195
bir xil yechimga ham ega emas. insoniyat bularni hal etish choralarini
tinimsiz izlamog‘i lozim. hozirgi zamon tafakkuri darajasida
mulohaza yurituvchi ko‘pgina mutaxassislarning hisoblashicha,
global buhronlarni bartaraf etishning dastlabki sharti – bu ma’naviy
yuksaklik, uning insoniylashgani bo‘ladi. zamonaviy insonparvarlik
eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo‘ravonlikdan
voz kechishga va adolatlilikka tayanadi.
bularning hammasi inson
huquqlarini tan olishga va insoniyatning yaxlit ma’naviy-axloqiy
takomili tizimini yaratishga borib taqaladi.
xalqaro kuch-g‘ayratlarni birlashtirish global muammolarni
hal etishning muhim omili hisoblanadi. shu yo‘l
bilan savdoni
rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash mum-
kin.
global muammolar xalqlar, mamlakatlarning
xususiy va umumiy
manfaatlari bilan aloqador Rio-de-Janeyroda 1992-yili bo‘lib o‘tgan
xalqaro anjumanda ham alohida ta’kidlangan edi. davlatlar va
hukumatlar boshliqlari ishtirokida o‘tgan bu anjumanda
«barqaror
rivojlanish konsepsiyasi» qabul qilinib, unda ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning yechimini
atrof-muhitni himoya qilish, hozirgi
avlod hayotiy ehtiyojlarini qondirishni
kelajak avlod uchun ham
shunday imkoniyatlar qoldirish bilan qo‘shib olib borish ko‘rsatib
o‘tildi.
Asosiy tushunchalar
•
Baynal i
jtimoiylik – insoniyatning asosiy ijtimoiy birlik lari
o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
•
Etikologiya – kishilar ma’naviyati
sofligini saqlash va uni
tanazzuldan asrashni anglatadi.
•
Rim klubi – bir qancha mamlakatlar olimlari,
siyosiy va
jamoat arboblari tomonidan 1968-yilda italiyalik olim,
biznesmen va jamoat arbobi apechchel rahbarligida tuzilgan
xalqaro nohukumat tashkilot.
Rim klubi qator umuminsoniy
muammolar yuzasidan anjumanlar o‘tkazib kelmoqda. klub
a’zolari dolzarb mavzularda kitoblar e’lon qilgan.
Dostları ilə paylaş: