmshohlar 
sulolasidan Jaloliddin Manguberdi, sohibqiron Amir Temur, uning 
nabirasi Mirzo Ulug‘bek, buyuk Alisher Navoiy to‘la ma’noda xalqqa 
qaytarildi.
O‘zbekistonda tarixiy xotiraga tegishli alohida nishonlanadigan 
9-may – «xotira va qadrlash kuni» belgilangan. ii jahon urushida 
halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning nomlari 35 jildlik «xotira» 
kitobida jamlangan.
insoniyat aqlini tanibdiki, tobora ta ko-
millashib, rivojlanib bo‘radigan e’ti-
qod larni ifodalagan g‘oyalar bilan ish 
ko‘radi. Odatda, bular u yoki bu ijtimoiy ta’limotning poydevor 
toshini ham tashkil etadi. O‘z navbatida, bundan ijtimoiy guruhlar, 
mavjud hukumat, ba’zan esa, butun jamiyat manfaatdor bo‘lishi 
yoki, aksincha, bo‘lmasligi mumkin. har holda muayyan g‘oyalar 
majmuasi bilan ish ko‘rmaydigan biron-bir yetuk kishilik jamiyatini 
topish mushkul. g‘oyalar barcha davlatlarni ichdan umumiy tarzda 
birlashtirgan bo‘ladi. ularda xalq, millatning orzu-intilishlari, 
maqsadlari tipik ifodalanadi.
yangi zamon tarixida milliy birlikka erishib uning asosida davlat 
barpo etish maqsadida amerika g‘oyasi, rus g‘oyasi, pangermanizm, 
panarabizm va hokazo g‘oyalar amalda bo‘lgani ma’lum. xvii asrda 
yashagan shoir turdi Farog‘iy o‘zbek qavmlarini birlashishga chaqirib 
«O‘zbekiston» iborasini birinchi marta qo‘llagan edi.
O‘zbek xalqi davlat istiqlolini tiklab mustaqil mamlakatga o‘z 
nomini bergandan so‘ng bu yerda yashaydigan barcha millat va 
elatlarni umumo‘zbekiston g‘oyasi, umummilliy g‘oya atrofida 
uyushtirishga kirishdi. garchi bu g‘oya milliy g‘oya sifatida qabul 
qilingan bo‘lsa-da, unda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning 
tub siyosiy-huquqiy manfaatlari to‘la aksini topgan. bu o‘rinda yana 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin