Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

dunyoviy yo‘nalish
ikkinchi bo‘lim. Jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
www.ziyouz.com kutubxonasi


99
sifatida iqlim, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lar, dengizlar va h.k. 
(geografik omil), etnik va irqiy jihatlar (zo‘ravonlik omili), yashash 
uchun kurash (biologiyaviy omil), aholi soni, iqtisodiy manfaatlar va 
sinfiy kurash (marksistik ta’limot) – moddiy omillar olinadi.
monistik yondashuv asosiga ma’naviy-intellektual omillar, ya’ni, 
inson aql-idrokining rivojlanishi, ilmiy bilimlar, dunyoqarashlar va 
diniy e’tiqodlar, estetik zavqlanish, mehnat taqsimoti va hokazolar 
ham qo‘yilishi mumkin.
Plyuralistik yondashuvga ko‘ra kishilik dunyosi funksional 
holatida belgilovchi va belgilanuvchi omillar bo‘lmay, ular bir-birini 
to‘ldiradi, o‘zaro bog‘liq va taqozo etilgan holda mavjuddir.
sotsium tashkiliy shakllarning funksional tahlilida alohida 
e’tiborga molik jihat – birinchidan, kishilik jamiyatining holatini 
barqaror ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, uni takomillashtirish, 
rivojlantirish masalasidir.
Jamiyat holatini barqaror ta’minlash vazifasi mazmuniga ko‘ra, 
dastavval, bioruhiy-ijtimoiy mavjudot bo‘lgan insonning o‘zini har 
doim uning turli faoliyati sohalari orqali takror ishlab chiqarishdan 
iboratdir. barqarorlik turg‘unlikni anglatmaydi, albatta. ijtimoiy 
tizimning barqarorligiga uni rivojlantirish, optimallashtirish orqali 
erishiladi.
inson kishilik taraqqiyoti davomida jamiyat holatining barqarorligi
va rivojlanishi jihatidan ketma-ket tarzda quyidagi omillar ta’sirida 
bo‘lgan:
1. tabiatning bevosita ta’siri – bunda tashqi va ichki tabiiy 
kuchlarning ta’sirida inson u yoki bu harakatni amalga oshiradi. lekin 
tabiiylikning ham mutlaq xarakterga ega emasligi asta-sekin ma’lum 
bo‘lib qoladi.
2. dinlar ta’siri – bunda kishilar o‘z xatti-harakatlari asosiga 
muayyan ma’no qo‘ydilar. lekin bu omil ham voqelikka zid kelib 
qoladi.
3. axloq – kishilar xatti-harakatlari ma’nosidan qat’i nazar, o‘zlari 
uchun yaxshi, zarur bo‘lgan faoliyatni amalga oshiradilar. keyinroq 
uning ham inqirozi boshlanadi.
4. an’anaviylik – bu kishilarning qabul qilingan me’yorlar asosida 
o‘z hayotlarini yo‘lga qo‘yishi bo‘lib, albatta, keyinroq bu ham 
manfaatlarga to‘g‘ri kelmay qoladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin