164
O‘zbekistonda yangi davlat tizimi yarati-
lishi jarayoni demokratiyaning eng muhim
belgilaridan bo‘lgan saylov tizimini
ham yetarli darajada qamrab oldi. xalq
(ya’ni, saylovchilar) saylovlarda ovoz berish yo‘li bilan vakillariga
hokimiyatni amalga oshirish huquqini beradi. bu, o‘z
navbatida,
uning uchun siyosatda qatnashishning vakolatli shakli yaratiladi.
saylov shunday vositaki, uning yordamida mahalliy organlardan tortib
mamlakat prezidentigacha bo‘lgan vakolatli hokimiyatning butun
tizimi shakllantiriladi. ayni vaqtda, saylov bu tizim tarkibidagi kichik
tizim hisoblanadi.
har bir davlatda saylov tizimi an’ana va mahalliy sharoitlardan
kelib chiqib shakllantirilgan. uning tarkibiga saylov o‘tkazish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ifodalangan
saylov huquqi va
saylov o‘tkazish bilan bog‘liq turli-tuman xatti-harakatlardan iborat
saylov jarayoni kiradi. saylov huquqi kishilarga siyosiy qarorlar
qabul qilishda juda katta imkoniyatlar beradi. O‘zbekistonda saylov
tizimining o‘ziga
xosliklaridan biri shundaki, vakolatli organlarga
saylash uchun nomzodlarni amaldagi tegishli qonunlarga ko‘ra
ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari ko‘r-
satadi. Ovoz berish huquqi
18 yoshga, saylanish huquqi
21 yoshga,
prezidentlikka nomzod bo‘lish esa
35 yoshga yetganlarga beriladi.
mamlakat
fuqarolari saylovda umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri va
yashirin ovoz beradilar. bularning bari tegishli saylov qonunlarida
ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan
siyosiy partiyalarning
har biri aholining muayyan qismi xohish-irodasini ifodalaganidan,
davlatdagi siyosatga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadilar. partiyalar o‘z
saylovchilari (buni siyosiy fanlarda elektorat deb ataydilar) doirasini
kengaytirishga harakat qiladi. ular,
oxir-oqibatda, saylovchilari va
hukumat o‘rtasidagi vositachilikni amalga oshiradi. bu endi tegishli
siyosiy madaniyat bo‘lishini taqozo etadi.
mamlakatdagi partiyalar siyosiy
tizim ichidagi kichik tizim
hisoblanadi. ular qator vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyat olib
boradilar. Jumladan, ular saflarida shakllangan
kadrlar parlament
a’zolari va hukumat a’zolarini tashkil etadilar. ular, o‘z navbatida,
hokimiyat ishiga partiyadosh apparatchilarni jalb qiladilar.
Dostları ilə paylaş: