143
davlat tuzilmasiga ega bo‘lindi. bu, o‘z navbatida, yalpi rivojlanishga
muayyan ko‘mak bermasligi mumkin emasdi.
shayboniylar o‘rniga kelgan va ularga qarindosh bo‘lgan
ashtarxoniylar sulolasining yurtda bir yarim asrcha hukmronligi
oldingi erishilgan darajani ham orqaga ketishiga olib keldi. yurt
kichikroq xonliklarga bo‘linib ketdi. ularning har birida yalpi
sivilizatsiyaviy orqaga ketishlik bilan
birga u yoki bu sohalarda
qandaydir jonlanishni (masalan, sug‘orish tizimida) ham ko‘rish
mumkin edi. lekin bu hududiy umumiy bozorni, xvi asr – xix
asrning birinchi yarmida turkistondagi sivilizatsiyaviy turg‘unlik
xo‘jalik ixtisoslashuvini, siyosiy-etnik va ma’naviy
yaxlitlikni
ta’minlashga qodir jarayon bo‘la olmagan.
turkiston hududiy jihatdan o‘ziga xoslikka ega. masalan, faqat-
gina O‘zbekiston tarkibiga kirgan hududda xorazm cheksiz sahro,
Farg‘ona vodiysi va surxondaryo tog‘lar, samarqand va buxoro
qashqadaryodan katta cho‘llar orqali bir-biridan ajralib turadi. shunga
ko‘ra, yurtning katta-kichik bekliklarga bo‘linishi,
beklarning esa
doimo mustaqillikka intilish hissi ustun bo‘lavergan.
bunday sharoitda ma’naviy sohada o‘zbek xalqi o‘tmish
ajdodlari erishgan darajani saqlab qololmasligi aniq edi. shunga
qaramay, madaniy hayot so‘nib ham ketmadi. xonliklarning umumiy
darajasidan birmuncha yuqoriroq tarzda adabiyot, san’atning boshqa
ba’zi turlari, tarixnavislik, umuminsoniy
qadriyatlar hisoblanishi
mumkin bo‘lgan an’analar va odatlar, hunarmandchilikning turli
tarmoqlari mavjud edi.
g‘arbiy
yevropada boshlangan indust-
rial sivilizatsiyaning iqtisodiy ehtiyojlari
Osiyo ning ancha qismini, amerika, afri-
ka, avstraliya qit’alarini mustamlaka
maqsadlarida bosib olish va o‘zlashtirishni
kun tartibiga qo‘ygan edi. Rossiya davlati esa yangi hududlarni
bosib olishda katta qulayliklarga ega edi.
Rossiya bosqinchiligi
g‘arbiy yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosatida
bo‘lganidek, asosan iqtisodiy manfaatlar bilan cheklanmay,
balki
siyosiy-harbiy maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. markaziy Osiyoda
Rossiya bilan hindistonda turgan angliyaning o‘zaro to‘qnashuvi
xavfidan tashqari, Rossiyaning Qrim urushida Turkiya va Yevropaning
asosiy davlatlaridan yengilganligi uchun xonliklarning Rossiya
Dostları ilə paylaş: