16.3. Bug’ turbinasidagi isroflar Ikki xil ichki va tashqi isroflar bo’ladi. Ichki isroflarga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) Soplo va ish kuraklari devorlariga bug’ oqimining ishqalanishi, uyurmalar hosil bo’lishi natijasida oqimning kinetikk energiyasi isrofi. Ishqalanishsiz oqimga nisbatan bu energiya jarayon oxirida Issiqlik energiyasiga aylanib ish bug’i Entalьpiyasini ortiradi;
b) Ish kuraklari va turbina tanasining ichki devorlari hamda diafragma va val oralig’idagi tirqishlaridan ish bug’ining oqib o’tishi hisobiga bo’ladigan isroflar;
g) Bug’ning namligi hisobiga, turbinaning oxirgi bosqichida suv tomchilari kuraklarga urilib; rotorning aylanishiga qarshilik ko’rsatishi natijasida paydo bo’ladigan isroflar.
Tashqi isroflarga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) turbina tanasining ikki elkasida, ya’ni val tayanadigan nuqtalarida mavjud bo’lgan tirqishlardan ish bug’ining sirqib chiqqan bug’ turbina ko’rsatkichlariga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatmasada, bug’ning sarfini orttiradi;
b) Turbina rotori elkalaridagi podshipniklardagi ishqalanishni engishga va yordamchi mexanizmlarni yuritishga sarflanadigan energiya hisobiga bo’ladigan mexaniq isroflar.
16.4. Bug’ turbinasining F.I.K. , sarfi quvvati Issiqlik dvigatellaridan bug’ turbinasi ishi ham kuraklarda uyg’otilgan indikator (ichki) va rotor valida hosil bo’lgan effektiv quvvatlar orqali ifodalanadi. Ma’lumki, turbinaning effektiv quvvati Nef, uning indikatori Ni quvvatidan mexaniq isroflar qiymati kattaligigaa kichik bo’ladi.
Indikator (ichki) quvvati esa isrofsiz ishlaydigan turbina quvvatidan ichki isroflar qiymati kattaligiga kichik bo’ladi.
Bug’ turbinasi nisbiy indikator FIK ni, uning ichki isroflari hisobiga olinganda, quyidagicha ifodalash mumkin:
(16.1)
Xuddi shunga o’xshash mexaniq isroflar ham hisobga olinadigan mexaniq, ya’ni turbina validagii (effektiv) quvvatni ichki quvvatga nisbati bilan o’lchanadigan F.I.K. quyidagicha ifodalanadi:
(16.2)
Zamonaviy bug’ turbinalarining ηi va ηmex mos ravishda 0,7-0,88 va 0,99-0,995 atrofida bo’ladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarishda elektr, Issiqlik energiyalarining qo’llanilishi kun sayin ortib bormoqda chunki mukammalashgan texnologik uslublarsiz takomillashgan sanoat ishlab chiqarishni tasavvur etish qiyin.
Demak, bug’ turbinalarini ko’rish va ularning eng qulay konstruksiyalarini quvvati bo’yicha tanlash dolzarb masalalardan biri bo’lishiga asosiy sabab, bu Issiqlik mashinalarini ishlatish oson, katta quvvatlarni olish mumkin hamda ekologik jihatdan toza hisoblanadi. Zamonaviy bug’ turbinalarining past quvvatlilarini ko’rish har tomonlama maqsadga muvofiq emas. SHuning uchun katta quvvatdagi ko’p bosqichli bug’ turbinalari ko’riladi. Bug’ turbina va qozon qurilmasi bloklari sistemasining iqtisodiy samaradorligini orttirishda quvvati 300 MVT dan ortiq bo’lgan bug’ turbinalarni ko’rish texnik jihatdan maqsadga muvofiqdir. SHu sababli, hozirgi vaqtda quvvati 300, 500, 800, 1200 MVT bo’lgan turbinalar ko’rilmokda. Bunday quvvatdagi turbinalarga uzatiladigan ish bug’i temperaturasi Tq 800-850 K, bosimi Rq23,5-25,5 MPa bo’ladi. Ish bajarib bo’lgan bug’ temperaturasi 300- 400 K, bosimi 3-7kPa atrofida bo’ladi.