184
2. ishlab chiqarishning yangi tipiga o‘tildiki, buning ijtimoiy-
siyosiy oqibati g‘oyat salmoqlidir.
3. Jahon xo‘jalik aloqalarining chuqurlashuvi va intensivligi
oshdi.
4. xalqlar va davlatlarning turmush-faoliyatining asosiy sohalarini
qamragan global aloqalari maydonga keldi.
ko‘rinadiki, bularning bari dunyo qiyofasini yangiladi.
so‘nggi 20
yilcha vaqt davomida
ham nazariy va ham amaliy jihatdan
globallashuv masalalari faylasuf-u olim,
siyosatchi-yu oddiy fuqarolar e’tiborini
tobora keng tortmoqda. zero, nafaqat mintaqalar,
davlatlar yoki turli-
tuman tashkilotlar va, hatto, ularga tegishli alohida kishilar o‘rtasidagi
xilma-xil aloqalar tabiiy bir tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda. bunda g‘arb
sivilizatsiyasining yalpi ekspansiyasi, uning qadriyatlari va institutlari
ta’sirida boshlangan bu aloqalar natijasi o‘laroq, eng muhimi, tomonlar
holatlarida o‘xshashliklar tobora belgilovchi bo‘lib bormoqda. kishilar
hayot-faoliyatining asosiy sohalarini qamraganiga ko‘ra, bu jarayon
global miqyosda namoyon bo‘lmoqda.
umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o‘rtasida
har doim ma’lum aloqalar yuz berib kelgan. lekin ayrim olimlarning
fikricha, globallashuv buyuk geografik kashfiyotlar natijasida va
yevropa madaniyati ta’sirida xvi asrdan boshlangan. kishilar
kemalarda dunyoning ko‘p joylariga suzib bora boshlagan. lekin bu
jarayon ko‘pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy ko‘lam kasb
etib o‘z yakuniga yetgan.
agar uning birinchi davri (xvi–xvii asrlar)da mamlakatlar
o‘z-o‘zicha yetarli holatda bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi jarayonlar
kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan
bo‘lsa-da, davlatlar o‘zaro
keng aloqalarga kirishganki, bularning
natijasi globallashuvni kuchaytirmasligi mumkin emasdi. uchinchi
davr – xx asrda yuz bergan tarixiy voqealar 1929–1933-yillardagi
jahon iqtisodiy krizisi, ii jahon urushi, davlatlar valuta aloqalaridagi
oltin standartining tanazzuli, isroilning qo‘shni
arab davlatlariga
navbatdagi tajovuziga javoban neftga boy arab davlatlarining yoqilg‘i
narxini oshirgani natijasida 1973–1974-yillardagi inqiroz, sovet
davlatining barham topishi, «sotsialistik hamdo‘stlik» mamlakatlarida
Dostları ilə paylaş: