175
34-§. o‘zbekistonda yaratilayotgan iqtisodiyotning
sivilizatsiyaviy maqomi
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘l-
ga kiritganda
sovet davlati iqtiso diyo-
ti chuqur inqirozni boshidan kechi-
rayotgandi. buning asosida ma’mu riy-
buyruqbozlik yo‘li
bilan iqtisodiyotni
boshqarish yotardiki, bu mehnat unumdorligini oshirishga ko‘mak
bermasdi. bundan tashqari total ravishda
yuqoridan pastgacha
rejalashtirish tufayli sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida
tashabbus va mustaqillik amalda yo‘qqa chiqarilgan edi. shuningdek,
iqtisodiy rivojlanishning tabiiy resurslar va past malakali mehnatga
asoslangan ekstensiv yo‘lidan
samarali texnika, chiqitsiz texnologiya
va boshqa zamonaviy vositalarni qo‘llash
orqali intensiv ishlab
chiqarishga o‘tishga amaldagi tizim obyektiv imkon bermasdi.
O‘zbekistonda buning ustiga qishloq xo‘jaligi asosan paxta
yakka
hokimligi, mavjud sanoat esa yetishtiradigan xomashyoni
birlamchi qayta ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, uning bir qismi bu
yerdagi to‘qimachilik kombinatlari va tikuvchilik fabrikalarida tayyor
mahsulotlar ko‘rinishiga keltirilar edi. «ittifoqdosh respublika» deb
nomlangan bu tuzilma hududidagi korxonalar sovet davlati boshqa
qismlaridagi zavod va fabrikalar bilan xo‘jalik aloqalarida edi. bu
aloqalar davlat mustaqilligi tiklanganidan so‘ng uzilib qoldiki, natijada
bir tomonlama yo‘naltirilgan ishlab chiqarish sur‘atlari ham pasaydi,
ko‘pgina korxonalar faoliyatini to‘xtatdi.
bunday moddiy-iqtisodiy baza bilan davlat istiqlolini saqlab qolish
iloji yo‘qligi o‘z-o‘zidan ravshandir. shunga ko‘ra
mustaqillikni
moddiy-iqtisodiy mustahkamlash va aholi moddiy ehtiyojlarini
qondirish uchun tegishli ne’matlarni ishlab chiqarish va xalqqa zarur
xizmat turlarini ko‘rsatish uchun zamonaviy
iqtisodiyot yaratish
lozim edi. bu maqsadga ko‘p jihatlardan erishish vositasi sifatida
sivilizatsiyaviy bozor munosabatlariga o‘tish belgilandi.
ma’lumki, o‘tgan asr 90-yillar boshi nafaqat sovet davlati o‘rnida
paydo bo‘lgan
mustaqil davlatlar, balki sharqiy yevropadagi qator
mamlakatlar ham bozor iqtisodiyoti yaratishga kirishgandilar. ularning
ko‘plarida shokoterapiya deb atalgan yo‘l belgilangan edi. ammo bu
Dostları ilə paylaş: