Шодмон ҳайитов ўзбек муҳожирлиги тарихи


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 115,3 Kb.
səhifə10/12
tarix07.11.2022
ölçüsü115,3 Kb.
#119127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Øîäìîí ?àéèòîâ ¢çáåê ìó?îæèðëèãè òàðèõè 2

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. S.Sayhonli. “Adashganlar”. Istambul. Tarixiy roman (1975 yil, turk tilida).

  2. B.Hayit. Turkiston ikkinchi jahon urushi yillarida // Sharq yulduzi. 1992 yil, 2- son.

  3. Sh.A.Hayitov va boshqalar. “Xorijdagi o’zbeklar”. Toshkent, Fan 1992.

  4. Vatan, Vatanparvar, vatanjudo. Toshkent 1992.

  5. Tarix darslari samaradorligini oshirishda xorijdagi o’zbeklar hayotini o’rganish. Buxoro 1993.

  6. Xorijdagi o’zbek ijodkorlari. Buxoro 1993.

  7. O’zbek muhojirligi tarixidan lavhalar. Farg’ona 1998.

  8. Davriy matbuot


7- bob. Xorijdagi o’zbeklarning O’zbekiston bilan mustaqillik yillaridagi aloqalari.
1. O’zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi va muhojir o’zbeklarga munosabatdagi tub o’zgarish
2. Istiqlolning dastlabki yillaridagi hamkorlik tarixi
3. O’zaro qavm-qarindoshlik va hamkorlik aloqalarining tajribasi
4. Xorijdagi o’zbeklar tarixini o’rganishning istiqboldagi vazifalari
Tayanch atamalar
UzODKS – O’zbekistonning chet ellar bilan do’stlik va madaniy aloqalar jamiyati 1958-1991 yillarda faoliyat olib borgan
Vatandosh mujdalar” – “Vatandosh” radiostanstiyasining eshittirishlari
Surgun” – o’zbek vatandoshimiz Jo’ra Qori Bo’tako’zning taxallusi
Balalayka”, “Kevbek” – Angliya (Buyuk Britaniya); Kanadada o’zbek madaniyatini targ’ib qiluvchi ansambllar
Chashma” – Sietldagi (AQSh) o’zbek san’atini targ’ib qiluvchi jurnal

Ikkinchi jahon urushidan keyin vayron bo’lgan xalq xo’jaligining tiklanishi bir qadar xalq ommasi faolligini oshirdi. Jumladan, jamoatchilik yo’li bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlar kengaydi. Aynan 50 yillarning 2-yarmidan boshlangan sho’ro jamiyatidagi bir qadar demokratiya sari qo’yilgan qadamlar, garchi oxiriga etkazilgan bo’lmasada progressiv ahamiyatga ega bo’lgan loyiha va rejalarni vujudga keltirgan edi.


Shunday bir vaziyatda 1958 yilda jumhuriyatimiz hududida jamoatchilik yo’li bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash faoliyatini olib boruvchi maxsuslashtirilgan ommaviy jamoa tashkiloti “Chet ellar bilan do’stlik va madaniy aloqalar O’zbekiston jamiyati” (UzODKS) vujudga keldi. Ushbu jamiyatni tashkil etishda O’zbekistonning ilg’or ziyolilari, olimlari, shoirlari va mehnatkash xalq vakillari tashabbuskor bo’ldilar. Do’stlik jamiyati jamoatchilik tashkiloti bo’lganligi tufayli, xorijda yashovchi, turlicha g’oyaga, tabaqaga, mamlakatiga qarmasdan O’zbekiston bilan yaqin do’stona aloqada bo’lish, tanishish uchun unga har xil kishilar murojaat qila boshladilar. Jamiyatning dastlabki ikki yillik faoliyati davomidagi ishlar shuni ko’rsatdiki, undagi ixtisoslik bo’yicha tuzilgan bo’lim va komissiyalari faoliyati istiqbollari yildan yil kengayib borishi imkoniyatlari katta edi.
Barqaror tinchlikning boshlanishi, iqtisodiyotning bir muncha izga tushishi kabi qulayliklar, hamda jamiyatdagi demokratik o’zgarishlar shamoli bir tomondan O’zbekistonda istiqomat qiluvchi kishilar 20-30 yillarda 2-jahon urushi yillarida bedarak ketgan o’z yaqinlari qarindoshlarini qidirib murojaat qilishga turtki bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan xorijdagi o’zbek vatandoshlardan O’zbekistonga kelish, o’z avlodlari bilan uchrashuv o’tkazishni iltimos qiluvchi maktublar kela boshladi. Mana shu jarayonlar maxsuslashtirilgan jamoat tashkilotlari “Do’stlik” jamiyati huzurida alohida ish olib boradigan “Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqa bog’lash bo’limi” vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Bo’limning vujudga kelishi va uning dastlabki faoliyati eng avvalo o’zbek ziyoli va jamoatchilarining tashabbuskorligi bilan bog’liqdir. Bu xayrli ishda bosh-qosh bo’lganlar taniqli o’zbek akademiklari T.N.Qori Niyoziy, G’.G’ulom, Yunus Rajabiy, jurnalistlar Ziyo Aminov, Jahongir Abdurahmonov kabi kishilardir. Do’stlik komiteti fondi bilan bog’liq arxiv materiallarida “Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqalar bog’lash bo’limi” aktiv ziyoli vakillari jonkuyarligida 1960 yil tashkil topdi va ushbu bo’lim ishini O’zbekiston SSJ Fanlar Akademiyasi birinchi prezidenti T.N.Qori Niyoziy boshqardi – deb ko’rsatiladi. Bo’lim o’z faoliyatida “Rodina” (“Vatan”) jamiyati ish tajribasidan foydalandi. Uning yig’ilish va plenumlaridagi umumiy ahamiyatga ega bo’lgan qarorlarni mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda hayotga tadbiq qildi. 1963 yil 25 oktyabr chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqalar o’rnatish sovet komiteti majlisida bo’lim boshlig’i T.N.Qori Niyoziy ishtirok etib, Kavkaz orti, Boltiq bo’yi jumhuriyatlari faoliyatining bu yo’nalishlardagi ish tajribasini o’rtoqlashdi. 60 yillar boshidayoq bo’lim faollari xorijdagi 500 dan ortiq vatandosh va ular tashkilotlari bilan aloqa o’rnatgan Litva va Armaniston Do’stlik jamiyatlariga quyidagi savollar bilan murojaat qilgan edi.

  1. “Siz qanday qilib vatandoshlarning ko’plab tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatishga erishdingiz?

  2. Siz xorijdagi vatandoshlar jamoalarini tashkil etishda qatnashdingizmi yoki ular o’zi mavjud edimi?

  3. Vatandosh tashkilotlar va alohida olingan vatandoshlar bilan munosabatni o’rnatida qanday usullardan foydalanasiz?

  4. Qaysi yo’l va usullar orqali xorijdagi vatandoshlarga yordam ko’rsatasizlar?

  5. Do’stlik jamiyati xodimlari vatandoshlar orasida ish olib borish uchun chet ellarga boradilarmi?

  6. Qanday tashviqotchilik xarakteridagi materiallar vatandoshlarga yuborasizlar?”

    • deb murojaat qilinadi so’roq anketalarida.

Litva va Armaniston Do’stlik jamiyatlaridan olingan javoblar umumlashtirildi, kelajakdagi bo’limning turli-tuman yo’nalishdagi faoliyatida foydalanildi. Do’stlik jamiyati plenum va konferenstiyalarida bo’lim a’zolari jumhuriyat jamoatchiligiga ushbu xayrli ishda ishtirok etishdan iborat murojaatnomalar qabul qildilar, qilingan ishlar haqida ma’ruzalar tinglandi. 1964 yil 17 iyul Do’stlik jamiyati V plenumida T.N.Qori Niyoziy jumhuriyat ilg’or ziyolilariga qaratilgan: “Ushbu imkoniyatdan foydalanib, jumhariyatning barcha yozuvchilariga, olimlariga, musiqashunoslariga murojaat qilaman: har kim o’z kuchi, imkoniyatidan foydalanib bizning radioeshittirishlarimizda, turli mazmundagi to’plamlar tayyorlashimiz va har bir vatandoshlarimizga O’zbekiston haqida ma’lumot berish ishida ishtirok qilsinlar”, - degan mazmundagi murojaat bilan chiqqan edi.
Bo’lim xorijdagi o’zbek vatandoshlarni O’zbekiston bilan tanishtirishda juda ko’plab ish formalarini vujudga keltirdi. Eng avvalo ko’pgina mamlakatlarda bo’lim faoliyatiga yordam beruvchi o’zbek vatandoshlardan maxsus muxbirlariga ega bo’ldi. Ularga badiiy adabiyot namunalari, tashviqot-targ’ibot xarakteridagi materiallar, fotoalbomlar, o’zbek miliy kiyimlari, o’zbek milliy musiqa asboblari yuborib turildi. Muxbir o’zbek vatandoshlar, ayniqsa sharqiy mamlakatlarda xorijdagi o’zbek vatandoshlar o’rtasida ushbu materiallarni tarqatdilar. 60-70 yillarda turli mamlakatlarda istiqomat qilgan Jo’ra Qori (u Pokiston, Iroq, Iordaniya, Suriya kabi mamlakatlarda yashagan). Saudiya Arabiyatonilik Mo’minjon Andijoniy, Abdullajon Toshkandiy kabilar bilan bo’lim o’rtasidagi o’zaro xat yozishuvlari, madaniy aloqalar salmoqli bo’ldi.
60-yillarda Jo’ra Qori adresiga: A.Navoiyning “Xamsa”, “Muhokamatul lug’atayn”, “Majolisun nafois” kabi asarlari, o’zbek drama asarlaridan “Boy ila xizmatchi”, “Padarkush”, “Baxtsiz kuyov”, “Yorqin oy”, “Urush va tinchlik” romani (o’zbek tilida), “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, xalq eposlaridan “Go’ro’g’li”, “Alpomish”, “Manas” kabilar yuborildi. Ushbu materiallarni olgan Jo’ra Qori yozgan javob xatida “Siz yuborgan kitoblarni o’qib o’zbek bog’iga tushib qolgandek bo’ldim. Hozir ularni boshqa o’zbek vatandosh o’rtoqlariga o’qish uchun bermoqdaman” – deb yozadi. Mo’minjon Andijoniy Saudiya Arabistonida haj qilish munosabati bilan O’zbekistondan borgan vakillardan olgan adabiyot va san’at namunalarini olib turgan. Vatandoshlar bilan aloqa sho’’basini ancha vaqt boshqargan Ziyo Aminov 1968 yil bahorida M.Andijoniyga quyidagicha mazmunda xat yo’llagan edi: “19 aprelda hojilar yo’lga chiqdi (O’zbekistondan Makka va Madinaga). Biz ularga u erdagi qadrdon vatandoshlarga eltib berish uchun kitoblar, albomlar, magnit lentalari berib yubordik. Lentalarga o’zbek muzikasi va ashulalardan namunalar ko’chirilgan, lenta quti ichida, uni saqlash qoidalari yozib qo’yilgan: shu qoidalarga amal qilinsa lentalardan uzoq muddatda foydalanish mumkin. Siz o’tgan yili o’zbek vatandoshlar tomonidan yozilib, radioda eshittirish uchun yuborgan uchta she’r menga va boshqalarga mazmun va badiiy jihatdan manzur bo’ldi. Xususan Dugoh I kuyiga moslab yozilgan (“Sen meni chorlaysan”, “Sevgilim” kabi o’zbek vatandosh ijodkorlari tomonidan yozib yuborilgan she’rlar nazarda tutiladi) juda ta’sirli chiqibdi. Bunday ma’noli ajoyib satrlarni yozgan vatandoshlarga ofarin aytib u kishining ijodiga ravnaq tilayman” – deyilgan edi maktubda.
M.Andijoniy, Chustiy, Muqimiy, Furqat, Zulfiya, Mirtemir kabilarning she’riy to’plamlarini, “O’zbekiston tarixi” darsligini, S.Ayniyning “Qullar”, “Doxunda” kabi asarlarini arab mamlakatlarida yashovchi o’zbek vatandoshlarga tarqatgan. M.Andijoniy bo’lim yordami bilan M.Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Alisher Navoiy” romanini arab alfavitiga o’girib, qayta ko’chirib chiqqan, hamda o’z hisobidan ko’p nusxalarda chop ettirib xorijdagi o’zbek vatandoshlar orasida tarqatgan. “Vatandoshlar bilan ishlash bo’limi” nafaqat o’z muxbirlariga, qolaversa barcha murojaat qilgan o’zbek vatandoshlarga yordam bergan. Jumladan, 1969-1970 yillarda Lutfulla Umar Junaydullaev (AQSh) ismli kimsaga uning iltimosiga ko’ra o’zbek musiqa asboblaridan nay, oltita xalq hofizlari qo’shiqlari yozilgan plastinkalar yuborilgan. Turkiyada istiqomat qiluvchi vatandoshimiz To’ra Muqaddas Inoyatga o’zbek muzikasi yozilgan plastinkalar, o’zbek adabiyoti namunalari yuborilgan. U ushbu muzikalar va kitoblar ko’pchilik tomonidan tinglab o’qilayotganligini yozadi. Yildan-yilga bo’lim faoliyatidagi ish usullari takomillashib borgan, yuboriladigan materiallar soni ko’paygan. 1970 yilda o’zbek vatandoshlar adresiga bo’lim 10 nusxada – O’zbek tili lug’atlarini, 40 nusxada Alifbe kitobini, 20 nusxada 3-4-5 sinflar uchun Grammatika darsligini, 10 nusxada V-sinf adabiyot darsligini, 8 dona badiiy adabiyot namunalarini, 25 dona Samarqand, Buxoro va Xiva tasviri tushirilgan znachoklarni, 136 dona o’zbek muzikasi va qo’shiqlari yozilgan plastinkalarni yuborgan. 60-70 yillar davomida bo’lim a’zolari bilan xat yozishuvlarni o’rnatgan o’zbeklarning soni oshib borgan. Agar 1971 yilda bo’lim 75 vatandosh bilan maktubiy aloqalar o’rnatgan bo’lsa, 1973 yilda 147 vatandosh bilan, 1975 yilga kelib 200 vatandosh bilan o’zaro aloqalar o’rnatildi. Bo’lim har yili o’rtacha 50 vatandosh o’zbeklardan maktub olib doimiy javob maktublari yozib turdi.
Ushbu maktublarda Vatan sog’inchi, iltimosnomalar, qon-qardoshlarni izlash, O’zbekistonga mehmon bo’lish haqidagi maslahatlar so’ragan, bayramlar munosabatlari bilan tabriknomalar ham yuborilgan. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar o’zlari haqida, faoliyatlari to’g’risida ham ma’lumotlar beradilar. Jo’ra Qori o’z maktublaridan birida: “Men Junaydulloxonga sizlarning adreslaringizni bergan edim. U sizlarga yozgan xatiga javob olmabdi, nega javob bermadingiz? Mo’minjon Andijoniy meni Toif shahriga (Saudiya Arabistoni) chaqirdi, birgalikda uning sizlardan olgan maktubini o’qidik va javob tayyorladik.
Abdulla ham sizdan maktub olibdi. Abdulla Turkistoniy – (Saudiya Arabistoni). U kishi sizdan yangi o’zbek qo’shiqlariga yozilgan magnit lentalari, plastinkalar yuborishni iltimos qildi.
Men bu erda sizlar yuborgan X.X.Niyoziyning “Maryamxon yoxud ishq qurbonlari” dramasini o’qib magnit lentasiga ovozini yozib oldik. Hozir uni o’nlab vatandoshlar tinglamoqdalar.
Menga bayot, navo, dugoh-chorgoh kuylari yozilgan plastinkalarni hamda Bobur, Navoiy, Furqat she’rlaridan aytilgan qo’shiq lentalarini yuborsangiz. Biz uni vatandoshlar bilan birga eshitar edik”, - deb tugatadi o’z xatini Jo’ra Qori.
Xorijdagi muxbir o’zbek vatandoshlar Qori Niyozov, Yunus Rajabiy, shoir Davron, ziyolilar Abdullajon Barotov, Amriddin Azimjonov, Ziyo Amin kabilar bilan shaxsiy maktubiy aloqada bo’lganlar. “Vatandoshlar bilan madaniy aloqa bo’lish” o’zbek vatandoshlarni O’zbekistonga taklif qilganlar, ularga madaniy va tibbiy yordam ko’rsatishda hamkorlik qilganlar. Jumladan 60 yillarda bo’lim yordami bilan Turkiy, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya kabi mamlakatlardagi o’zbek vatandoshlar bilan o’zaro munosabatlarni o’rnatishga hamkorlik qilgan Jo’ra Qori O’zbekistonda bo’lgan. 1972 yil bo’lim yordami bilan o’lkamizda bo’lgan turkiyalik o’zbek vatandoshimiz (Adana shahridan) Maqsud Demir markaziy kasalxonalardan birida davolandi, yana bir turkiyalik Umar Oltoy bir oy davomida o’z qarindoshlari bilan uchrashgan, 1969 yil O’zbekistonga qarindoshlari bilan uchrashish uchun kelgan Afg’onistonlik Ziyoxo’ja Mansuriyga ham tibbiy yordam ko’rsatishgan va hokazo.
Bo’lim turli maqsadlarda xorijiy vatandoshlardan ko’plari istiqomat qilayotgan mamlakatlarga O’zbekistondan boruvchi sayyohlarni zarur materiallar bilan ta’minlagan. 1968-69 yillarda Turkiyaning Izmir shahrida o’tadigan Xalqaro yarmarkaga borgan O.Oripov va O.O.Oripovlar hamda shoir T.To’laxo’jaevlar madaniy badiiy xarakterdagi materiallar bilan ta’minlangan. Ushbu yil doktor Ilyos Fozilov Makkaga haj qiluvchilar bilan birga borganida bo’lim topshirgan materiallarni Saudiya Arabistonidagi o’zbeklar orasida tarqatgan. “Vatandoshlar bilan madaniy aloqalar bog’lash bo’limi” o’z qon-qarindoshlari bilan maktubiy bordi-keldi aloqalarini o’rnatish maqsadida yurgan yurtimiz kishilariga amaliy maslahatlar bergan, ularga yordam ko’rsatgan. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, bo’lim nomiga maslahat so’rab maktub yozganlar o’zlariga tegishli javoblarni olganlar.
Mana shunday maktublardan:
Sirdaryo oblast Forij rayonidan O.O.Odilov shunday yozadi: “Mening amakim Afg’onistonga ketib, hozir o’sha erda yashayapti. Hozir u bizdan iltimos qilyaptiki, o’zaro maktubiy aloqalar o’rnatsak. Lekin biz unga nima deb javob berishni bilmaymiz. Siz bizga qanday tartibda maktub yozish, qanaqa markalar unga yopishtirish haqida tushuntirsangiz va maslahat bersangiz” (1971 yil 10 dekabr).
Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on viloyatidan Oqilova Oydin o’z maktubida: “Men 1925 yil dunyoga kelganman. Onam Boltaeva Maxtob (1899 yil tug’ilgan) hikoya qilishicha otam 1924 yilda menga noma’lum sabab bilan xorijga ketgan. Otam Hikmatov Oqil hozir 76 yoshda bo’lib, Damashqda yashaydi. Sizdan Suriyaga qaysi tartibda borish mumkinligini tushuntiruvchi maktub kutaman” deb yozadi (1972 yil fevral). Ushbu xarakterdagi maktublar o’z vaqtida bo’lim a’zolari tomonidan muhokama qilinib, yordamga muhtoj kishilarga hamkorlik qilingan.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar turli paytlarda – bir qismlari O’zbekistonga qaytdilar. Ular bilan bo’lim a’zolari yaqin hamkorlik aloqasida bo’ldilar. Jumladan 2-jahon urushi yillarida fashistlar qo’lida asir bo’lgan, buyuk g’alabadan so’ng ozodlikka erishgan shoirlar M.Davron, X.Abdullaev kabilar bo’lim tashabbusi bilan “Vatandosh” radiostanstiyasidagi o’z she’rlaridan o’qib turdilar. 1962 yiliyoq Do’stlik jamiyati ushbu shoirlarning turli davrlarda yozilgan she’rlarini to’plab, arab va lotin alfavitida nashr qildirib, o’zbek vatandoshlar orasida tarqatish maqsadida edi. Bundan tashqari bo’lim tashabbusi bilan xorijdan O’zbekistonga qaytgan vatandoshlardan Said Ma’ruf Karimov, G’ulom Abbos, Mahmud Oyqorali singarilarning memuarlaridan tuzilgan maxsus to’plam kitoblar nashr qildirishdi, ularni xorijdagi o’zbeklar o’qish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 1965 yilda O’zbekistonga qaytgan vatandoshlarning maqolalaridan to’plangan maxsus kitoblar 2000 nusxa arab, 1000 nusxa lotin alfavitida nashr qilingan.
“Do’stlik” jamiyati huzurida vujudga kelgan “Xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan ishlash bo’limi” “Oydin” gazetasining vujudga kelishida uning tashviqotchilik faoliyatida, “Vatandosh” radiostanstiyasi eshittirishlarida aktiv qatnashdi. Ushbu bo’lim o’z faoliyatini yuksak optimizm bilan olib bordi, mamlakatimizdagi davr sharoiti bilan bog’liq, hamda ob’ektiv to’siqlarga qaramay ushbu bo’lim olib borgan ishlar ibratli bo’ldi va kelajakda maxsus xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan madaniy aloqa jamiyati (“Vatan”) vujudga kelishiga asos bo’ldi. “Vatan” jamiyati o’z ish faoliyatida Do’stlik jamiyati huzurida ishlagan bo’lib an’analarini davom ettirdi.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan do’stlik, madaniy va kelajakdagi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda “Vatandosh” radiostanstiyasining eshittirishlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Umuman Toshkent radiosi 1947 yildan boshlab xorijiy ellarga eshittirishlar bera boshlagan edi. Yildan-yilga olib borilgan eshittirishlar salmog’i oshdi, yangi tillarda eshittirish tashkil qilish qo’shib borildi. Agar 80-yillarning 1-yarmiga qadar O’zbekiston radiosi xorijiy ellarga eshittirish 7 tilda olib borilib, har yili xorijda yashovchi 4 ming tinglovchidan xat xabar olib turilgan bo’lsa, 1990 yil oxiriga kelib har kuni 9 tilda 13 soat davomida eshittirishlar olib bora boshladi va xorijlik tinglovchilardan olingan maktublar soni 7 mingga etdi. Arab, doriy, fors, urdu, hind, ingliz, pushtun kabi tillarda olib boriladigan eshittirishlarni O’rta va Yaqin Sharq, Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo, AQSh Kanada, Olmoniya, Buyuk Britaniya, Polineziya, Kanar orollari va ko’plab mamlakatlardagi tinglovchilar o’zbek radiosi eshittirishlarini tinglamoqdalar. O’zbek radiosi xorijga borayotgan o’z eshittirishlarida oshkorlik va demokratiya talablaridan kelib chiqib, o’z tinglovchilariga O’zbekistonda iqtisodiy ahvol yaxshi emasligini, aholi bir qismi qashshoqligini, ishsizlik muammolarini Orol va tabiatning zaharlanishi bilan bog’liq voqealarni, yuzlab o’zbek yigitlari normal hayotda yashamasliklari tufayli harbiy xizmatga noloyiqligini ochiq aytdilar. Ushbu imkoniyatlar “Vatandosh” radioeshittirishlarini ham sifat jihatdan qayta qurishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Vatandosh” radiostanstiyasi xorijdagi o’zbek vatandoshlar uchun eshittirish olib boradi va 1960 yilda tashkil topgan edi.
“Vatandosh” radiostanstiyasi o’z faoliyatini boshlagan paytda kundalik eshittirishlar hajmi bor yo’g’i yarim soatga mo’ljallangan edi. Yarim soatlik vaqt ichida o’zbek vatandoshlariga sobiq Sovet Ittifoqining xalqaro siyosati, O’zbkistonda yangiliklar bilan bog’liq har xil xabarlar, o’zbek muzikasi va qo’shiqlaridan namunalar berilgan. 1970 yillar boshidan “Vatandosh” eshittirishlari salmog’i oshib, bir sutkada o’zbeklar 2300 - 2400 davomida bir soat “Vatandosh”ni tinglaydigan bo’ldilar. “Vatandosh” radioeshittirishlarini tashkil qilishda uning faoliyatiga o’zbek vatandoshlarni jalb qilishda O’zbekiston ziyoli jamoatchiligi katta tashkilotchilik ishini olib bordi. O’zbek vatandoshlarni tanishtiruvchi radioocherk, lavha va maxsus radiojurnallar tayyorlashda jurnalistlar M.Yo’ldosheva va G’ayrat Rahmatillaev turli kasb egalari bilan muloqot uyushtirib, suhbatlar, hikoyalar tashkil etgan B.Boboev, Sotvoldi Usmonovlar, tarjimonlar Baxtiyor Inoyatov va Abdulhamid Pardaevlar, muharrirlar F.Yunusov va S.Egamberdieva mas’ul kotib B.Sodiqov, notiqlar: M.Po’latova, N.Murodov, A.Karimova, M.Aliboev kabilar turli vaqtlarda “Vatandosh” radiostanstiyasida aktiv ishladilar. Biz yuqorida qayd qilingan kishilar va boshqa ko’plab jurnalistlar radioeshittirish komitetiga murojaat qilgan ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillarning o’zlarining xorijdagi qarindoshlar bilan aloqa qilishlarini aytmoqda. Ushbu imkoniyatlar “Vatandosh” radiostanstiyasi eshittirishlarini ham sifat jihatdan qayta qurishga ijobiy ta’sir ko’satdi. “Vatandosh” radiostanstiyasi xorijdagi o’zbeklar uchun eshittirish olib boradi va 1960 yilda tashkil etilgan. “Vatandosh” radiostanstiyasini o’z faoliyatini boshlagan paytda kundalik eshittirishlar hajmi bor-yo’g’i yarim soatga mo’ljallangan edi. “Vatandosh” radiostanstiyasi eshittirishlari dastlabki kunlardayoq o’z tinglovchilaridan ulardan muntazam xat olib turardi. Xatlarda u yoki bu mamlakatda yashovchi o’zbek vatandoshning tilak, istaklari bitilardi.
1962 yildayoq Pokistonning Karachi shahrida istiqomat qilib turgan Jo’ra Qori o’z maktublaridan birida “Men ilk bor radioingiz ovozini eshitib, qalbim faxrga to’ldi. Har kun radiosi bor bir do’stimning uyiga qatnay boshladim. Ammo bu vatandoshimizda bor-yo’g’i bir xonali uy bo’lib, oilasi bilan yashardi. Men uning roziligi bilan radioeshittirishlaringizni ko’chada turib eshitardik. Xabarlar berish boshlanishi bilan ixtiyorsiz ko’zlarimda g’am va quvonch yoshlari oqa boshlardi”, - deb yozgandi. Saudiya Arabistoni fuqarosi o’zbek vatandoshimiz Xurshidbek Toshkandiy maktubida: “Qori Niyoziy boshchiligidagi barcha a’zolarga qizg’in salomimni yo’llayman. O’zbek vatandoshlar uchun maxsus radioeshittirish tashkil qilinganligi chin dildan qutlayman. Vatanni biz hech qachon unutmaymiz, ona-yurtga bo’lgan muhabbatimiz kuchaymoqda – deb yozgan edi. Keyingi xatlarida men “Vatandosh” eshittirishlarida quyidagilarni tinglashni juda ham istayman.

  1. O’zbek artistlari ijrosida H.H.Niyoziyning “Boy ila xizmatchi” dramasini.

  2. Jo’rabek Saidaliev ijrosida tanburda “Tanovar” kuyini.

  3. O’zbek klassik kuylaridan tuzilgan qo’shiqlarni.

Samarqand ushshog’i, Yunus Rajabiy ijrosidagi o’zbek maqom kuylari, K.Zokirovlar oilasi ijrosidagi qo’shiqlardan hamda hind va arab kuylaridan tuzilgan eshittirishlar menga manzur bo’ldi. Agar mumkin bo’lsa O’zbekistondagi singlim Qamarchehraning ovozini yozib eshittirsangizlar”, - va hokazolarni yozgandi. Boshqa bir vatandoshimiz Muhit Haybatullo Pokistondan turib “Vatandosh” radiostanstiyasiga quyidagi mazmunda maktub yo’llagan edi. Biz vatandoshlar sizlarning eshittirishlaringizni tinglay boshladik. Keyinchalik to’satdan bizning radiopriyomniklarimiz “Vatandosh”ni eshittirmay qo’ydi. Sizlardan shuni iltimos qilamanki eshittirishlaringizni to’xtatib qo’ymang. “Sizlarda vatandoshlar maktub yozmaydi, radio tinglashni ham istamaslar”, - degan fikr hech qachon vujudga kelmasin. To’g’ri, ovozingizni eshitmaydiganlar bordir, lekin men ishonch bilan ayta olamanki, vatandoshlarning yarmidan ko’pi eshittirishlaringizni tinglamoqda.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar “Vatandosh”ning tinglovchilari sifatida uning faoliyatidagi kamchiliklarni, xodimlar qaysi masalalarga e’tibor bermayotganliklarini qayd qiluvchi maktublarni dastlabki yillardayoq yozgan edilar. Mo’minjon Andijoniy (Saudiya) eshittirishlaringiz haqida fikr-mulohazalarim shuki: Chet ellardagi vatandoshlaringizni benihoya shod-xurram qilayotgan eshittirishlaringiz orasida ba’zan quloqlarimizga butunlay yot bo’lgan “ohang”larni eshittirmoqdasiz. Yirtiq bo’lsa ham o’zining qadrdon choponini tashlashni istamagan muhojir vatandoshlaringiz ana shunday “ohang”larni uncha sevmasligini, aksincha doimo milliy ashulalarimizni, maqom kuylarimizni seva-seva eshitib zavqlanishini albatta bilsalaringiz kerak degan mulohazadaman: “Purgrom (xatda qanday bo’lsa shunday keltirilayapti) vaqtini vaqtini bir oz cho’zib, beriladigan soz va ashulalarni ko’paytirishlaringizning imkoni yo’qmi? Vaqt uzaytirilsa bizlar uchun nur ustiga nur bo’lardi”, - degan edi. Yoki ko’plab vatandoshlar “Vatandosh” eshittirishlarini yaxshi eshita olmayotganligidan imkoniyat qilib yozilgan maktublar ham bor. Programmalarni xilma xil, rang barang materiallardan tanlash kerakligini taklif qiluvchi maktublar radiostanstiya xodimlari tomonidan o’rganildi, yangicha rubrika va rukn eshittirishlariga asos solindi. Ammo sovet jamiyatida boshlangan va uzoq davom etgan biz hozir “turg’unlik” deb atovchi davr “Vatandosh” radiostanstiyasi eshittirishlarini takomillashtirishga to’sqinlik qildi. “Sinfiy g’oyaviy manfaatlarni himoya qilish” bayrog’i ostida takrorlanib turuvchi bir-biridan shakl va mazmuni jihatidan farq qilmaydigan radiokompozistiyalar, radioocherklar, radiojurnallar, xabarlar eshittirilaveradi. Ko’p hollarda bir soatda belgilangan eshittirishning katta qismi qaysidir partiya yoki davlat rahbarining anjumanlarda qilgan nutqini qisqacha mazmuniga bag’ishlanardi. Dabdabali va sostializmni ko’r-ko’rona maqtovchi eshittirishlar olib borildi. Xorijdan kelgan o’zbek vatandoshlardan yozib olingan fikrlar “baxt-saodat”, “komunizmga borayotganligimizni tasdiqlashga qaratilgan” bo’lsa yuqorining buyrug’i yoki topshirig’i bilan tinglovchilarga etkazilardi. Albatta o’zbek vatandoshlar bu davrda “Vatandosh” radiostanstiyasi tashkil etgan “San’atimiz namoyondalari”, “O’zbek klassik va sovet adabiyoti asarlaridan namunalar”, “Sovet sharqi musulmonlari hayotidan”, “Qo’shig’imiz sizga armug’on” kabi mazmundagi eshittirishlarni qoniqish bilan tinglab bordilar. 80-yillarning 2-yarmidan boshlangan demokratiya va oshkoralik “Vatandosh” radiostanstiyasi faoliyatiga keng yo’lar ochib berdi. Keyinchalik “Vatandosh” radiostanstiyasi xorijdagi o’zbek vatandoshlar uchun har kuni 2 soatu 10 minut davomida eshittirish olib bordi. Radiostanstiya o’z eshittirishlarini 3 programmada olib boradi:

Yüklə 115,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin