Misol. Hisobot davrida korxonada qazib olingan ko’mir hajmi 2000 ming so’mni tashkil etadi, soliq stavkasi 3,8%.
Soliq summasi 2000 ming so’m x 3,8% = 76 ming so’mni tashkil etadi.
Hisoblab chiqilgan soliq summasi har oyda 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debeti va 6410- "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyotining kreditida aks ettiriladi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti - 76000 so’m;
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so’m.
Ushbu soliq byudjetga to’langanda:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so’m;
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 76000 so’m.
4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi va hisoboti.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ekti va bazasi, soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi masalalari Soliq kodeksining Х bo’limi bilan tartibga solinadi.
Soliq to’lovchilar - Suv solig’i to’lovchilari O’zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o’z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv solig’ini to’lovchidir.
Soliq solish ob’ekti - Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir. Suv resurslarining yer usti manbalariga daryolar, ko’llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari kiradi.
Artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar esa suv resurslarining yer osti manbalariga kiradi.
Soliq solinadigan baza - Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.
Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o’lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv ob’ektlaridan, suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug’orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to’g’riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to’lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog’iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq to’lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Soliq to’lovchi issiq suv hamda bug’ hosil qilinishi bo’yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o’zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzgan soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to’lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko’rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to’lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv solig’ini to’lamaydi. Тa’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo’lsa, aynan ular suv solig’ini to’lashadi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv solig’ini to’laydi.
Yagona yer solig’i to’lovchilari bo’lmagan qishloq xo’jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug’oriladigan yerlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvning butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun soliq solinadigan baza soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Kalendar yil soliq davri bo’lib, hisobot davri quyidagilardir:
suv solig’ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko’pni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) uchun - bir oy;
suv solig’ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - yil choragi;
qishloq xo’jaligi korxonalari va yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun - kalendar yil.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Suv solig’i summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun suv solig’i summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
MISOL. Suv o’lchagich uskunasining ko’rsatkichi bo’yicha korxona vodoprovod tarmoqlaridan 290 kub metr suv iste’mol qilgan.
Vodoprovod tarmog’iga yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to’g’risidagi ma’lumotlarni suv yetkazib beruvchilar aniqlab beradi. Yil uchun sarflangan suv hajmining nisbati quyidagicha hisoblanadi:
yer usti manbalaridan - 81,7%;
yer osti manbalaridan - 18,3%.
Mos ravishda, korxona tomonidan 1-chorakda iste’mol qilingan 290 kub metr suv hajmining 236,93 kub metri (290 x 81,7%) yer usti manbalari, 53,07 kub metri (290 x 18,3%) yer osti manbalari ulushiga to’g’ri keladi.
Suv solig’i stavkalari yer usti manbalaridan 1 kub metr uchun - 37,9 so’m, yer osti manbalaridan 1 kub metr uchun - 29,8 so’m etib belgilangan.
Shundan kelib chiqib, 1-chorak uchun hisoblangan soliq summasi 9 071,87 so’mni (53,07 x 37,9 + 236,93 x 29,8) tashkil etadi.
6-chizma
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi
________ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash bo’yicha
MA’LUMOТNOMA
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchi to’g’risida
MA’LUMOТ
|
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq to’lovchi to’g’risidagi
MA’LUMOТLAR
(faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to’ldiriladi)
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
HISOB-KIТOBI
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda
soliq solinadigan bazadan kamaytiriladigan suv hajmlari
|
Dostları ilə paylaş: |