177
vaqtda, insoniyat undan ma’qulini hozirgacha o‘ylab topmagan.
binobarin, masala bozorni yangi jihatlar bilan to‘ldirish to‘g‘risida
boradi. bu, dastavval, uning huquqiy boshqarish mexanizmini
yaratishdir. ushbu mexanizm o‘z ichiga
bozor munosabatlarini
tartibga solish, davlat buyurtmalari, soliq, kredit-pul muomalasi,
iqtisodiy rejalashtirish va hokazolarni oladi.
O‘zbekistonda mustaqillikning
boshlaridanoq davlat bosh
islohotchi sifatida bozor munosabatlariga o‘tish stixiyali tarzda olib
borilmasligini va shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti lozim darajada
boshqarilishini belgilaydi. natijada yangi bozor tuzilmalari sifatida
tovar birjalari, savdo xizmatini ko‘rsatuvchi turli tashkilotlar, tegishli
qonunchilik, asta-sekin bozor baholariga o‘tib borish tadbirlari ishlab
chiqildi. milliy valutaga o‘tildi. bular ichida, ayniqsa, qonunchilik
bazasining yaratilishi muhim bo‘ldi. bunda quyidagilarga erishildi:
mulkdor
huquqi himoyalandi; tadbirkorlikning turli shakllari bilan
shug‘ullanish uchun qonuniy asos yaratildi; raqobat mexanizmining
umumiy jihatlari ishlab chiqildi va h.k.
bozor munosabatlariga o‘tishda mulkni davlat tasarrufidan
chiqarishning ahamiyati juda katta bo‘ldi.
buning natijasida yangi
mulkdorlarda moddiy stimul paydo bo‘ldi; aholining iqtisodiy
va boshqa sohalar bilan bog‘liq faolligi oshdi;
Respublikadagi
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning barqaror mo‘tadilligi ta’minlandi va h.k.
xususiylashtirish qator yo‘nalishlarda olib borildi:
– dastlab kichik tadbirkorlikka asos bo‘lgan savdo, umumiy
ovqatlanish korxonalari, kichik sanoat korxonalari – ustaxonalar va
boshqalar sotildi;
– fuqarolarga yashab turgan turar joylari aksari hollarda bepul
xususiylashtirib berildi;
– dehqon va fermer xo‘jaliklari yaratish
uchun zarur qadamlar
tashlandi;
– o‘rta va, hatto, yirik korxonalarni aksionerlashtirish, ya’ni,
aksiyador kompaniyalari tuzish boshlandi.
albatta, davlat bozor iqtisodiyoti barpo etilishi jarayonida bulardan
tashqari mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni
qo‘llab-quvvatlashi, resurslar va ne’matlarni samarasiz taqsimlashga
olib keladigan monopoliyaga, foyda oluvchilarga jiddiy to‘siq
qo‘yishi ham lozim bo‘ldi. bu sohada katta
qonun ijodkorligi ishi
Dostları ilə paylaş: