Шодмон ҳайитов ўзбек муҳожирлиги тарихи


-bob. O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi



Yüklə 115,3 Kb.
səhifə3/12
tarix07.11.2022
ölçüsü115,3 Kb.
#119127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Øîäìîí ?àéèòîâ ¢çáåê ìó?îæèðëèãè òàðèõè 2

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Muhojir
1-bob. O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi
1. O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningni o’qitishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar
2. O’zbek muhojirligi tarixining sovet davri tarixshunosligi
3. O’zbek muhojirligi tarixi mustaqillik davri tarixchilari talqinida

Tayanch atamalar


Muhojir – o’zining asl vatanidan ajralgan shaxs
Muhojirlik – insoniyat tarixining ob’ektiv jarayoni bo’lib, tarixiy tub burilishlar davrida ro’y beradigan jarayon
O’zbek muhojirligi – Sho’ro jamiyati davrida 1917 – 1940 yillardagi o’zbek millati vakillarining vatanini tark etishi
Istiqlol sharoitida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o’zgarishlar, ijtimoiy jarayonlarning ziddiyatli rivojlanishi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni anglash yo’lidagi amaliy siljishlar, mamlakatimizda yashovchi har bir millatning o’z – o’zini anglash, qadr – qimmati, urf – odati va an’analarni tiklash sari intilishining kuchayib borishi kabilar o’tmishga hamda bugungi tariximizga yangicha qarashlarni vujudga keltirish tabiiy holdir.
Demokratik jamiyat barpo etish sobiq sho’ro davrida hozirgi kunimizda – o’zbek o’tmish tariximizga, kechgan tarixga hayotiy real faktlar asosida baho berishni taqozo qilmoqda.
Ma’muriy buyruqbozlik siyosati hukm surgan, hamda turg’unlik yillarida sovet davri tarixi faqatgina bir yoqlama va tor doirada yoritilganligi ayon bo’lib qoldi.
Jumladan, “Xorijda istiqomat qiluvchi o’zbek vatandoshlar” mavzuida hatto fikr yuritish taqiqlangan edi. Chunki biz uzoq vaqtlar xorijdagi o’zbek vatandoshlarimizga bir yoqlama baho berib, ko’p hollarda “sinfiy muholif”, “sotqin”, “sostializm va xalq hokimiyati tuzumiga qarshi”, “vatangado”, “imperializm malayi”, “bosmachi” degan terminlar bilan murojaat qildik. Inson omili jamiyatimizda barcha maqsad va vazifalarimiz asosi sifatida qaralar ekan, milliylik va baynalmilallik, yonma-yon bir-birisiz yashay olmasligi tobora ayon bo’lar ekan, bu yo’nalishlar xorijda yashovchi o’zbek vatandoshlar va ular bilan hamkorlik masalasiga har tomonlama, mukammal jiddiy kelajak manfaatlari nuqtai nazaridan qarashni taqazo qiladi.
Mustaqillik tufayli o’zbek muhojirligi tarixini o’rganish, O’zbekiston tarixining hanuzgacha to’ldirilmagan sahifalarini to’ldirish sari hayrli ishlar qilindi.
Bu sohada prezidentimizning sa’y-harakatlari tahsinga sazovordir.
Prezidentimiz qaysi mamlakatga bormasinlar, bu erdagi millatdoshlarimiz bilan uchrashib, muloqotlarda Vatanga da’vat qildilar.
Muhojirlik tarixi taraqqiyotning ob’ektiv jarayoni bo’lib, siyosiy burilishlar, tub burilishga molik voqealar jarayonida vujudga keladi. Muhojirlik na shodlik, na g’am deb ta’kidlaydi vatandoshlarimiz. Hozirgi bosqichda yuksak cho’qqilarga erishgan AQSh ham muhojirlar davlati. XVII-XVIII asrning eng muhim voqealari bo’lgan ingliz va franstuz burjua inqiloblari ham 100 minglab kishilarni o’z mamlakatini almashtirganligini eslash kifoya.
Lekin so’nggi imperiya davlati hisoblangan SSSR mavjud bo’lgan yillarda muhojirlik tarixida yangi sahifa ochilgan edi. Noinsoniy siyosat ma’muriy buyruqbozlik tizimi tufayli 100 minglab yurtdoshlarimiz vatanjudolik dardiga mubtalo bo’lgan.
Biz ushbu maxsus kursda material va manbalar asosida quyidagi maqsad va vazifalarni belgilab olamiz:
Xorijdagi o’zbek vatandoshlarning xorijga ketib qolishi bilan bog’liq tarixiy davrlar va ular yashayotgan mamlakatlar va ularning soni, shug’ullanayotgan sohalari haqida umumiy tavsif berish.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlarining O’zbekistonga o’zbek milliy madaniyati an’analariga munosabatini yoritish.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan jumhuriyat jamoatchiligi o’rtasidagi ilk bor aloqalarning o’rnatilish tarixi ushbu qon-qardoshlik aloqalarining rivojlanishi jarayonidagi murakkablik va qiyinchiliklarni ko’rsatish. “Oydin”, “Vatandosh” radioeshittirishining tashkil etilishi va faoliyatiga tavsif berish.
O’zbekiston maxsuslashtirilgan jamoat tashkilotlari, eng avvalo sobiq “Vatan” jamiyati hamda uning viloyat bo’limlarini xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishdagi urinishlarini yoritish.
Hozirgi davrda xorijdagi vatandosh o’zbeklar bilan qon-qardoshlik hamda iqtisodiy, madaniy aloqalar sohasidagi ijobiy o’zgarishlarning sabab va maqsadlarini o’rganish.
Muxojir o’zbeklar hayot yo’li, faoliyatini o’rganish.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan kelajakda olib borilishi zarur bo’lgan yangicha ish yo’nalish va usullari haqida umumiy xulosalar chiqarib, tariximizni ma’naviy boyitishga harakat qilamiz.
Jumhuriyatimiz hayotida yuz bergan so’nggi o’zgarishlar, real mustaqillik va uni qo’lga kiritishdagi amaliy qutlug’ qadamlar biz o’rganayotgan sohaning istiqbollarini ochib berdi. 1991 yilning iyun oyida (19–24 iyun) Toshkentda ilk bor jahon ishbilarmonlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda o’nlab taniqli korporastiyalar va konsternlar, kompaniya va firmalar, bank rahbarlari, tadbirkor kishilar hamda o’zbek vatandoshlardan tijorat ishi bilan shug’ullanuvchilar qatnashdi. Ushbu anjumanda jumhuriyat prezidenti I.A.Karimov nutq so’zlab: “Biz chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni mumkin qadar keng yo’lga qo’yish, ularga tayanib ishlashning yangi imkoniyatlarini yaratish uchun hech narsani ayamaymiz. Biz bu yo’ldagi hozircha mavjud bo’lgan to’siqlarni bartaraf etish kerakligini ham yaxshi tushunamiz”,- dedi. Ushbu sohada jumhuriyatimizning 1991 yil sentyabrdan Mustaqil jumhuriyat deb e’lon qilinganligi, istiqlol munosabati bilan xorijdagi o’zbek vatandoshlarning O’zbekistonga munosabatining ijobiy o’zgarishi, hamda 24 sentyabrda AQSh lik vatandoshimiz Abdurauf Maqsudiy tashabbusi bilan tuzilgan “El” xalqaro uyushmasi tashkilotchiligida Jahon o’zbeklarining (turkistonliklarning) birinchi Toshkent xalqaro uchrashuvi kabilar xorijdagi o’zbek vatandoshlarni O’zbekiston o’zbeklari bilan yaqinlashtirishda muhim bo’ldi. Maxsus kursni o’tishda xalqaro anjumanlar, ularning natijalari asosida fikrlar bildirildi. Istiqlol yillarida minglab o’zbeklar O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar hayoti, turmushi va ular bilan jumhuriyatimizdagi o’zbeklarning aloqalari masalasi keyingi yillarda davriy matbuotda keng yoritila boshlandi. Jumhuriyat hududida nashr qilinadigan jurnal va gazetalarda bu haqda maxsus maqolalar, sayyohlar xotirasini yorituvchi xabarlar, muxbirlar bilan o’zbek vatandoshlari suhbatlari “sayohatnoma” xarakteridagi materiallar e’lon qilina boshlandi. Bu sohada O’zbekiston yoshlarining “Yoshlik” hamda yangidan nashr qilinayotgan “Muloqot” kabi jurnallarning roli katta bo’ldi. Sho’ro davrida boshlangan qayta qurish keyinchalik istiqlol tufayli bu mavzuga qiziqish kuchaydi. Davriy matbuotda ushbu sohada e’lon qilinayotgan maqola va xabarlar aynan xorijdagi o’zbek vatandoshlar, ularning ayrim vakillari bilan shaxsiy suhbat, uchrashuvlar asosidadir.
Bu sohada “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” (Ushbu gazetada 1991 yildan “o’zbeklar va dunyo” degan maxsus rubrika bo’lib, unda xorijdagi o’zbeklar bilan munosabatlarga ham alohida o’rin beriladi). “Xalq so’zi” hamda jumhuriyatimizdagi va viloyatlardagi turli gazetalarning roli kattadir. Biz yuqorida qayd qilgan jurnal va gazeta manbalari orqali xorijdagi o’zbek vatandoshlar hayotini ayrim regionlarda yashayotgan o’zbeklarning kasb - korlari, etnik xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar, ular bilan jumhuriyat jamoatchiligi aloqalari masalalarini kengroq va to’laroq yoritishda O’zbekiston jumhuriyati Markaziy Davlat arxivi ham, shaxsiy suhbat materiallari ham muhim ahamiyatga ega.
1990 yillarda o’zbek – muhojirligi tarixi bilan bog’liq o’nlab maqola va kitoblar ham nashr qilindi. Ushbu materiallar ham maxsus kursni mazmunli o’tmishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda esa ayrim mamlakatlarda istiqomat qilayotgan o’zbeklar haqida kitoblar yaratilayapti.



Yüklə 115,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin