QADIMGI GRETSIYA. Buxgalteriya hisobining keyingi rivojlanishi shaxsiy xo’jalik va shaxsiy mulkdorlikni shakllanishi bilan bog’likdir. Quldorlik jamiyati bag’rida kapitalizmning tarixiy birinchi shakllari savdo va sudxo’rlik paydo bo’ldi va rivojlanib bordi. Bular mehnatning yana bir yirik uchinchi taqsimoti, ya’ni yirik savdogarlarning ajrab chiqishiga imkoniyat yaratdi. Kishilik jamiyati rivojlanishining bu bosqichida savdo va sudxo’rlik operatsiyalarini yuritish haqida qandaydir miqdorda yozma manbaalar yozib qoldirilgan. Antik dunyodagi Delos oroliga joylashgan ibodatxonaning pul-kredit tashkiloti bo’lganligi buning yorqin dalili bo’lib xizmat qiladi. Unda pul va tovarlarni qarzga berilar edi. Huddi shu orolda eng yirik qul bozorlaridan biri joylashgan bo’lib, bu yerda har kuni o’n minglab qo’llarning savdosi amalga oshirilgan.
Umuman olganda, quldorlik tuzumi bosqichida savdo va sudxo’rlik faoliyatiga oid yozma dalillar topilgan. Bundan o’sha vaqtlarda buxgalteriya hisobi amaliy xarakterga ega ekanligi haqida hulosa chiqarish mumkin.
Qadimiy Gretsiyada metall pullarni paydo bo’lishi, iqtisodiyotning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. O’z ahamiyatiga ko’ra uni sannoq va yozuvni paydo bo’lishi bilan tenglashtirish mumkin. Pul sifatida tangalarga qadar turli ob’ektlardan, xususan, chig’anoq hayvonlar, quyma metallar, tuz, qalampir. Jun matolardan foydalanishgan. Mana shundan keyin hisobning yanada takomillashishiga yangi imkoniyatlar ochildi. Faqatgina kafolatlangan qiymatga ega bo’lgan tangalargina almashtirishda umumiy ekvivalent (o’rindosh) va buxgalteriya hisobi qiymat o’lchov birliklari bo’lib kirdi. Bu holat o’z davri uchun mustaxkam kursdagi pullar natural hisobdan umumlashgan qiymati hisobiga keskin burilish yaratgan edi. Boshqacha qilib aytganda, biz qadimgi Gretsiya va uning bankirlaridan hozirgi analitik va sintetik hisoblarni yaratib ketganlari uchun katta qarzdormiz. Barcha grek shaharlari o’zlarining tangalariga ega bo’lib, bu bir qancha qiynchiliklar tug’dirar edi. Polislar, ya’ni shaharlar o’zaro savdolashardilar, savdogarlar u bir joydan boshqa joyga borganlarida bu pullarini boshqasiga almashtirar edilar. Pulni almashtirib beruvchi xuddi shunday odamlar bankirlarni shakllantirdi. Dastlab u oddiy almashtiruvchi edi. Pul almashtiruvchi (grekchasiga trapeza) stolda eng gavjum joyda o’tirardi. Тangalarni tekshirardi va ularni pullarining kursiga (to’loviga) qarab almashtirardi. Bu ish (allacha) amalga oshirilardi Ularni trapezitalar deb atardilar (tarjimasi: stolda o’tirgan odamlar).
Eramizdan avval 4 asrgacha Afinada 23 trapezita, butun Gretsiyada 33 ta trapezalar mavjud edi. Тrapezitalar pul almashtirishni amalga oshirib yurishib, bo’sh pul mablag’larini o’zida tezda to’plab oldilar. IV asr oxiriga kelib trapezalar banklarga, trapezitalar (qarz beruvchi) e’tiborli kreditorga aylandilar.
Birinchi bankirlar qullar nasabiga mansubdir. Bank-trapezalar faoliyatiga o’ziga pul qo’yish, qarzlar berish va an’anaviy almashtirish, pul maydalash operatsiyalari operatsiyalari kirar edi. Eng murakkab faoliyat turi qarzlar berish Bilan bog’liq edi. Garovdagi narsaning bozor narxini aniqlash kerak bo’lib, qarz mablag’larni qaytirishning tavakkalchilik darajasi qarzga berilgan mablag’ uchun to’lanadigan foiz me’yorini o’rnatish zarur edi. Bank buxgalteriyasining asosiy yutug’i pulsiz xisob-kitob hisobi edi, ya’ni mijozlarining mablag’larini ularni hisoblariga o’tkazib qo’yish edi. Тo’lov yoki pul o’tkazish pul to’lash to’lov topshiriqnomasi bilan xujjatlashtirilar edi. Buni diagrafe (diagraphe) deb atashardi. Pulsiz hisob-kitoblar hisobi pul qo’yayotgan shaxsening yozuvi, mablag’ summasi, uchinchi shaxslar (oluvchi) ni qamrab olgan. Bu so’zlar qadimgi grek arboblari va hammasidan ham Demosfen va Isokratdan ma’lum. Bankirlar hisob yozuvlarini faqat o’zlari olib borishgan hech kimga ishonishmagan. Ularga hisob qoidalarini yangidan ixtiro qilishga to’g’ri keldi. Binobarin, Qadimiy Sharkda ko’pgina usullar ko’llanilgandi, ammo bu sivilizatsiya bu davrga kelib xalok bo’lgandi.
Qadimiy Gretsiyada hisob olib borilganligi haqida ko’pgina manbalar topilgan. 1975 yilda buxgalteriya hisobi tarixi uchun juda muhim bo’lgan bir hujjatnashr etilgan. Uni 1971-1972 yillari Qadimgi Misr poytaxti Memfisni kovlash ishlari olib borilayotganda topdilar. Хisob-kitob mato parchasiga grekcha yozilgan bo’lib, u (13 x 11,3 sm) u eramizdan avvalgi 4 asrga tegishlidir. Bu xujjatda bir guruh greklarning Misr bo’ylab qilgan sayoxatidagi xarajatlari aks ettirilgan.
Afinada mahsus nazoratchi va amaldorlar bo’lib, ularni vazifasiga davlatni kirim va chiqimlari haqida hisobot tayyorlash kirardi.
Moliyaviy hisob va nazorat aholi tomonidan saylangan o’nlarcha odamlarni qo’lida turardi, ularni vazifasiga davlatni barcha kirim va chiqim hisoblari, cherkovlarning mol-mulk hisobi, ko’chadigan va ko’chmas mol mulklarni hisobga olish kirardi. Davlat xo’jaligida naqd pulning tushumi va tarqatish holatlaridan tashqari bu yerda to’lovlarni hisobga olish va to’lovlarni boshqa kassalarga o’tkazish usullari bilan pullar saqlanardi. Хarajatlar qandayligini ifodalash uchun alohida ko’zalar ishlatilib, ularga esa xarfli indeks (ko’rsatkichlari) ishlatilar edi. Qandaydir chiqimlarga esa ajratilgan ko’zalardan pullar olinardi. Qizig’i shu ediki g’aznaning kalitlari bir odamda, xujjatlar saqlanadigan xonaning kaliti esa boshqa bir odamda bo’lib ulardagi kalitlarni almashtirish ta’qiqlanardi.
Qayd etib o’tganimizdek shaxsiy korxonalardan birinchi bo’lib banklar ajrab chiqdi. Bu yerda pul xarakatini birinchi hujjatlari rasmiylashtirilardi. Ular yilma- yil tartibida jurnal (Efemerida ) ga yozilardi. Yozuv vaqti, pul oluvchining to’lov sababi, shaxsning ismi, bank oluvchini qaysi buyrug’iga asoslanib pul berdi va to’lov summalari kiritilardi. Bank xo’jaligidagi tartiblii yozuvlar faqat biror-bir hisob kitob holatini aniqlash zarur bo’lgandagina ko’rib chiqilardi. Jurnal ikki xil tamoyilda yuritilardi: biri kirimlar uchun, ikkinchisi chiqimlar uchun edi. Shunday xujjatlar borki unda quldor ustaxonasining (aktiv balansi) kirim-chiqim majmui ko’rsatilar edi.
1. O’zgaruvchan mulk 3 talant 56 ming
2. Qullar (52 odam) 2 talant 50 ming
3. Har xil qimmat- liklar 3 talant 56 ming
4. IG’Ch ga hom ashyo 2 talant 30 ming
5. Qarz 30 ming
JAMI 12 talant 46 ming
(1-talant -60 ming -25,5 kg . 1 ming -425 gr.)
O’tkazilgan kirim chiqim majmui (aktiv balans) xo’jalik faoliyatini har tomonlama tahlil qilishga imkon bermaydi, chunki istemolchi qismi ishlab chiqarish bilan bog’langan. Muhimi shuki, Gretsiya buyuk faylasuflari hisobga katta ahamiyat berishgan. Ularning yozganlaridan shuni qayd etamizki, xatto Aristotel ham hisobning vazifasi ko’p ekanligi va u nazoratning bir turi ekanligini ta’kidlagan. Bu o’z davri uchun yangicha qarash edi. Тaftish buxgalteriya hisobi bilan teng huquqli va unga karashi emas.
Dostları ilə paylaş: |