Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari hisobi va hisoboti



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə24/25
tarix23.10.2017
ölçüsü1,67 Mb.
#11695
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

5. Mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari hisobi va hisoboti
2010 yil 28 dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 2173 - son bilan O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining "Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida"gi buyrug’i ro’yxatdan o’tkazildi.

2173 - son Nizom Prezidentning "O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida" qarorini (2010 yil 24 dekabrdagi PQ - 1449 - son) ijro etish maqsadida ishlab chiqildi. Unda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasida mazkur hujjat bilan nazarda tutilgan mehnat sarfi me’yorlaridan kelib chiqib xodimlar sonining eng kam me’yorlari belgilangan. Bunda ma’muriy va texnik funksiyalarni bajarish ehtiyojlaridan kelib chiqib korxonada belgilangan shtat jadvalida nazarda tutilgan ma’muriy, texnik va yordamchi xodimlar esa xodimlar sonining eng kam me’yori tarkibiga kirmaydi.

Mehnat qonunchiligi me’yorlariga muvofiq xodim ish vaqti bir haftada 40 soatdan oshmasligi kerak.

Bir sutkada 12 soat va bir haftada 6 kun (haftasiga jami 72 soat) ishlaydigan chakana savdo korxonalari uchun asosiy xodimlar sonining eng kam me’yorlari savdo maydonining hajmiga qarab belgilanadi. Masalan, chakana savdo korxonasi savdo maydoni 60 kv.m bo’lgan bitta turg’un savdo shoxobchasiga ega bo’lsa, uning asosiy xodimlari (sotuvchilari) soni shaharda kamida 4 nafar, qishloq joylarda - 3 nafar kishidan iborat bo’lishi kerak.

Agar korxona haftasiga 72 soatdan ko’p, masalan, 105 soat (dam olish kunlarisiz har kuni 15 soatdan - ertalab soat 8 dan kechqurun 11 gacha) ishlasa, u holda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yoriga oshiruvchi koeffitsiyent qo’llaniladi. Bunda koeffitsiyentning miqdori amaldagi ish vaqtining me’yoriy ish vaqtiga nisbati sifatida aniqlanadi. Ushbu misolda mazkur koeffitsiyent 1,46 ga (105/72) teng. Shunday qilib, bunday savdo shoxobchasi asosiy xodimlarining me’yoriy soni:

shaharlarda - 5,8 kishiga (4 x 1,46);

qishloq joylarda - 4,4 kishiga (3 x 1,46) teng.

Agar chakana savdo korxonasi bir haftada 72 soatdan kam, masalan, 60 soat (10 soatdan 6 kun) ishlasa, asosiy xodimlar soniga 0,83 (60/72) kamaytiruvchi koeffitsiyenti qo’llaniladi (u 0,8 dan kam bo’lmasligi kerak).

Ushbu savdo shoxobchasi asosiy xodimlarining me’yoriy soni:

shaharlarda - 3,3 kishiga (4 x 0,83);

qishloq joylarda - 2,5 kishiga (3 x 0,83) teng.

Chakana savdo korxonalarida mehnatga haq to’lashning eng kam jamg’armasini hisoblab chiqarishda uning barcha xodimlari soni (asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori + ma’muriy va texnik xodimlar soni) hisobga olinadi.

Qayd etib o’tilganidek, chakana savdo korxonalari o’z ma’muriy va texnik xodimlarining sonini o’rindoshlikni hisobga olib, ma’muriy va texnik funksiyalarga bo’lgan ehtiyojlardan kelib chiqib mustaqil ravishda belgilaydilar. 2173 - son Nizomning 3 - ilovasida Chakana savdo korxonalarida xizmatchi va ishchi kasblarning tavsiya etilgan ro’yxati nazarda tutilgan. 5 - ilovada esa ular uchun Yagona tarif setkasi bo’yicha ishning o’rtacha razryadi - 3 belgilangan.

Agar rahbar ma’muriy funksiyalar bilan birgalikda asosiy xodimning vazifalarini ham bajarsa, u holda rahbar asosiy xodimlar sonida hisobga olinadi.

Mehnatga haq to’lashning eng kam jamg’armasini aniqlash uchun 2173 - son Nizomning 4 - ilovasida keltirilgan formuladan foydalaniladi:
MHТFmin = ХS x Тk x EKIH, bunda:
MHТFmin - mehnatga haq to’lash jamg’armasining oylik eng kam me’yori;

ХS - korxonadagi xodimlar soni;

Тk - hisoblangan tarif koeffitsiyenti;

EKIH - belgilangan ish haqining eng kam miqdori.

Yuqorida keltirilgan misolga qaytamiz. Savdo zalining maydoni - 60 kv.m, ma’muriy xodimlar - 2 kishi (direktor va bosh buxgalter). Ish rejimi - bir haftada 105 soat (oshiruvchi koeffitsiyent - 1,46). Yagona tarif setkasi bo’yicha koeffitsiyent 2,998 ga teng (ish razryadi 3).

Shaharlarda:

MHТFmin = (4 x 1,46 + 2) x 2,998 x 91 530 = 1650 325 so’m;

qishloq joylarda:

MHТFmin = (3 x 1,46 + 2) x 2,998 x 91 530 = 1750 716 so’m.


Хodimlar soni va MHТFning eng kam me’yorlari. Chakana savdo korxonalariga (asosiy faoliyat turi bo’yicha) xodimlar soni, mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi hamda ushbu eng kam me’yorlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash tartibi (soliqlarni qo’shimcha hisoblash) tatbiq etiladi.

Asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori:

savdo maydonining hajmidan;

savdo shoxobchasi (do’kon)ning joylashgan joyidan;

korxonada belgilangan ish vaqti rejimidan kelib chiqqan holda aniqlanadi (mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining AV tomonidan 28.12.2010 yilda 2173 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan buyrug’i bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarinianiqlash tartibi to’g’risidagi nizomning II bo’limi).

Ommaviy oferta bo’yicha va (yoki) tovarlarning chakana oldi - sotdi shartnomasini amalga oshirish orqali tovarlar sotiladigan, shuningdek xaridorlarga qo’shimcha xizmat ko’rsatish xizmatlari joylashgan peshtaxtalar, stellajlar va savdo zalida o’rnatilgan boshqa jihozlar band etgan maydon savdo maydoni hisoblanadi. Do’konning savdo maydoniga quyidagilar kiritilmaydi: tovarlarni qabul qilish va saqlash uchun, ularni sotishga tayyorlash uchun xonalar, yordamchi, ma’muriy, maishiy va texnik xonalar. Ijaraga berilgan maydonlar ham hisobga olinmaydi.

Savolda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, xodimlar sonining eng kam me’yorini, savdo maydoni ta’rifiga to’g’ri kelmaydigan ombor va boshqa xonalarni hisobga olmasdan, savdo zali maydonidan (155 kv.metr) kelib chiqib aniqlash kerak. Хodimlar sonining eng kam me’yorini hisoblash uchun asos sifatida 2173 - son Nizomga 1 - ilovadagi summar ish rejimi bir haftada 72 soat bo’lgan chakana savdo korxonalari uchun keltirilgan ma’lumotlar qabul qilinadi.

Korxonaning ish vaqti rejimi haftasiga 72 soatdan ortib ketsa, asosiy xodimlar sonining eng kam me’yoriga ko’paytirish koeffitsiyenti, agarda 72 soatdan kam bo’lsa - kamaytirish koeffitsiyenti (kamaytirish koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo’lmasligi kerak) qo’llaniladi. Bunda koeffitsiyentning (ko’paytirish yoki kamaytirish koeffitsiyentining) miqdori korxonada amaldagi ish vaqtini me’yoriy ish vaqtiga (72 soat) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Хodimlar sonining eng kam me’yorlarini aniqlashda hosil bo’lgan kasr sonlar yaxlitlash qoidalariga ko’ra butun songa yaxlitlanadi (2173 - son Nizomning 2 - 1 - bandi).

Bir nechta turg’un savdo shoxobchalariga ega bo’lgan korxonalar xodimlar sonining eng kam me’yorini har bir turg’un savdo shoxobchasi bo’yicha alohida - alohida hisoblaydilar.

Хodimlar sonining eng kam me’yorlaridan mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yori hisob - kitobida foydalaniladi, u chakana savdo korxonalarida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:



MHТFmin (chorak uchun) = KХS x Тk x EKIH x 3,

bu yerda KХS - korxonadagi xodimlar soni. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha yuqorida ko’rsatilgan tartibda hisoblangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori, ma’muriy, texnik xodimlar va boshqa faoliyat turlarida band bo’lgan xodimlar (amaldagi sonidan kelib chiqib) hisobga olinadi;



Тk - hisoblangan tarif koeffitsiyenti, u 2173 - son Nizomga 5 - ilovada belgilangan ishlarning o’rtacha razryadidan kelib chiqib mehnatga haq to’lash bo’yicha Yagona tarif setkasi asosida aniqlanadi (chakana savdoda ishlarning o’rtacha razryadi - 3, binobarin, tarif koeffitsiyenti - 2,998);

EKIH - eng kam ish haqi miqdori.

MHТFning hisoblab chiqarilgan eng kam me’yori Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (DSQ va MVning AV tomonidan 23.02.2011 yilda 2200 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq amalga oshiriladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallarini qo’shimcha hisoblash maqsadida amaldagi MHТF bilan taqqoslanadi.

Agar MHТFning eng kam me’yori amaldagi MHТFdan oshib ketsa, oshib ketgan summaga soliqlar va majburiy to’lovlar to’lovlarning jami stavkasiga ko’paytirish yo’li bilan qo’shimcha hisoblab yoziladi. 2013 yil uchun u 39,%ga teng (8% JSHDSning eng kam stavkasi + 25% YaIТ + 6 % sug’urta badallari).

Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomning (bundan keyin - 2173 - son Nizom) 3 - bandiga muvofiq xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari joriy etilganligini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash maqsadida chakana savdo korxonalariga hisobot choragi yakunlari bo’yicha asosiy faoliyat turi bo’lib chakana savdo hisoblanadigan yuridik shaxslar kiritiladi. 2173 - son Nizomda chakana savdo qiladigan ayrim turdagi korxonalar uchun (shu jumladan dorixonalar uchun ham)hech qanday istisnolar nazarda tutilmagan. Binobarin, chakana savdo korxonalari soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni eng kam me’yorlarni hisobga olgan holda to’lashlari kerak.


MISOL. Angrenda joylashgan qurilish do’konining savdo maydoni 155 kv.metrni tashkil qiladi. Ish vaqti rejimi - haftasiga 54 soat.

Ma’muriy xodimlar - 2 nafar (direktor va buxgalter), texnik xodimlar - 1 nafar (farrosh).

Hisobot choragi (yanvar - mart) uchun amaldagi mehnatga haq to’lash jamg’armasi - 5 320 ming so’m.

Shaharda joylashgan, savdo zali maydoni 155 kv.metr bo’lgan do’kon asosiy xodimlarining eng kam soni - 9 kishi (2173 - son Nizomga 1 - ilova).

Do’kon ish vaqtining rejimi (haftasiga 54 soat) me’yordagidan (72 soat) kam. Shu bois xodimlarning belgilangan eng kam soniga pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,75 (54 / 72) qo’llaniladi. Biroq ushbu koeffitsiyent 0,8 dan kam bo’lishi mumkin emasligi sababli, asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori 0,8 koeffitsiyenti bo’yicha hisoblanadi va 7 kishini (9 x 0,8) tashkil qiladi.

Do’kon bo’yicha MHТFning eng kam me’yorini hisoblab chiqarish uchun xodimlarning umumiy soni 10 kishi (7 + 2 + 1) tashkil qiladi.

Chorak uchun MHТFning eng kam me’yori (MHТFmin) - 8232 208 so’m (10 x 2,998 x 91 530 x 3).

Amaldagi MHТF eng kam miqdordan kam bo’lganligi bois JSHDS, YaIТ va sug’urta badallarini qo’shimcha hisoblab yozish uchun baza aniqlanadi - 2912 208 so’m (8232 208 - 5 320 000).

Chorak uchun qo’shimcha hisoblab yozish summasi 1135 761 so’mni (2912 208 x 39%) tashkil qiladi.

Korxonaning ish rejimi xodimlarning turli toifalari uchun 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasi yoki alohida jadvalni (masalan, 12 yoki 24 soat ishlaydigan navbatchi vaxtyorlar, qorovullar uchun) nazarda tutganda, ba’zan YaIТning eng kam miqdorini hisoblashda xatolarga yo’l qo’yiladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas (Mehnat kodeksining 115 - moddasi). Yagona ijtimoiy to’lovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lov hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (AV tomonidan 2010 yil 13 aprelda 2095 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) muvofiq YaIТ eng kam miqdori har bir xodimga, uning ish rejimidan qat’i nazar, hisoblanadi.


MISOL. Korxona may oyi uchun quyidagi ko’rsatkichlarga ega:


Хodimlarning toifalari


Хodimlar

soni


Ish kunlari

soni


Haqiqatda

ishlangan


Ma’muriy - boshqaruv xodimlari


12

22

250

Asosiy ishchilar


30

27

780

YOrdamchi xodimlar - qorovullar


4

8

32

Jami:


46

57

1 062


Korxona tomonidan YaIТning eng kam miqdori noto’g’ri belgilangan:

1 062/57 x 91 530 = 1705 348 so’m.

Haqiqatda belgilangan ish haftasi va mehnat tartibi qoidalarini hisobga olgan holda YaIТning eng kam miqdori xodimlarning har bir toifasi bo’yicha alohida - alohida hisoblanadi:


Ko’rsatkichlar

Хodimlar

soni


Ish

kunlari

soni


Haqi -

qatda

ishlangan


Mehnat

haqining

eng kam

miqdori


YaIТning

eng kam

miqdori


Ma’muriy - boshqaruv xodimlari


12

22

250

49 735

565 171

Asosiy ishchilar


30

27

780

49 735

1 436 789

YOrdamchi xodimlar - qorovullar


4

8 smena

32 smena

49 735

198 940

Jami:














2 200 900

Hisoblangan summa umuman korxona bo’yicha haqiqatda hisoblab yozilgan YaIТ summasi bilan qiyoslanadi.

Yana bir, ehtimol, eng og’riqli masala - ish haqini rasman qayd etmay, konvertga solib to’lash, va, tegishincha, unga YaIТ, sug’urta badallari va JSHDSni hisoblab yozmaslik.

Sir emaski, o’z xodimlariga ish haqining bir qismini "konvertlar"da to’laydigan firmalar bor. Soliq solishdan qochishning ushbu usuli yangi emas va soliqchilar ish haqi qaydnomalari miqdorini tahlil qilib, chuqur o’rganadilar. Agar ularda ko’rsatilgan raqamlar o’rtacha statistik raqamlarga to’g’ri kelmasa, yashirilgan mablag’lar bor degan xulosa chiqarish uchun asos paydo bo’ladi. Uchta tarmoq uchun 2011 yil 1 yanvardan boshlab xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari joriy etilgan. Ularga:



  • chakana savdo;

  • umumiy ovqatlanish;

  • qurilish sohasidagi korxonalar kiradi.

Ish haqi to’lashning bunday chizmalari aniqlanganda soliq to’lovchi yoki soliq agenti byudjetga to’lanmagan soliqlar, penya, jarimalarni to’lashiga to’g’ri keladi.

Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (bundan keyin - 2200 - son Nizom) MV va DSQ qarori bilan 2012 yil 22 yanvarda kuchga kiradigan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Zero o’tgan yili 2200 - son Nizom joriy qilinishi bilan ko’pgina savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasi tashkilotlari unda nazarda tutilgan tartibning amaliyotda qo’llanilishida muayyan qiyinchiliklarga duch kelganlar. Eng qiyin vaziyat quruvchilarda yuzaga kelgan edi. Ma’lumki, 2200 - son Nizomni qo’llash maqsadida hisobot choragi yakunlari bo’yicha asosiy faoliyat turi qurilish pudrati shartlarida (qurilish) turar joy va fuqaro qurilishi ob’ektlarida qurilish ishlarini bajarish bo’lgan yuridik shaxslar qurilish tashkilotlari deb e’tirof etilgan. Mazkur faoliyatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qurilish tashkilotlari, odatda turli - tuman qurilish, montaj, ishga tushirish - sozlash, ta’mirlash ishlarini bajarib keladilar. Bunda ularning bir turi smetada, bajarilgan ishlar dalolatnomasida ham ta’mirlash, ham qurilish sifatida qayd etilishi mumkin. Shu sababli korxonalar, masalan, faqat ta’mirlash bilan shug’ullanganlarida ularni qurilish korxonalari sirasiga kiritish borasida savollar yuzaga kelardi. Uyali aloqa kompaniyalari uchun antenna o’rnatish yoki quvurlar va boshqa konstruksiyalar yotqizish bilan shug’ullanadigan korxonalarni qaysi toifaga kiritish masalasi ham noaniq edi. Buning ustiga ushbu barcha ishlarga mehnat sarfining smeta normalari mavjud bo’lib, ular qurilish ishlarini bajarish shartnomasi bo’yicha bajarilishi mumkin.

Qurilish tashkilotlarining ta’rifiga kiritilgan o’zgartishlarga binoan bunday tashkilotlarga endi hisobot choragi yakunlari bo’yicha asosiy faoliyat turi quyidagi turdagi qurilish ishlarini bajarish bo’lgan yuridik shaxslar kiradi:

barcha turdagi binolar, sport inshootlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qurilish maydonlaridagi yig’ma qurilish konstruksiyalarini montaj qilish;

bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish maydonini tayyorlash;

har xil turdagi bino va inshootlar uchun umumiy bo’lgan bir yo’nalishga ixtisoslashtirilgan hamda maxsus malaka va asbob - uskunalarni talab qiluvchi qurilish faoliyati (fundament qurish, shu jumladan qoziq qoqish; o’zi ishlab chiqarmagan po’lat konstruksiyalarni montaj qilish; armatura karkaslari elementlarini bukish; g’isht va boshqa toshlarni terish; havozalar va taxtasupalarni, shu jumladan ijaraga olinganlarini o’rnatish va demontaj qilish, o’zi ishlab chiqarmagan fasad karkaslarini montaj qilish va o’rnatish);

bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda muhandislik asbob - uskunalarini o’rnatish;

bino va inshootlarni qurishda ishlov berish va boshqa yakuniy ishlar;

aholi buyurtmalari bo’yicha uy - joylarni (kvartiralarni), shuningdek ishlab chiqarish uchun mo’ljallanmagan bino (xona)larni ta’mirlash.

Qurilish tashkilotlari uchun Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasi to’g’risidagi ma’lumotnoma - hisob - kitob shakliga oylarga bo’lingan ustunlar kiritildi. Shuni yodda tutish lozimki, 2012 yilda 6 kunlik ish haftasida 1 xodimga hisoblangan o’rtacha oylik ish vaqti jamg’armasi 169,5 soatga teng (2011 yildagi 163,1 soat o’rniga).

Yirik o’lchamli buyumlar bilan savdo qiluvchi korxonalar Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasi to’g’risidagi ma’lumotnoma - hisob - kitobni to’ldirishda quyidagi belgiga e’tibor berishlari lozim: "Yirik o’lchamli tovarlarni sotuvchi va ushbu tovarlarni namuna sifatida ko’rgazmaga qo’yuvchi (mebel va avtomoto - transport vositalarini sotish do’konlari, yirik o’lchamli maishiy va boshqa texnikalarni namoyish qilish uchun ko’rgazma maydonlari, savdo zallari, qurilish mollari do’konlari) savdo zali maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo’lgan chakana savdo tashkilotlari savdo zali maydonini 200 kv.metr deb ko’rsatadilar".

Avtomobillarga yoqilg’i quyish stansiyalari (AYOQSH) xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini hisob - kitob qilish uchun endilikda yoqilg’i tarqatish kolonkalari sonini qabul qiladilar. Ma’lumotnoma - hisob - kitobning 010 va 030 - satrlariga ular uchun maxsus kasr chizig’i bilan "YOqilg’i tarqatish kolonkalarining e’lon qilingan soni (dona)" ko’rsatkichi joriy etilgan.

Bundan tashqari, Ma’lumotnoma - hisob - kitobda 080 - satrdagi formuladagi noaniqlik tuzatildi "(060 - satr - 070 - satr)".



Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 2200 - son Nizomga 1b - ilovadagi izoh quyidagicha band bilan to’ldirildi: "50 dan ortiq xizmat ko’rsatiladigan stoli bo’lgan banket zallariga ega restoran va kafelar 50 ta xizmat ko’rsatiladigan stolni ko’rsatadilar". Chakana savdo singari ularning ham 080 - satrdagi hisob - kitob formulasi tuzatildi: "(060 - satr - 070 - satr)".

Savdo korxonalari, Soliq kodeksining (SK) 350, 351 - moddalariga ko’ra, xodimlar sonidan qat’i nazar, yagona soliq to’lovi to’lovchilari hisoblanadilar va soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. Savdo faoliyati deganda qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat tushuniladi (SKning 22 - moddasi).

Yangi tashkil etilgan savdo korxonalari YaSТni davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktabrdan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to’laydi (SKning 352 - moddasi).

YaSТ to’lovchilari uchun quyidagilarni to’lash tartibi saqlanadi:

1) to’lov manbaida ushlanadigan soliqlar (majburiy to’lovlar):

SKning 165 - moddasiga ko’ra to’lov manbaida undiriladigan foyda solig’ini;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va ish beruvchi tomonidan o’z xodimlariga to’lanadigan daromadlardan sug’urta badallarini;

2) SKning 207 - moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bajaradigan ishlar (xizmatlar) bo’yicha QQSni;

3) Bojxona kodeksining 103 - moddasida nazarda tutilgan ro’yxat bo’yicha bojxona to’lovlarini;

4) majburiy to’lovlar va yig’imlar:

yagona ijtimoiy to’lovni;

davlat bojlarini;

ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imni;

avtotransport vositalarini xarid qilganlik va (yoki) vaqtincha olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imni.

Chakana savdo korxonalari xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini hisobga olgan holda YaSТ va soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibida o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Asosiy faoliyat turi chakana savdo bo’lgan korxonalarga (bundan alkogolli va tamaki mahsulotlari, o’simlik moyi, neft mahsulotlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoki ana shunday materiallarni qo’llagan holda yasalgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlar, yangi import avtomobillari va farmatsevtika tovarlarini realizatsiya qiladigan korxonalar mustasno), Yagona soliq to’lovining eng kammiqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat ko’rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to’lovini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (MV va DSQning AV tomonidan 18.08.2010 yilda 2134 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan, bundan keyin - 2134 - son Nizom) muvofiq qat’iy belgilangan soliq tarzida eng kam miqdorni hisobga olgan holda YaSТ to’lash tartibi tatbiq etiladi.

Тo’lanadigan YaSТ summasini aniqlash uchun YaSТning eng kam miqdori, YaSТning hisob - kitob summasi va qo’shimcha hisoblash summasini hisoblash zarur (2134 - son Nizomning 4 - bandi).

YaSТning eng kam miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan, soliq to’lovchining asosiy faoliyat turidan kelib chiqadigan stavka bo’yicha aniqlanadi. U hisobot davri uchun (chorak - mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, oy - qolganlar uchun) o’sib bormaydigan yakun bilan hisoblab chiqariladi. 2012 yilga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari Prezidentning 30.12.2011 yildagi PQ - 1675 - son qaroriga (bundan keyin - PQ - 1675 - son qaror) 11 - ilova bilan belgilangan.

Bir nechta turg’un savdo shoxobchalariga ega bo’lgan savdo korxonalari ularning har biri bo’yicha YaSТning eng kam miqdorini savdo shoxobchasi joylashgan joyda belgilangan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib belgilaydilar.



YaSТning hisob - kitob summasi butun korxona bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qo’llamagan holda hisobot davri uchun soliq solinadigan yalpi tushumni (o’sib bormaydigan yakun bilan aniqlanadi) YaSТning belgilangan stavkasiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi (2012 yilga chakana savdo korxonalari uchun stavkalar PQ - 1675 - son qarorga 9 - 2 - ilovada belgilangan).

Agar YaSТning eng kam miqdori hisob - kitob summasidan ko’p bo’lsa, oshgan summaga YaSТ qo’shimcha hisoblab yoziladi(2134 - son Nizomning 7 - bandi).



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin