Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ijtimoiy yo‘naltirilgan 
va boshqariladigan 
bozor iqtisodiyotini 
yaratish zarurligi
vii bob. mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


176
yo‘l O‘zbekistonga mutlaqo to‘g‘ri kelmasdi. Birinchidan, yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan iqtisodiyot bunga minimal darajada ham imkon 
bermasdi. Ikkinchidan, mamlakat aholisi tarkibi, uning ko‘pchilik 
qismining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hisobga olish bo‘ldi. bunda 
prezident i.karimov tomonidan asoslangan mashhur besh tamoyil juda 
muhim ahamiyat kasb etdi. ular quyidagilar edi:
– iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosat izidan bormasligi;
– davlatning bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi;
– qonunning ustuvor bo‘lishligi;
– kuchli ijtimoiy siyosat olib borish lozimligi;
– bozor munosabatlariga o‘tish sekin-asta, tadrijiy olib bori lishi.
1
O‘zbekistonda bozor munosabatlari, 
garchi ba’zi iste’mol tovarlari sotiladigan 
sharqona bozor joylari ancha-muncha 
bo‘lsa-da, aytish mumkinki, qat’iy ma’noda juda past boshlang‘ich 
darajadan shakllana boshladi.
ma’lumki, kishilar har doim o‘zaro nimanidir almashadilar. 
bu oxir-oqibatda savdoni yuzaga keltiradi. savdoning mavjudligi 
bozorni bildiradi. hozirgi davrda garchi bozorni sof nazariy 
jihatdan tegishli taklif, talab va mahsulot bahosi birligida olib 
qaralsa-da, kishilik jamiyatini ko‘p sonli infratuzilmalardan iborat 
bozor munosabatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan 
boshqariladigan bu munosabatlarda barcha narsa va hodisalarda 
bo‘lganidek, ikki tomon mavjud. ulardan biriga ko‘ra birovlar bozor 
munosabatlarida qanchalik ishtirok etib boyib ketsa, boshqalar 
shunchalik kambag‘allashib qoladilar. bozor – iste’molchi uchun 
ishlaydi. u esa o‘zining barcha talablari qondirilgani uchun haq 
to‘laydi.
bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zicha kishilarning ichki dunyosi, g‘am-
tashvishlari bilan emas, balki faqat foyda olish uchun ishlaydi. 
shuningdek, bozor tizimlari garchi ichki mantiqqa ega bo‘lsa-da, 
uning harakatida tebranish kuzatiladi, ya’ni, rivojlanish va zarar 
ko‘rib ishlash holatlari ro‘y berib turadi. bunda narx-navoning oshib 
ketishligi, ishsizlik va hokazo salbiy hodisalar yuzaga keladi. ayni 
1
I. A. Karimov. «O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». 
1-jild. «O‘zbekiston», t., 300–301-betlar.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin