Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

iqtisodiyot sohasidagi 
globallashuv
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


187
esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin 
emas.
mazmuniga ko‘ra amerikacha madaniyatni 
ifodalagan bu jarayon, albatta, yagona, 
emas. unda lokalizatsiya – global mada-
niyatni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib 
o‘zlashtirish ham muhim hisoblanadi. bu yerda globallashuv jarayoni 
duragaylashuv orqali namoyon bo‘layotgani ravshandir.
yuqorida ham aytilganidek, globallashuv g‘arb ta’sirining dunyoga 
yoyilishi bilan boshlangan. lekin madaniyat sohasida, ayniqsa, keyingi 
davrlarda, boshqa jihat – sharq madaniyatining ham g‘arbga muayyan 
ta’siri ko‘zga tashlanmoqda. gap bu yerda New Age shaklidagi diniy 
madaniyatning yevropa va amerikadagi millionlab kishilarga karma, 
individ bilan tabiat o‘rtasidagi mistik aloqalar va boshqalar singari va 
meditatsiya, yoga, jangovor san’at va hokazolarning tasavvur hamda 
xatti-harakat darajalaridagi ta’siri to‘g‘risida boradi.
globallashuvning madaniyat sohasidagi ko‘rinishidan ma’lum 
bo‘ladiki, bu sohada, birinchidan, texnologik munosabatlar 
tobora ko‘zga tashlanmoqda, ikkinchidan, kichik madaniyatchilik 
(multkulturalizm) yuzaga kelib «individual madaniyat»ni voqelash-
tirmoqda; uchinchidan, madaniyatning axloqiy, diniy va etnik 
boshqaruvchilari kabi muhim qadriyatlarining ahamiyati pasaymoqda; 
to‘rtinchidan, ommaviy madaniyat va maishiy industriya keng 
tarqalmoqda.
bularning bari ko‘rsatadiki, globallashuv jarayoni hozirgi 
jamiyatda jipslashuvga olib kelmaydi, balki shaxslararo an’ana-
viy aloqalarning yo‘qolib borishi, begonalashuvni, berilgan 
imkoniyatlardan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi.
globallashuv jarayonining ziddiyatli 
kechishi, unga qarshi harakatni yuzaga 
keltirishi tabiiydir. antiglobalizm deb 
atalgan, yuzaga kelgan yoki kelayotgan xavfni yaqqol tushunish 
va bartaraf etishga qaratilgan ushbu harakatga eng zarur mazmun 
va yo‘nalishlar berilsa, u quyidagicha tarzda ifodalanishi mumkin: 
insoniyat sivilizatsiyasiga bo‘lgan jiddiy xavfni yaqqol tushungan 
kishilar tomonidan hamma joyda, aholining barcha qatlamlari orasida 
inson, uning hayoti ma’nosi va maqsadi to‘g‘risida zamonaviy va 
ilg‘or qarashlarni keng yoyish;

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin