Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə20/25
tarix23.10.2017
ölçüsü1,67 Mb.
#11695
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

Yagona yer solig’i bo’yicha Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo’jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish ob’ektidir, soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizning barcha viloyatlarida yerni normativ qiymati bo’yicha yagona yer solig’iga tortish amalga oshirilmoqda.


Soliq kodeksiga asosan ushbu soliq turi bo’yicha ham kalendar yil soliq davri hisoblanadi.Soliq summasi soliq solinadigan bazaga qarab yagona yer solig’i yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan e’tiboran to’lanadi. Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan e’tiboran to’xtatiladi (kamaytiriladi).

Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, shuningdek yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to’lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.

14-chizma



Yagona yer solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi


O’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jalik mahsulotlarini

ishlab chiqarish va qayta ishlash to’g’risida

MA’LUMOТ


Yagona yer solig’i to’lovchi to’g’risida

MA’LUMOТ


Soliq to’lovchining yer uchastkalari to’g’risida

MA’LUMOТ



Joriy soliq davrining 1 yanvardagi holati bo’yicha yagona yer solig’i

HISOB-KIТOBI



ilova.

Soliq solinmaydigan yerlar


Yagona yer solig’i bo’yicha:

soliq hisoboti shakllari 14-ilovaga asosan o’zgarishsiz qoldirilgan.

shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktabrdagi PF-4478-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi 369-sonli qarorlariga asosan fermer xo’jaliklari tomonidan Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga 2,5% ajratmalar to’lashni nazarda tutuvchi norma o’z kuchini yo’qotganligi sababli hisob-kitobda izoh olib tashlandi.

Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi:

D-t 9810-"Foydadan hisoblangan va to’langan soliqlar" schyoti;

K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorliq" schyoti;

Bu soliq byudjetga o’tkazilganda:

D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti;

K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.

3.Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi va hisoboti.

Qat’iy belgilangan soliq Soliq kodeksining 58-bobi bilan tartibga solinadi.



Soliqni to’lovchilar bo’lib quyidagilar;

- Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

- yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Soliq solinadigan faoliyat turlarining ro’yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq to’lovchilar faoliyatning Soliq to’lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas.

Soliq to’lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan soliqlarni to’lashlari shart.

Asosiy faoliyat turi bo’yicha Soliqni to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksining 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq to’lovi joriy etiladi.

Soliq kodeksi 370-moddasida ko’rsatilgan, faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Soliq kodeksining 372 va 373-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliqni to’laydi.
1-MISOL. Korxonaning asosiy faoliyat turi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash (Тoshkent sh.). Asosiy faoliyat turidan tashqari, ilgari foydalanishda bo’lgan yumshoq mebelni sotishdan (200 ming so’m) va bo’sh joyni ijaraga berishdan daromad olingan.

Korxona MCHJning ta’sischilaridan biri ham hisoblanadi. Yil yakunlari bo’yicha unga 7 200 ming so’m miqdorida dividend hisoblangan.

Korxona asosiy faoliyat turi bo’yicha (avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash) har oyda quyidagilarni to’lab boradi:

- egallagan yer maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan soliq*;

- Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo’yicha pulli xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im, u joylardagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan o’rnatiladi (O’zR Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan chegaralangan stavkalardan oshmagan miqdorda**).

Dividenddan soliq to’lov manbaida ushlab qolinadi va u 720 (7 200 x 10%***) ming so’mni tashkil qiladi. Korxona dividend shaklidagi daromadni dividend solig’ini chegirib qolgan holda korxonaga 6 480 (7 200 - 720) ming so’mni o’tkazib beradi.

Mol-mulkni ijaraga berish faoliyati boshqa faoliyat turi hisoblanib, bu bo’yicha alohida hisob yuritish va soliqlarni umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibda to’lash kerak bo’ladi (Soliq kodeksi, 371-modda). Agar korxona ishchilar soni bo’yicha kichik korxona va mikrofirma hisoblansa, soliq solish tizimini tanlash huquqiga egadir. Agar yirik korxona hisoblansa, soliqlarni (foyda solig’i, QQS va boshqalar) umumbelgilangan tartibda to’lashi kerak.

Ilgari foydalanishda bo’lgan yumshoq mebelni sotishdan olingan daromad (200 ming so’m) Soliq kodeksining 132-moddasiga asosan boshqa daromad hisoblanib, unga soliq solinmaydi (Soliq kodeksi 371-moddaning 4-qismi).

Soliqni hisoblab chiqarish yangi shakllarda kuyidagicha belgilangan.

15-chizma

Qat’iy belgilangan soliq bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi


Faoliyatini vaqtinchalik to’xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor to’g’risida

M A ‘ L U M O Т L A R



Faoliyatini qaytadan boshlagan yakka tartibdagi tadbirkor to’g’risida

M A ‘ L U M O Т L A R



Faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanuvchi qat’iy belgilangan soliq to’lovchi - yuridik shaxs to’g’risida ma’lumotlar

Yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi

Soliqni to’lash:

yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;

yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - Soliq kodeksi 375-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.


2-MISOL. Yakka tartibdagi tadbirkorning zalida 10 ta o’yin avtomati mavjud. 2012 yilning yanvar oyi uchun Soliq qanday hisoblanadi?

Har bir dastgoh soliq solish ob’ekti hisoblanadi va ushbu holatda u 10 taga teng, ya’ni 10 ta o’yin avtomati mavjud.

Soliq turi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Qs = Fk x S

Bu yerda,

Qs - Soliq summasi;

Fk - fizik ko’rsatkich (maydondagi uskunalar soni);

S - Soliq stavkasi.

Unda Тoshkent shahri uchun oyiga har bir o’yin avtomatiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan.

Ushbu holda soliqning yanvar oyi uchun to’lanishi kerak bo’lgan summasi (EKIH miqdori 62 920 so’m) quyidagicha bo’ladi:

62 920 x 3 x 10 = 1 887 600 so’m



Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi. Soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, Soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.

Faoliyatning bir necha turi bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchilar soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo’yicha alohida-alohida to’laydilar.

Soliqni hisoblab chiqarish soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.


  1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi deganda nima tushuniladi?

  2. Yagona soliq to’lovi to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi?

  3. Yagona soliq to’lovi kimlarga tadbiq etilmaydi?

  4. Yagona soliq to’lovining soliq solish bazasi qanday aniqlanadi?

  5. Qanday holatlarda yalpi tushumga tuzatishlar kiritiladi?

  6. Yagona soliq to’lovining hisob kitobi qanday amalga oshiriladi?

  7. Yagona yer solig’i to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi?

  8. Yagona yer solig’i to’lovchilari qanday holatda alohida hisob yuritishi shart bo’ladi?

  9. Yagona yer solig’i bo’yicha hisob kitoblarni taqdim etish tartibi qanday?

  10. Kimlar qat’iy belgilangan soliq to’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting?


7-MAVZU: BYuDJEТDAN ТASHQARI MAQSADLI JAMG’ARMALARGA MAJBURIY ТO’LOVLAR HISOBI VA HISOBOТI.
REJA:

  1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari hisobi va hisoboti.

  2. Yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug’urtasi xarajatlari bo’yicha to’lovlar hisobi va hisoboti.

  3. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar sof tushumidan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar hisobi va hisoboti.

  4. Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori hisobi va hisoboti.

  5. Mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari hisobi va hisoboti.

  6. Kichik biznes korxonalari tomonidan O’zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasi majburiy to’lov hisobi.

Тayanch so’zlar:

(Jamg’arma, iqtisodiy jamg’arma, ijtioiy jamg’arma, byudjet, maqsadli jamg’armalar, majburiy ajratma, sug’urta, sug’urta badali, yig’im, yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori,mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari,soddalashtirilgan hisobot, soliq hisobi, soliq hisoboti)

  1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari hisobi va hisoboti.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin