178
olib borildi. qabul qilingan qonunlarga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari
mulkdor sifatida turar joy, pul mablag‘lari, turli korxonalar, transport
vositalariga egalik qilishlari mumkin. ularning manbalari mehnat
daromadlari, tadbirkorlik faoliyati, o‘z xo‘jaligini yurgizish, merosga
qolgan mulklar va hokazolar bo‘lishi lozim.
davlat tomonidan yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘plab
tadbirlarni amalga oshirilishi «o‘zbek modeli»ning hayotiyligini
ko‘rsatdi.
sovet davlati sharoitlarida O‘zbekistonda
rasman ikkita sinf –
ishchilar va jamoa
xo‘jaligi a’zolari bo‘lgan dehqonlar va
hamda ulardan yetishib chiqqan ziyolilar
qatlami bor, deb hisoblanilardi. tegishli tarzda bularning maqomi ham
belgilab qo‘yilgan edi. hozirgi vaqtda bozor munosabatlari sharoitida
ahvol qaysi tomonga o‘zgardi?
ma’lumki, barcha jamiyatlarda, agar totalitar (sovet davlati, mao
sze-dun davri xitoy) jamiyatlarini
hisobga olmaganda, aholining
asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchta qatlami farqlandi.
iqtisodiy
jihatdan bular katta daromad egalari bo‘lgan ozchilik –
boylar, eng
kichik daromad oluvchilar –
kambag‘allar va ular o‘rtasida turuvchi
nisbatan ko‘p sonli
o‘rta qatlamdir. bunday ko‘rsatkichlar konkret
ko‘rinishlariga ko‘ra turli mamlakatlarda turlichadir. masalan,
Rossiyada eng ko‘p va eng kichik ish haqini boylar va kambag‘allar
olishadi. O‘rta qatlam soni birmuncha kattaroqdir.
Odatda, jamiyatning mo‘tadil rivojlanishi o‘rta qatlamning
ahvoliga hal qiluvchi darajada bog‘liq. O‘zbekistonda bu
sohada olib
borilayotgan siyosatga ko‘ra, haddan tashqari katta boylar ham, haddan
ziyod kambag‘allar ham bo‘lmasligi lozim. bunga erishish uchun
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ma’naviyat sohasi xodimlarini
davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni muttasil davom ettirish zarur
bo‘ladi. hozirgi vaqtda mamlakat
rahbariyatining bu sohadagi
faoliyati real natijalar bera boshladi: aholining o‘rtacha oylik ish haqi
200 amerika dollaridan oshib ketdi. mamlakat iqtisodiy
qudratining
oshib borishi, ko‘pgina zarur mahsulotlarning ommaviy ishlab
chiqarish bilan istiqbolda kambag‘allar sonining yanada ozayishi, o‘rta
sinfning esa soni va salmog‘i toboro oshib borishi bashorat qilinadi.
zero, ommaviy ishlab chiqarish moddiy
sharoitnigina yaxshilab
Dostları ilə paylaş: