161
O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy jara-
yon markazida davlat istiqlolini ta’min-
lash vazifalari huquqiy demokratik davlat
barpo etish ko‘rinishida olib borilmoqda.
«biz barpo etayotgan, – deydi i.karimov, – eng avvalo, umumjahon
sivilizatsiyasiga, davlat qurilish sohasida boshqa xalqlar erishgan
tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanish lozim».
1
qurilayotgan
bu davlatning asosiy tavsiflari rivojlangan demokratik mamlakatlar,
davlatlar faoliyatida o‘z
ifodasini topgan, shuningdek,
nazariy
umumlashtirilgan. bularda O‘zbekistonga ham konkret sharoitlar
hisobga olinib tatbiq etish mumkin bo‘lgan quyidagi qoidalar ilgari
suriladi:
1.
Xalq suverenitetini tan olinganligi zaminida jamiyat tomonidan
davlat qonunchilik organlarining yaratilishi. O‘zbekistonda amalda
bo‘lgan siyosiy-huquqiy tizimda xalq oliy hokimiyat manbasi sifatida
olinib uning bu oliy hokimiyati umumiy
tarzda va yashirin ovoz
berish yo‘li bilan saylangan parlamentga o‘tgan. davlatning oliy
vakolat organi bo‘lgan bu parlamentga demokratik tamoyillar asosida
jamiyat hayotining muhim jihatlarini boshqarish bo‘yicha oliy huquqiy
kuchga ega bo‘lgan qonunlar ishlab chiqish va kuchga kiritish huquqi
berilgan.
O‘zbekiston Parlamenti hozirgi vaqtda ikki palatalik bo‘lib ancha
takomillashgan ish maromida faoliyat ko‘rsatmoqda. hozirgacha qabul
qilingan qonunlarning umumiy soni 400 taga yaqin bo‘lib, ularda
kishilar
hayot faoliyatining iqtisodiy, ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy
boshqaruv sohalarining huquqiy tizimi asoslangan.
2.
Hokimiyatlarning qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlariga
bo‘linganligi. sovet davlati sharoitlarida e’tibordan chetda bo‘lgan
bu tamoyil O‘zbekistonda asosiy jihatlariga ko‘ra turmushga tatbiq
etilgan. xalq tomonidan saylangan va qonunlar qabul qilish yo‘li bilan
jamiyat rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilashi lozim bo‘lgan
qonunchilik hokimiyati siyosiy erkinliklar, huquqiy tartibotni qaror
toptirish va hokimiyatni alohida mansabdorlar, ijtimoiy guruh yoki
biron-bir muassasa tomonidan suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha ham faoliyat ko‘rsatadi.
1
i. a. karimov. «vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». 3-jild. t.,
«O‘zbekiston», 1996. 7-bet.
Dostları ilə paylaş: