160
ikkinchi holda esa, garchi muayyan o‘rinlarda ijodiylik qatnashsa-
da, qabul qilingan ijtimoiy-siyosiy tartibga ko‘ra
faoliyat amalga
oshiriladi. bunday faoliyat ko‘proq funksionallikka xizmat qiladi.
Oldinroq ham qarab o‘tilganidek, siyosiy tizimda barcha
munosabatlar hokimiyatga, dastavval, uning davlat shakliga aloqador
hisoblanadi. mustaqillikni qo‘lga kiritilishi birinchi o‘rinda tegishli
davlat hokimiyatini tashkil etishni shart etib qo‘yadi. «Jahon tajribasi
shundan dalolat beradiki, o‘z davlatchiligini qo‘lga
kiritish milliy
va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha
bo‘lmagan. mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot
yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab
chiqishga intiladi. ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rta-
sida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi,
jumladan,
diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi»
1
.
bu jihat O‘zbekistonda
xarizmatik rahbar i.karimov siyosiy
faoliyati natijasi o‘laroq, sovet davrining so‘nggi yillaridayoq bu kabi
masalalar kun tartibiga qo‘yilib ma’lum jihatlari bilan hal etilgan edi.
Chunonchi, 1990-yilda «ittifoqdosh respublikalar» deb atalgan sovet
tuzilmalari ichida birinchi bo‘lib bu yerda prezidentlik
2
boshqaruvi
yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, qator jamoat
harakatchiliklari ish
boshladilar. bular faoliyatida, siyosiy jarayonlarda taomilda bo‘lgan
hamkorlik, raqobat, kurash, to‘qnashuv, konsensus va hokazolar
mavjud edi.
siyosiy jarayon asosida yotgan faollik kishilarning stixiyali,
tor maqsadni ko‘zlagan yoki ijtimoiy yo‘naltirilgan
tarzlarda ham
namoyon bo‘lishi mumkin. so‘nggi jihatni shaxsning davlat va
jamiyat hayotiga doir masalalar hal qilinishida bevosita, to‘g‘ridan
to‘g‘ri (saylov, umumiy so‘rov, miting, namoyish va h.k.) ishtirokida
va bavosita, vakolatli demokratiya atributiv tashkilotlari munosabatida
(masalan, o‘z huquqlarining bir qismini
turli organlarga saylangan
deputatlarga berishida) ko‘rish mumkin.
1
I. A. Karimov. «O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura».
1-jild. «O‘zbekiston». 1996, 40-bet.
2
«markazdan bo‘layotgan turli zararli ta’sirlardan xalqimizni himoya qilish,
mustaqil siyosatimizni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadidan... prezident-
lik boshqaruvi joriy etildi».
islom karimov. «yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». t., «ma’naviyat»,
2008, 72-bet.
Dostları ilə paylaş: