«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə52/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Qisqacha xulosalar:

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining "Barkamol avlod orzusi" asarida shunday fikrlar yuritadi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos ananalar, qadriyatlar, urf odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.


Inson hatti-harakati, xulq atvori va faoliyatini talim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa, huquqni muhofaza etuvchi organlar (sud, prokuratura, milisiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.


Mavzu bo’yicha tayanch atamalar:
Ijtimoiy meyor, jinoyatchilik, anomiya, ahloq, meyorlar, qonun, ijtimoiy muhit, hatti-harakat, ijtimoiy hodisa, deviant xulq-atvor, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy og’ishlar, muammoli vaziyat, anomiya.


Nazorat uchun savollar:

  1. Ijtimoiy meyorlar nimalar?

  2. Deviant xulq-atvor nima?

  3. Deviant xulq-atvorning turlari qaysilar?

  4. «Anomiya» atamasini izohlang.

  5. Shaxs xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?

  6. Muammoli vaziyatni tushuntirib bering.

  7. Oilaning ijtimoiy nazoratdagi o’rni.

  8. Ijtimoiy nazoratda mahallaning roli qanday?

  9. Sosial meyor va anomiya deviant xulq-atvor nazariyasining markaziy tushunchasi sifatida.

  10. Sosial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida.

5 – MAVZU. JAMIYAT SOSIAL STRUKTURASI VA STRATIFIKASION JARAYONLAR


REJA:

      1. Sosial struktura tushunchasi va uning ahamiyati

  1. Sosial stratifikasiya

  2. Stratifikasiya tiplari

4. Sosial mobillik

Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz har bir siyosiy tarixiy davrda aholini tabaqalarga bo’lish orqali boshqarish, jamiyat tarkibida sinflar, strata, ijtimoiy guruhlarning bo’lishi kabi ijtimoiy hodisalariga duch kelamiz. Qadimiy Misr va Vavilonda aholi zadogonlar va qullarga, Afina va Rimda fuqarolar va plebeylarga, Hindistonda braxmanlar va xizmatkorlarga ajratilgan. Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholini:


a) urug’ qabilaviy kelib chiqishidan;
b) kasbiy mansubligidan;
v) diniy etiqodiy qarashlaridan;
g) shajaraviy sulolaviy kelib chiqqan holda tasnif etib kelingan.
Turon tarixidan malumki, jamiyatni ana shunday tasnif etish har bir ijtimoiy guruh, strataning ijtimoiy o’rni va rolini obyektiv baholash, ulardan samarali foydalanish, umumdavlat miqyosida ularning murosaviy konsensusini taminlash, siyosiy boshqarish imkonini bergan.
Jamiyatni o’rganish tamoyillari, ijtimoiy iqtisodiy vokelikka yondashuv xususiyatlari doimiy ravishda o’zgarib, takomillashib boradi. Totalitar tuzum davrida ijtimoiy taraqqiyotning bosh sababi sinflararo kurash deb qaralganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy yondashib, bir sinf vakillari bilan ikkinchi sinf vakillari qarashlaridagi tafovutni aniqlash barcha ijtimoiy fanlar xususan Sosiologiyaning ham asosiy ilmiy tadqiqot tamoyillaridan hisoblanib kelingan.
Jamiyatning tinchlik sharoitida mo’tadil va odatiy holatlardan barcha ijtimoiy ziddiyatlarni asosan muayyan sinflar, urug’ va tabaqalar ichidagi qarama-qarshiliklar tarzida namoyon bo’lib keladi. Ijtimoiy guruhlardan tabiiy amal qilish holati bo’lgan ichki, botiniy muammo va ziddiyatlarning sinflararo ziddiyatlarga ko’chishi, yani bir guruh ziddiyatlarning boshqa guruhlar tomonidan o’zlashtirilishi ziddiyatlarning ijtimoiylashuvi umumjamiyat kataklizmiga, sinflararo, davlatlararo urushlarga olib kelgan bunday yondashuv tabiiyki jamiyat ijtimoiy guruhlarning siyosiy- ijtimoiy, mulkiy-manaviy baravarlashtirishga ijtimoiy psixologiya masalasini o’rganishning negizi mazmunidan, yani ichki jihatlaridan tashqi tomonlariga burib to’liq ehtiyoji va zaruratidan kelib chiqqan bo’lib, kishilar tomonidan voqyelik o’zgarishlari mohiyatini bilish milliy o’zlikni anglashga bo’lgan intilishlariga yo’l bermaslikni ifodalar edi.
Bunday yondashuv aholini manaviy zabun qilar, o’z haq-huquqlari uchun kurash, o’zlikni muxofaza etish, o’zgalarga kerakli bo’lishdan ijobiy fazilatlar rivojiga yo’l bermasdan, surbetlik, boqimandalik, yalqovlik, ijtimoiy mulkka nisbatan yulg’ichlik xususiyatlarini tarkib toptirar edi.
Ikkinchi katta ijtimoiy qusur bu ijtimoiy vokelikni idrok etishda induktiv yondashuvni mutloqlashtirishdan iborat edi. Induktiv metod, yani xususda umumning to’la nomoyon bo’lishi g’oyasi har qanday holatda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan katiy nazar amal qilishi mukarrar, deb qarashdan kelib tan olmaslik oqibatida tabiat va jamiyatga o’nglab bo’lmas darajadagi katta zararlar yetkazildi.
Induktiv metodni mutloqlashtirishning manaviy o’z-o’zini anglash borasida juda zararli ekanligi Sharq va G’arb mutafakkirlari Zardo’sht, Lao Szin, Konfusiy, Platon, Aristotel, Siseron, Imom Buxoriy, al-Moturidiy, Forobiy, Beruniy va boshqalar o’z asarlarida asoslab berganlar.
Totalitar tuzum davrida tabiatning noyob istedodlari oyoq osti qilinganligi, hammani barobarlashtirish shiori ostida qarab kelinganligi kishilarni "jamiyatning vintiklari" va ularni istagan paytda birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin deb yondoshish uslubi keng ko’lamda amalda bo’lib keldi.
Ijtimoiy adolatni qaror topshirish tarixi insoniyat tomonidan o’z-o’zini anglash jarayonlari boshlanishi bilan bog’liq. Dunyoni ilk kitoblaridan sanalmish "Avesto"da aholining barcha qatlamlari, qavmlari va guruhlari uchun umumiy turmush tarzi qoidalari tavsif etiladi. Antik dunyo qonunshunosi Solon tomonidan yaratilgan ilk qoidalar majmui ham turli xil ijtimoiy guruhlar o’rta asrda totuvlik va murosa meyorlaridan iboratdir. Stratifikasion tasniflarni o’rganganda, olamni yaxlit bir butunlik tarzida tasavvur etish, yani "Olamiy uyg’unlik" nazariyasiga monandlik jihatlarini ham etiborga olishimiz kerak bo’ladi. Bu nazariya tarafdorlaridan biri Platon olamiy jon olamni ruhlantirib, o’zi sonli nisbatlarga, gormonik tartibga bo’ysunadi deb qaraydi. Platondan farqli, Aristotel tartibsizliklardan vujudga keladigan olamiy uyg’unlikka bir muncha o’ziga xos yondashadi va uni jondagi manba emas balki faqat narsalar tabiatidagi manba deb cheklanadi.
Stratifikasiya Sosiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o’zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikasion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo’lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, malumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko’lamlari va boshqa belgilarga ko’ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko’ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o’rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini takidlaydilar.
Keyingi 20 yilda rivojlangan G’arb, xususan AQShda o’rta tabaqa konsepsiyasini o’rta sinf konsepsiyasi bilan ayni uyg’unlashtirish tendensiyasi yuz bermoqda. O’rta sinf jamiyatni o’ziga xos milliy, irqiy intellektual va moliyaviy tenglik va barqarorlik meyori sifatida o’ziga xos ijtimoiy konsensus vazifasini ham o’tamoqda. Shu boisdan o’rta sinf hissasining ortishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik sharti sifatida ham talqin etilmokda. O’rta sinf vakillari miqdori esa ulardagi ko’chmas mulk hajmi, bankdagi mablag’lari, turli manbalardan olgan foydalari, boshqa daromadlardan davlatga to’lanadigan soliqlari salmog’iga ko’ra yilma-yil aniqlab boriladi. G’arb mamlakatlari turmush tarzini o’ziga xos barometri vazifasini o’tayotgan o’rta sinf fenomeni garchi rivojlangan Yevropa davlatlari uchun ijtimoiy - iqtisodiy qadriyat darajasida kelinayotgan bo’lsa-da, bu qadriyat o’rta sinf vakillarini yuqori va quyi sinf vakillari bilan manaviy yaqinlashtirish imkonini bermadi.
Insoniyatning 5 ming yillik o’tmishi kishilarning xavf umumiy bo’lganda birlashuvlari tarixidan iboratdir. Keng xalq ommasining nechog’lik ko’p miqdori birlashuvi uning xavfga qarshilik salmogini shunchalik oshirib turgan. Ammo xavf tazyiqi susayishi bilan birlashuvlari ham yemirilib borgan.
Insoniyat tarixida stratalar xalqning madaniy takomillashganlik belgilari sifatida ham baholanib kelingan. Xususan, gilamdo’zlar, do’ppido’zlar, temirchilar, bog’bonlar va boshqa kasbiy stratalar muayyan mehnat faoliyati orqali nafaqat o’ziga xos iqtisodiy-ijtimoiy hayot yo’rig’ini amalga oshirganlar, balki o’z qavmlari siru-sinoatlarining o’zgalar mulkiga aylanmasligi erishilgan komillik qadriyatiga putur yetmasligi xususida ham qayg’urganlar.
Xalqimiz o’z stratalarini himoya qilib kelgan, zero, bu himoya nafaqat qavmlar, shakllangan kasb va ijtimoiy guruhlar mavqyeini muhofaza etish shakllarida, balki axloqiy yondashuvlar tizimini turmush tarzi yaxlitligini, xalq urf-odatlari va ananalarini saqlash uchun kurash lavhalarida ham namoyon bo’lib kelgan.
O’zbek xalqi stratalarining tarkibi va tizimi tahlili etnoregional xususiyatlarini ham hisobga oladi. Malumki, o’zbek xalqi tarixan shakllangan 92 urug’-yetnoyelement mahsulidir. Bu etno-tasnif tarkibidagi har bir urug’ alohida stratifikasion tadqiqot talab etuvchi etnik birliklardir. Mazkur urug’larning ijtimoiy-tarixiy o’rni tahlil etilganda uning nafaqat o’zbek xalqi etnogenezisini o’rganishdagi ahamiyati oydinlashadi, balki uning umumturkiy makroyetnosida to’tgan tarixiy o’rni va ijtimoiy mavqyei yuzaga chiqadi.
O’zbekistonda keng tarmoqli yaxlit stratifikasiya tadqiqot ishlarini amalga oshirish zaruriyati va dolzarbligi bugungi kunda o’zbek xalqi milliy o’zligini to’g’ri idrok etish, milliy mentalitet imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanishga yo’l ochadi. Bugungi kunda O’zbekiston ijtimoiy jarayonlar tarkibi va tizimini xarakterlovchi 12 ta stratifikasion tizimlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quyidagilar.
1) Ijtimoiy kasbiy tasnifga ko’ra tiplar.
2) Qavm-sulolaviy asoslarga ko’ra tiplar.
3) Madaniy-yestetik darajalarga ko’ra tiplar.
4) Yosh davrlariga ko’ra tiplar.
5) Etno-hududiy tiplar.
6) Diniy-konfessional tiplar.
7) Partiyaviy-yetiqodiy farqlarga ko’ra tiplar.
8) Urug’-qabilaviy tiplar.
9) Muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korporativ tiplar.
10) Jinsiy tasnifga ko’ra tiplar.
11) Huquqbuzarlikka moyillikka ko’ra tiplar.
12) Madaniy-ramziy intilishlarga, qiziqishlariga ko’ra aholi tiplari.
O’zbekistondagi ijtimoiy stratifikasiya jarayonlarini o’rganishda konkret sosiologik tadqiqot metodlari, xususan, anketa, intervyu test,hujjatlarni o’rganish usullariga real holatlar taqozosi asosida yondashiladi va ular orqali olingan birlamchi malumotlar kontent analiz usulida qayta ishlanadi.
Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarni o’rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-Tadqiqot davomida ijtimoiy stratalarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularning ijtimoiy tarkib va tuzumdagi o’rni va mavqyeini hurmat qilish;
-Stratalar ijtimoiy statikasi va dinamikasi jarayonlarini ilmiy baholashda tizimiy va yaxlit yondashish;
-O’zbekistondagi ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, regional-hududiy xususiyatlarini alohida etiborga olish;
-Ijtimoiy stratalar tarkib topishiga sezilarli tasir o’tkazuvchi siyosiy - iqtisodiy, ijtimoiy, diniy-konfessional, mafkuraviy omillarni o’rganish;
-Ijtimoiy stratalar tasnifini tuzishda siyosiy tahlil usullaridan foydalanish.
Iqtisodiy rivojning zamonaviy, eng ilg’or turiga o’tishga intilayotgan har bir mamlakat ham texnika, ham biznes sohalarida yuksak professional tayyorgalikka ega ijtimoiy qatlamga tayanishi shart. Mazkur ijtimoiy qatlam vakillari o’z professional - malaka tayyorgarlik saviyalariga mutanosib ijtimoiy o’rin egallashga intilishlari shart. Tarixiy taraqqiyot shunday shakllandiki, ilmiy bilimlar va ishbilarmonlik o’zlashmalari asosan g’arbiy davlatlar va Yaponiyada mujassamlashdi. Ularda band aholi tarkibidagi oliy kategoriyali professional ijtimoiy qatlam vakillarining hajmi o’rta va past kategoriya vakillarining ulushidan sezilarli darajada yuqoridir. Bu jarayon o’z yo’nalishda yanada rivojlanib, mazkur davlatlarning eng boy va zamonaviy ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnik tarqqiyotning old qatoridagi xalqaro iqtisodiy o’rnini saqlab turishga zamin yaratmoqda.
Asosan xalq istemoli mollari ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va iqtisodiy xom ashyo yetkazib berishga qaratilagn mamlakatlarda esa ijtimoiy qatlamlashuv tarkibi, asosan, professional ijtimoiy qatlamlarning o’rta va past kategoriya vakillaridan iboratdir. Buning sababi - mazkur davlatlar o’z taraqqiy etgan texnologiyasini yaratishga ko’makdosh firmalar yoki hukumat darajasida ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga ko’makdosh iqtisodiy rag’batlarni taminlash uchun manbalarga ega emas.
Mazkur o’rnashib qolgan tartibni buzib va rivojlanayotgan davlatlarda jamiyat ijtimoiy tarkibida ijobiy o’zgarishga erishibgina emas, balki yuqori va o’rta kategoriyali ijtimoiy qatlamlarni shakllantirib, shart-sharoit yaratishga qaratilgan davlat siyosati hisobiga erishish mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar mehnat faoliyatining murakkab, ilmiy, ijodiy turlarini rivojlantirish uchun kuchli homiylik siyosatini o’tkazishlari kerak. Faqat shunday yondashuv natijasidagina jamiyat ijtimoiy tarkibida progressiv o’zgarishiga erishish va ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda mahalliy ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishda g’arb davlatlari bilan tenglik taminlanishi mumkin.
Dunyoning ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlaridan farqli o’laroq O’zbekitonda bunday ijtimoiy qatlam mavjud. U, ilgari yirik ilmiy muassasalar va boshqaruv organlarida ishlagan hamda o’sha davrning ijtimoiy pog’analarida yetarli darajada yuqori o’rin egallagan yuksak malakali mutaxassislardan tarkib tapgan.
Hozirgi payitda mazkur ijtimoiy qatlam vakillarining sezilarli qismi kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanadi, texnologik zamini ularning professional malakasiga mutanosib bo’lmagan kichik korxonalar va kooperatalar negizida faoliyat yuritadi.
Mazkur ijtimoiy qatlam, iqtisodda ularning ijtimoiy maqomini qayta tiklashga qodir yangi soha yuzaga chiqishi bilan o’zi jamuljam etgan professional - malaka salohiyatini maksimal darajada ishlatishga tayyor turadi.
Stratifikasiya (lot stratum - qatlam va fasio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sosiologik tushunchadir.
Sosial stratifikasiya - sosiologik tushuncha bo’lib, jamiyat va uning ayrim qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi. ¨ki boshqacha aytganda: jamiyatning mulk, maqom va hokimiyat munosabatlaridan kelib chiqadigan tizimi bo’lib, u ijtimoiy rollar va vazifalarni o’zida aks ettiradi. Sosial stratifikasiya jamiyatdagi mehnat taqsimotida turli guruhlarning ijtimoiy differensiasiyasidan (tabaqalanishuvi), shuningdek u yoki bu faoliyatning ahamiyatini va ijtimoiy tengsizlikni qonuniylashtiruvchi qadriyatlar va madaniy namunalar (standartlar) tizimining xususiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy stratifikasiyaning asosiy vazifasi - turli faoliyat xillari uchun rag’batlantiruvchi tizim yordamida ijtimoiy rollarni mos ravishda idrok etish va bajarishni taminlashdir.
Sosial stratifikasiya: malumot, maishiy sharoit, mashg’ulot daromad, ruhiy, din va shu kabi belgilar asosida jamiyat «yuqori», «o’rta» va «quyi» sinflar hamda strat (qatlam)larga (2 dan 6 gacha) bo’linadi. Tengsizlik har qanday jamiyatda bor. Sosial stratifikasiya tizimida kishilarning o’z qobiliyatlari va kuch-g’ayratlariga muvofiq maqomlarni o’zgartirishlari ( Sosial mobillik) esa jamiyatning barqarorligini taminlaydi va sinfiy kurashni «ortiqcha» qilib qo’yadi (Marksistik tadqiqotlar ijtimoiy sinflar nazariyasiga asoslanib kelingan)
Jamiyatning ijtimoiy, tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
1. Sosial stratifikasiya, Sosial mobillik tushunchalari4.
2. Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari.
3. Ijtimoiy-sinfiy munosabatlar.
4. Ijtimoiy demografik munosabatlar.
Jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy guruhlar harakteriga va o’zaro aloqadorligiga bog’liq. Uning harakteriga: oila, maktab, davlat partiyalar, iqtisodiyot, fan, madaniyat, matbuot, sog’liqni saqlash kabi sohalarning rivojlanishi o’zaro mos ravishda bo’ladi. Ana shu guruh munosabatlarida qaysilari peshqadam rol o’ynaydi? Qaysilari asosiy rol, bo’ysunuvchi harakterga ega «O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi», deb Konstitusiyada ko’rsatilgan.
Har bir ijtimoiy guruh, ayrim olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o’z o’rniga ega. Shaxs o’zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, malumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi5.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi - ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o’z mavqyei bilan farq qiluvchi tomonlari majmuidan iborat. Oldingi zamonlarda ham jamiyat turli guruhlardan tashkil topgan. Masalan, Hindistonda jamiyat:
a) yuqori tabaqa – braxmanlar;
b) o’rta tabaqa - kshatriylar (jangchi toifasi)
v) shudralar (qora xalq)dan iborat guruhlargajratilgan. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (yer.avval 4-asr) jamiyat azolarini 3 guruhga ajratgan:
a) faylasuflar (yuqori tabaqa bo’lib, davlatni boshqaruvchi sinf);
b) harbiy jangchilar;
v) qullar - quyi tabaqa;
G’arb sosilogiyasida jamiyat ijtimoiy tarkibi Sosial stratifikasiya tushunchasi asosida o’rganiladi. Demak stratifikasiya G’arb Sosiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifoda qiladi.
Sosial stratifikasiya nazariyasi marksizm Sosiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bo’lib, jamiyatning sinflarga bo’linishining asosiy sababi mulkiy munosabatlardagi holatni tabiiy-tarixiy qonuniyat sifatida qaraydi. Bu sinflarni ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning malumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandlik, daromadi va boshqa xususiyatlar bilan farq qiladi.
AQShlik sosiolog T.Parsons: «Stratifikasiya - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga keltiruvchisi» deb, uni rivojlantirdi.
G’arb mamlakatlari sosiologlari jamiyatni «yuqori», «o’rta», «quyi» sinf va qatlamlardan iborat deb talqin qilishadi. Masalan, g’arbiy Germaniyalik sosiolog R.Darendorf jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilar toifasiga bo’ladi. O’z navbatida boshqaruvchilar toifasi 2 guruhdan: a) mulkdor boshqaruvchilar va b) mulkdor bo’lmagan boshqaruvchilar - mamuriy byurokrat menedjerlardan iborat deydi. Boshqariluvchilar toifasi ham 2 ga: yuqori - «ishchi aristokratiyasi» va quyi - malakasi past darajada bo’lgan ishchilardan iborat bo’lib, boshqaruvchilar va ishchi aristokratiyasining qo’shilishidan shakllanmoq-da, deb fikr bildiradi.
Jamiyat ijtimoiy tarkibi turli ijtimoiy birliklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ham ifodalaydi. Masalan:
- ijtimoiy-sinfiy, guruhlararo (sinflar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamalar);
- ijtimoiy-demografik (yoshlar, o’rta yoshlar, xalqlar);
- ijtimoiy-professional (kasb-korga qarab o’qituvchilar, injener, tibbiyot xodimlari va h.k.);
- ijtimoiy-hududiy (mintaqa, shahar, qishloq, rayon, mahalla, aholisi)
Ijtimoiy o’zgaruvchanlik tushunchasi: Ijtimoiy o’zgaruvchanlik sosiologik tushuncha bo’lib, demografik va ijtimoiy faoliyatlarda qo’llaniladi. Shaxsning bir sinfdan ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o’tishi, jamiyat ijtimoiy tarkibida tutgan o’rnini, o’zgarishini bildiradi.
Shaxs misolida go’dak bola, o’smir, yoshlik, o’rta yoshlik, qarilik. Malumot, olai, hunar o’rganadi, kasb egallaydi. Uning jamiyatda tutgan o’rni o’zgarib boradi. O’quvchi edi, ishchi bo’ldi, yo student bo’ldi, nafaqaxo’r va boshqa.
Jamiyat misolida. Jamiyat asosini tashkil etgan insonlar hayotida ijtimoiy o’zgaruvchanlik jarayoni sodir bo’ladi. Sinflar paydo bo’lishida, sinflarning bir ko’rinishdan ikkinchi bir ko’rinishga o’tishida, jamiyat sinfiy strukturasida, undagi ishlab chiqarish kuchlari joylashishida, taraqqiyotida, fan, texnika, madaniyat, sanat taraqqiyotida o’z aksini topadi. Masalan, qul, krestiyan, ishchi, sovxozchi, pomeshchik, kapitalist, fermer.
Ijtimoiy o’zgaruvchanlik turli ko’rinishlarda sodir bo’ladi yoki Sosial mobillik tushunchasi bilan bog’lik. Kishilarning ijtimoiy pog’onalardan 2 yo’nalishi bo’yicha harakat qilishidir:
1) Vertikal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bu bir ijtimoiy tizimda tutgan o’rni, o’zgarishdir. Masalan, shaxs misolida: o’quvchi, ishchi, xizmatchi, olim, kolxozchi, pensioner va hokazo (Yuqori va past darajaga qarab o’zgarib boradi).
2) Gorizontal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bir ijtimoiy guruq doirasidagi o’zgarishlar yoki ijtimoiy darajadagi o’zgarishlar. Masalan, ishchi 1-5 razryad, aspirant, kandidat, fan doktori, akademik.
Ijtimoiy o’zguruvchanlikning turlari:
1. Reproduktiv. Ishlab chiqarish, tuzilishi, ekologik o’zgarishlar.
2. Statusli - xizmat pog’onasiga ko’tarilish, hayot darajasi va boshqa.
3. Territorial - qishlokdan shaharga ko’chish, ishlab chiqarishni ko’chirish, bir davlatdan ikkinchisiga qo’shish va h.k.
4. Manaviy - manfaatlar, qadriyatlar, fikr, gushunchalar, his-tuyg’ular.
5. Siyosiy (sinfiy struktura), hukmronlik shakli.
6. Ilmiy-texnikaviy va hokazo.
Jamiyat ijtimoiy tarkibining yana bir yo’nalishi – mamlakat xalq xo’jaligida band bo’lgan ijtimoiy guruhlar va tarkibini o’rganishdir. Aholining uy-joy bilan bandligi, maishiy xizmat va boshqa. Talim darajasi, mansab darajasi, ijtimoiy-hududiy yo’nalish va boshqalar.
Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari. Bunda asosiy etibor-mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati va taqsimot munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Taqsimot munosabatlari - hayotiy nematlar yuzasidan itimoiy guruhlar va qatlamalar o’rtasidagi munosabatlardir.
Bozor mutnosabatlariga o’tishning (O’zbekistonda) 5 ta tamoyili bor:
1) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi;
2) davlat bosh islohotchiligi;
3) qonun ustuvorligi;
4) o’tkir ijtimoiy siyosat (shu masalaga taalluqlidir);
5) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.
Kuchli ijtimoiy siyosat prinsiplari esa quyidagilardan iborat:
1) Aholini ish bilan tamin qilish va mehnat bozorini shaklan-tirish.
2) Daromad siyosatini yurgizish: pul daromadlari.
3) Ijtimoiy taminot, ijtimoiy kafolatlar, kam taminlagan-larni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash.
4) Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish.
5) Xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash.
6) Har kimning mehnatiga va har kimning qobiliyatiga yarasha prinsipiga rioya qilish.
«Adolat bu - kishilar o’rtasidagi tenglikni nazorat qilishdirkim, toki bir toifa boshqa toifa ustidan hukmron bo’lmasin, har qaysi tabaqa ushbu qoidaga rioya qilsin», degan edi Husayn Voiz Koshifiy «Allohi Muhsiniydan (1440-1505) asarida.
Ijtimoiy-sinfiy munosabatlar: (Sinflar o’rtasidagi munosabat-lardir). Bunda:
1) insonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik; 2) turli ijtimoiy guruhlar, qatlam, toifalar o’rtasidagi hayotiy ehtiyojlarni qondirish bo’yicha o’zaro bog’liqlik bilan yuzaga keladigan munosabatlar.
3) insonlarning ijtimoiy-maishiy sohadagi o’zaro bog’liqlik muno-sabatlari.
Mulk shakllari quyidagilardan iborat:
1) Davlat mulki.
2) Davlatga qarashli bo’lmagan mulk: a) xususiy mulk; b) jamoa (shirkat) mulki.
3) Yuridik va jismoniy shaxslar, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar mulki.
4) Aralash mulk shakli.
Hozir O’zbekistonda umuman mulkdorlar sinfi shakllanishining 2 ta sharti manbai mavjud:
1) Kichik va xususiy tadbirkorlikni keng revojlantirish;
2)Qimmatbaho qog’ozlar bozoriii rivojlantirish6.
4. Ijtimoii-demografik munosabatlar (aholi yoshi, o’sishi, ish bilan taminlanganlik va boshqalar kiradi.
Umuman, stratifikasiya yig’indilari:
- daromad;
- boylik;
- obro’.
Stratifikasiyaning tarixiy tiplari:
- daromad;
- hokimiyat;
- obro’.
Barcha insonlar bilim olishda tenglik prinsipidan foydalanadi.
Stratifikasiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi, tug’ilishi bilan yuzaga keladi.
1. Quldorlik - kishilarni qaram qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy shaklidir. Tengsizlik darajasining ko’rinishidir.
2. Kastalaye (lat. Partugal. guruh, toifa, tabaqa) – odam tug’ilganidan boshlab azo bo’lib qoladigan ijtimoiy guruhlar (stratlar)dir.
3. Tabaqalar - taomillar yoki huquq, qonunlari bilan mustahkamlangan nasldan-naslga o’tuvchi huquklar va burchlarga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.
4. Sinflar - sinflar paydo bo’lishi XVIII-X1X asr bilan bog’liq AQSh - o’rta sinflar jamiyati. AQShda 4 ta asosiy sinflar bor: - oliy;- o’rta;- ishchi;- quyi sinflar.
Hozirgi kunda O’zbekistonda tabaqalanishda sinflar: boylar, o’rta, kambag’allar mavjud. Stratifikasiyaning aralash tipi bor. Hozir bizda mulkdorlar sinfi shakllanmoqda. (Biz bu haqda yuqorida berdik).
5. Sinfsiz jamiyat… Bu marksizm-leninizm talimotida» aytilgan.
6. O’zbekiston Respublikasida jamiyat ijtimoiy tuzilishi: Bozor munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan mulkchilikning 4 ta turi va shunga muvofiq sinflar yuzaga keldi. Mulkdorlar sinfi shakllanib bormoqda7. (53-54-moddalar).
Jamiyatning moddiy-ishlab chiqarish jarayoni Sosiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qarab o’rganiladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi-ijtimoiy hayot sohasi bo’lib, kishilarning moddiy nematlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq.
Har qanday ijtimoiy jarayonlar inson faoliyati bilan uyg’unlashadi. Muayyan ijtimoiy birlik sifatida uyushgan kishilarning katta-katta guruhlari, sinflar, millatlar milliy-yetnik, ijtimoiy-demografik, nisbatan kichik tizimlar: o’quv-tarbiyaviy, oila-turmush va boshqa guruhlar, ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, ittifoqlar–jamiyatning ijtimoiy tarkibini tashkil qiladi. Ular tarixiy rivojlanish bosqichlarida turli ijtimoiy asoslarda shakllanadilar. Yashash sharoitiga, rivojlanish xususiyatlariga, ijtimoiy ehtiyojga, mnfaatlarga va muayyan maqsadga ega bo’ladi. Ijtimoiy tizimlar zanjirida turli o’ziga xos halqaga ega bo’ladilar. Ichki tashkiliy tuzilishi, harakteri, funksional va rivojlanish darajasi, turmush tarzi, faoliyat shakli va usullari bilan qadriyatlar tizimi, norma, g’oyalari, qarashlari va boshqa jihatlari bilan o’zaro farq qiladilar.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibini konkret tarixiy davr kesimida olib qarash talab qilinadi, chunki turli tarixiy davrlar ijtimoiy tarkib o’zaro sifat va xususiyatlari bilan farq qiladi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibini Sosiologiya jihatidan o’rganish uni uch manoda: umumiy, maxsus keng va xususiy tor manoda olib qarashni taqozo etadi.
Umumiy manodagi ijtimoiy tarkib-jamiyatning bir butun tarkibini tashkil qiladi. Bu ijtimoiy tarkibning elementi sifatida jamiyatning ijtimoiy munosabatlariga mos tushuvchi iqtisodiy siyosati, ideologiyasi kabi sohalari kiradi.
Ikkinchi, maxsus, keng manodagi ijtimoiy tarkibga esa ijtimoiy-tarixiy birlik munosabatlari kiradi. Bu tarkib milliy-yetnik, ijtimoiy-demografik, mutaxassislik va boshqa shu kabi kishilar guruhlarini o’z ichiga oladi.
Tor manoda ijtimoiy tarkib tushunchasiga mehnat jamoalari, hududiy birlik, nisbatan tez o’zgaruvchan guruhlar kiradi.
Bozor munosabatlarining tarkib topishi jarayonida O’zbekiston ijtimoiy tarkibida keskin o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlarni yuqorida ko’rsatilgan uch metodologik bosqich bo’yicha sosiologik tadqiq qilish - asosiy masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Shuni ham takidlash lozimki, Sosial stratifikasiya empirik Sosial tadqiqotlarda uch xil yondoshuv-uslub muhim ahamiyatga ega bo’lib, shu uslublar asosida o’rganiladi. Yani
1. o’z-o’ziga-o’zicha baholash tarif berish yoki “sinfiy identifikasiya” (yondashuv) asosida tariflash bo’lib, unda sosiolog-respondentga (so’raluvchi) o’z mavqyei va qatlamini so’raganda aholining qaysi sinfidagi tabaqasiga-darajasiga mansub ekanligini ko’rsatilishiga muvofiq javob berishlik uslubiga aytiladi, yani insonning jamiyatda kimligi o’zidan so’ralib aniqlanadi.
2. “Reputasiyali baholash uslubi bo’lib, bunda so’rovchi-tadqiqotchi sosiolog-so’roluvchidan vositachi (yekspert rolini bajarishi, yani sinfiy tabaqa yoki mavqyeini aniqlanayotgan shaxs-kishiga xolisona bir-biriga qaysi Sosial guruhga mansubligi bildirish uslubi; yana o’zglar fikriga asoslanish uslubi;
3. “obyektiv yondoshish” uslubi bo’lib, unda tadqiqotchi bir qator obyektiv borlik kriteriyalar asosida sinfiy- Sosial kriteriyali (darajali zinapoya yoki bosqichma-bosqichlik) asosida uch xil differensiyaasiyali Sosial holat asosida Sosial stratifikasiya aniqlanadi, yani har bir indivud, guruh 1) ixtisoslik mavqyei – yani bu professiyaning noyobligi va uning orqasida Sosial turmush holatining tobora yaxshilanib borishi; 2) malumotlilik darajasi; 3) daromad darajasiga qarab insonlarning Sosial stratifikasiyasi – yani aholining Sosial mavqyei tabaqa va qatlami aniqlanadi.
Ana shu uslub, yani “obyektiv podxod” usuli G’arb sosiologlarning sinflarga bo’linishi va kishilarning Sosial-iqtisodiy statusini aniqlashda muhim rol o’ynagan va bu uslubdan keng foydalangan.
Ko’plab sosiologlar jamiyatda kishilarning Sosial mavqyeini, tabaqa va qatlamlarini aniqlashda stratifikasiyalashning Sosial 7-xil vertikal tabaqalanish holatidan foydalanib o’rganishga harakat qilingan. Ular quyidagilardan iborat:
1) professional, mamuriy-yuqori sinf qatlami (yuqori tabaqa vakillari);
2) o’rta darajadagi texnik mutaxassislar;
3) kommersiyaviy sinf tabaqalari (savdo karchalonlari);
4) mayda burjuaziya sinfi (o’rta mulkdorlar tabaqasi);
5) rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi texniklar, ishchilar (rabochiylar) – yani vositachi rahbarlar – o’rta toifadagi rahbar xodimlar;
6) malakali ishchilar, yani haqiqiy moddiy boylik yaratuvchi malakali mutaxassis mehnatkashlar;
7) malakasiz, mutaxassis yoki mutaxassis bo’lmagan ishchilar,mehnatkashlardir.
Yuqorida keltirilgan aniq darajada aholining Sosial startifikasiya turi – qatlamini aniqlanishiga imkon beradi. Ammo ushbu yuqorida nomlari keltirilgan aholi qatlami ham aniq chegaraga ega bo’lmasdan, ular ham o’zlarining jamiyatdagi Sosial mavqyei, iqtisodiy, siyosiy o’rni va rolini aniqlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, yani ularning – professiyasi malakaliligi; moddiy daromati; malumotliligi, turar joy-yashashi, turmush tarzi bilan farq qilganligi sababli mavqyei, o’rni, roli o’zgarib turadi va shakli, guruhi aniqlashda noaniqlikni vujudga keltiradi.
Startifikasiya tizimi (sistema) tiplari (turlari)ni quyidagicha izohlash mumkin. (Bu uslubdan G’arbda, asosan Rossiyada keng foydalanadi).



T/r

Tizim tiplari (turlari)

Differensiyalash asoslari

Determinasiyali uslubiy
farqlari

1.

Fizika-genetik turi

Jinsi, yoshi, fizik malumotliligi, jismoniy holati

Fizik-jismoniy majburiy odatlari, holati

2.

Quldorchilik

Fuqarolik, mulkdorlik huquqi, siyosiy mavqyei

Harbiy majburlash, vaxshiylik huquqi – zo’rlik, xo’rlik

3.

Kastova-kastachilik –tabaqa, toifa

Diniy va etnik asosida mehnat taqsimoti

Diniy rituallar etnik qabiqqa ulanish (yetnicheskaya zamknutost)

4.

Soslovnaya – tabaqa-ijtimoiylashuv

Davlat oldidagi majburiyati

Huquqiy jihatdan rasmiylashish

5.

Yetakratichnost (o’troqlashuv – tup aholilik jarayoni)

Xukmdorlik, iyerarxik darajasi (rangi va vlastnoy iyerarxii) irqi

Harbiy-siyosiy xukmronlik darajasi, bo’ysinishlik

6.

Sosial-professionalnik- Sosial-mutaxassis malakaliligi

Mashg’ulot turi va malakaviy mahoratlilik - mutaxassislik

Malumotlilik – sertifikatlar (malumotliligi)

7.

Sinfiylik

Daromad miqdori va mulkdorliligi jamiyatdagi o’rni

Bozor munosabatlar (bozor olmashuvi)

8.

Madaniy-manaviy holati (kulturno-simvolik)

Bilim, ilm darajasi

Diniy, dunyoviy va mafkuraviy

9.

Madaniy-normativ

Axloq-xulq normalari, turmush tarzlarir

Ahloqiy jilovlash va yaxshilarga o’xshashga intilish (moralnoye regulirovaniye, podrajaniye)

Ushbu stratifikasiya tizim tiplari alohida bir-biridan ajralgan holda emas, balki bir-birini to’ldirish va o’zaro bog’lanib, mutanosiblashib ketishi bilan turmushda, Sosial-jamiyatda namoyon bo’ladai. Ushbu uslub bevosita G’arbda va Rossiyada qo’llaniladi va Sosial stratifikasion tizimni aniqlashda keng foydalanishga harakat qiladilar va harakat qilmoqdalar.
Sosial stratifikasiya tizimini aniqlashda uning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlarini o’rganib, taxlil qilishda, qadimdan amal qilishi jarayonlari qadimiy Sharqda va Turoni zaminda ham Sharqona uslubda va original formada foydalanib kelganlar, hozirgi kunda ham ijtimoiy jamiyat stratalari – elementlarini aniq taxlil qilib kelingan va kelinmoqda.
Azaldan jamiyatda jamiyat azolarini, insonlarni turli toifali tabaqalarga ajratilib, bo’lingan holda taxlil qilinib kelingan. Jumladan, yaqin Sharqda, Misr va Voviloniyada zodagon va qullarga Afina va Rimda fuqaro va plebey, patriseylarga, Hindistonda esa braxman va xizmatkorlarga (4-ta tabaqaga) ajratilib kelingan va amalda qo’llanilib o’rganilgan, amal qilinganligi fanda malum.
Turoni zaminda esa aholini toifa, tabaqalarga bo’linishi qadimdan malum bo’lib, ular quyidagicha amal qilingan.
1) el-yelat, urug’-qabilaviy etnik kelib chiqishidan;
2) kasbiy mansubligi, hunar-hunarmandchilik holatiga muvofiqligi;
3) diniy-yetiqodiy qarashlari va qaysi dinga mansubligiga muvofiqliligiga;
4) shajaraviy – avlod – ajdodlariga mansublik kabi sulolaviy kelib chiqishiga qarab, etiborga olinib guruh, toifa va tabaqalarga bo’linib kelinganligiga, mulkiy mavqyeiga qarab – boy, kambag’al, batrak va to’por, mardikor kabi holatlarga etibor berilgan.
Manaviy mavqyeiga qarab aholi o’rtasida – said, eshon, xo’ja, imom, mulla, maqsim va domla kabi guruhlarga ajratilgan holda munosabatda bo’lingan.
Turoni zaminda aholi qatlamini ijtimoiy turmushning tabiiy-obyektiv kartinasini jamiyatdagi holatga muvofiq Sosial guruhlarga ajratilib kelingan va boshqarilgan.
Jamiyat taraqqiyotining bu xilda sharqona boshqarilishini tarix tajribasi, uning obyektiv holatda mavjudligini ko’rsatmoqdaki, insonlarni (shaxslarni) bu tartibda guruhlash, ijtimoiy qatlam-tabaqa va toifa sifatida Sosial guruh-guruhlarga – stratalarga ajratib ijtimoiy-siyosiy mavqyei, o’rnini to’g’ri qilib belgilash, shu asosda bu Sosial guruh stratalarga munosabatda bo’lish holati jamiyatni Sosial-siyosiy jihatdan samarali boshqarish imkonini bergan va asrlar osha ana shu Sosial tartib Turoni zaminda mavjud bo’lib kelgan, umumdavlat miqyosida ular bilan ana shu tizimda Sosial-siyosiy murasoviy konsepsiyasini takomillashtirilib, Sosial ziddiyotlarning oldi olinib, keskin Sosial-siyosiy muammolar hal qilinib kelingan.
Jamiyatda mavjud bu Sosial tizim vaqt o’tishi bilan asrlar osha tobora takomillasha boradi, jamiyatdagi jiddiy, manaviy, moddiy o’zgarishlar, jamiyatning sivilizasiyalashuvi jarayoni bu Sosial guruhlar-stratalar hayotiga ham jiddiy tasir etib, ananaviy (avvalgi) tizim tartibotlariga ijtimoiy guruhlar, sinflarning abadiy turg’unlik tushunchalariga keskin zarba beriladi, aholining o’zgarmas qatlamlari haqidagi tushunchalarga asta-sekin barham berilib boriladi.
Tabaqa, qatlam, sinflarning jamiyatdagi ananaviy farqlari uzoq yillar o’tishi oqibatida, tobora yemirila boradi, Sosial guruhlar – stratalarning ijtimoiy guruhlanish tendensiyasi yuzaga kelaberadi va shakllana boradi, yangicha qatlam, sinflar tobora vujudga kelib, sinflar uyushqonligi paydo bo’lib, o’z navbatida jamiyatni boshqarish tizimlarini shakllantirish zaruriyati vujudga kelaboshlaydi va bu ehtiyoj ko’p holatlarda siyosiy va jamiyatni Sosial boshqarishdan tez rivojlana borishi holatlari yuz bera boshlab yangicha shakllangan aholi qatlami – sinflar talabiga jamiyatni siyosiy boshqarish tizimi ko’p holatlarda javob bera olmay qolish holatlari yuz bergan joylar – xudud, mamlakat-davlatlarda jamiyatni yangicha boshqarishga moslashaolmay turli xil Sosial portlashlarga olib keladi va olib kelgan. Bunga jahonda ko’plab misollar keltirish, Sosial o’zgarishlar ijtimoiy-siyosiy boshqarish tizimlari o’zgarganligi haqidagi voqyealarni, hatto hozirgi kunda ham (jumladan, Qirg’iziston, Ukraina va boshqalar) mavjudligiga guvoh bo’lmoqdamiz.
Jamiyatda yuz berayotgan bunday Sosial-sinfiy o’zgarishlar qadimda ham va hozirgi zamonda yuz berib Sosial-siyosiy boshqarishni demokratlashtirish ehtiyoji zaruriyatini vujudga keltirgan va hozirgi zamonda ham bu masala obyektiv dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Chunki jamiyatda shakllanib, katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanaboradigan Sosial guruh-stratalar talabi doimo boshqarishga nisbatan ilgarilab ketadi va jamiyatni yangicha Sosial-siyosiy boshqarish ehtiyojini vujudga keltirib boshqarishni yangilash zaruriyatini obyekti muammo qilib qo’yadi. Ammo shuni ham takidlash zarurki, jamiyatni sinflarga bo’lib, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar asosida sinfiy kurashlar mavjudligi sababli bu sinfiy kurashlarning oldini olish, sinfiy muammolarni hal qilish jamiyatni siyosiy boshqarishning asosiy vazifasi, - deb qaraganlar. Bu munosabat esa umumiy tarzda sinflar maqsad va manfaatlari hisobga olinib, ana shu sinflar tarkibidagi ijtimoiy- Sosial guruhlarning-stratalarning maqsad-manfaatlariga etibor berilmagan. Jamiyatdagi umumiy yondashilib bir sinf vakillari bilan ikkinchi sinf vakillari qarashlaridagi tafovut-farqlarni umumiy tarzda aniqlash masalasi ijtimoiy fanlarning, shu jumladan Sosiologiya fanining ham vazifasi bo’lib, ijtimoiy muammolarga bir tomonlama yondashib kelingan. Jumladan, jamiyatda aholining ijtimoiy tuzilishini umumiy tarzda G’arbda va sobiq Sovet tuzumi davrida uchta: ishchilar, dehqonlar va ziyolilar, (G’arbda kapitalizm sharoitida burjuaziya, mayda burjuaziya) kabi sinflarga bo’lib, ularni ajratib Sosial muammolarini umumiy sinfiy muammolar tarzida o’rganilib, umumiy tarzda bu Sosial muammolarini hal qilinishga harakat qilinib kelingan. Vaholanki, ishchilar sinfi tarkibida manfaatlari, turmushi, kasbi, hunari, mavqyei, mashg’ulot turi bir-biriga to’g’ri kelmagan qanchadan-qancha Sosial guruhlar mavjud bo’lib, ularning o’zaro manfaatlari ham turlichadir, ish, mehnat sharoitlari, mehnat taqsimotlari ham turlichadir. Ana shunday ijtimoiy holatning turli xilligi dehqonlar sinfiga ham, ziyolilarga hatto burjuaziya deb atalguvchi sinflarga ham taaluqlidir. Bu sinflardagi turli xil mayda-mayda bir-biridan farq qilinadigan Sosial guruhlar borki, ularning ham o’ziga yarasha Sosial muammolari mavjuddir, bu Sosial guruhlar esa jamiyat aholi tarkibining asosiy qismini tashkil etib, ularni sosiaologiya fanida Sosial-stratalar – Sosial guruhlar deb ataladi. Ularning jamiyatdagi mavqyeini, rolini, o’rnini va istak, maqsad va manfaatlarini yuz bergan, beradigan Sosial muammolarini Sosial stratifikasiya yo’nalishi o’rganadi. Sosial stratifikasiya deb o’rganiladigan jamiyatning stratifikasion Sosial yo’nalishlarini Sosiologiya fanida – ikkita katta Sosial yo’nalish asosida o’rganiladi.
Birinchisi – moddiy yo’nalish, bunda jamiyatda moddiy noz-nematlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak maxsulotlari, umuman inson uchun, inson yashashi uchun zarur bo’lgan ehtiyojlarini qondiradigan iqtisodiy talablar amalga oshirilib, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari asosiy rol o’ynab, unda mehnat, mehnat taqsimotlari jarayonlari asosini tashkil etib Sosial muammoviy yo’nalishlarni tashkil etadi.
Ikkinchidan esa – jamiyatning Sosial manaviy yo’nalishini tashkil etadi. Unda jamiyat ahlining aql zakovati, ong, tafakkuri, manaviy madaniyati shakllanadi, manaviy mehnat va uning natijalari, inson bilimi, ilmi, tarbiyalanganligi, talimi, moddiy turmushi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Moddiy Sosial yo’nalishining obyekti bu ishlab chiqarish korxonalar, muassasalar, qishloq xo’jaligi uning turli xil sohalari, sanoat ishlab chiqarishi uning turli xil tarmoqlari asosiy obyekt hisoblanib, bu yo’nalishda ham insonlar (shaxslar) mavqyei, o’rni, roli, tabaqa, toifa kabi, yani boy, badavlat, mansabdor, kambag’al, yo’qsil, qashshoq va o’g’ri, poraxo’r, zo’rovon, talanchi, firibgar va h.k. kabi Sosial guruhlar – stratalari mavjuddir. Manaviy-madaniy Sosial yo’nalishda ham uning obyekti-talim-tarbiya tizimi, ilmu-fan, madaniy maskanlari hisoblanib, bu yo’nalishda ham turli xil aholi qatlamlari-tabaqa, toifalari – boy, kambag’al, mansabdor, mansabga intilish, manaviy boy ziyoli, manaviyasiz ziyoli, salohiyatli intelligent, savodli, savodsiz, manaviy qashshoq, manxurt shaxs kabi Sosial guruhlar – stratalar mavjudligi tabiiydir.
Jamiyatning ana shunday murakkab tarzda ijtimoiy tuzilishini mukammal o’rganish, muammolar sabablari, hal qilish yo’llarini aniq bilish, aniqlash, har bir Sosial guruhning istak-maqsadlari, manfaatlari, ehtiyojlari, talabalarini, ularning jamiyatdagi o’rni, mavqyei, rolini ahamiyatini aniqlab, to’g’ri munosabatlarni belgilash bevosita jamiyatda yuz beradigan Sosial qarama-qarashliklarni, ziddiyotarni, barataraf etishda katta ahamiyatga egadir, bu esa jamiyatni siyosiy boshqarishni osonlashtiradi. Ushbu sohani o’rganish faqat Sosiologiya fani va uning eng muhim yo’nalishlaridan biri – Sosial stratifikasiya yo’nalishi hisoblanadi.
Shuni ham takidlash zarurki, yani ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan totalitar tizimi hukmronlik qilgan sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot faqat umumiy tarzda sinflararo kurash asosiy va bosh sababi, - deb qaralgan va xulosa chiqarilib jamiyatdagi boshqa yuqorida takidlangan Sosial guruxlar etiborga olinmagan, guruxdagi muammolarga ham Sosial guruxlar-stratalar manfaatlari asosida emas sinflararo manfaatlari nuqtai-nazaridan qarab ijtimoiy muammolarni hal qilishga noto’g’ri harakat qilinib kelingan, Sosiologiya fanida Sosial stratifikasiya tamoyillari buzilib kelingan. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini sinflararo qarama-qarshi va ziddiyotlar asosida emas, Sosial guruxlararo, ular manfaatlariga muvofiq o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa jamiyat taraqqiyotida, ijtimoiy taraqqiyotni idrok etishda induktiv yondashuvlarni mutloqlashtirishdan iborat bo’lib, bu induktiv metod esa u ham, xususning (yakkalik, yani stratalar) umumga (umumiylikka mansubligi) muvofiqlashtirilib, ijtimoiy taraqqiyotning asosida bosh sababchi ham umum (umumiylik)ning to’la namoyon bo’lishi asosida xulosa qilish g’oyasiga amal qilish jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muhitning mavjud obyektivligi qanday bo’lishidan qatiy nazar umumga (umumiylikka) amal qilish muqarrar degan noto’g’ri g’oyaviy tamoyillarga amal qilingan. Natijada ijtimoiy jamiyat taraqqiyotida tabiiy Sosial muhitni tan olinmaslik harakatlar o’tmishda jamiyatga katta zarar keltirilgan. Bu induktiv metod ham nafaqat Sosial guruxlar-stratalarning, balki jamiyatda aholining etnik xususiyatlari ham, tabiiy, ijtimoiy muhitning ham ustuvorligi tan olinmasdan umumiylikka rioya qilishlikdan iborat bo’lib, obyektiv borliqning Sosial tamoyillari qo’pol ravishda buzilib, jamiyatda millionlab kishilarning manfaatlariga zarar keltirgan, xatto millinlab kishilar yostig’ini quritgan. Hozirgi zamonda ham qisman bo’lsada ushbu holat takrorlanib turmoqda.
Hozirgi davrda ushbu induktiv metodning, yani xususning (yakkalik, individ, Sosial guruhlar....) umumga (umumiylik) amal qilish holatlari ijtimoiy jamiyatda hozirgi kunda ham ekologik muhitning buzilishining globallashuvi ichimlik suvlarning, atmosferaning, havo tarkibining buzilishlik holatlari, zaharlanishning tobora o’sishi, ko’payishi jarayonlari, inson umrining o’rtacha normalari kamaya borishi, Orolning qurib borishi, Sibir o’rmonlarining suv ostida qolishi (yelektr stansiya qurilganligi sababli), paxta yakka xokimligi, xatto regional siyosiy janjallar, zo’ravonlik diniy ekstremistik harakatlar va boshqalar salbiy oqibatli holatlarning takrorlanib turishiga sabab bo’lmoqda.
Induktiv metodga amal qilishning uni mutloqlashtirishning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki manaviy zararlari ham cheksiz ekanligini nafaqat hozirgi davrning amaliy natijalari, balki qadimgi Sharq, G’arb, Markaziy Osiyo mutafakkirlari ham o’z etiborlarini qaratib, asosan inson ongi, tafakkuri va o’z-o’zini anglashdagi keltiriladigan katta zararlari haqida “Avesto”da, Zardusht, Xitoylik Lao Szin, Konfusiy (“O’n uch kitob”, Islom dunyosining buyuk allomasi Imom al-Buxoriy, Markaziy Osiyolik Imom Motrudiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Qadimgi Rim-Yunoniston mutafakkirlari (Platon (Aflotun), Arastu (Aristotel), Sisiron va boshqalar o’z asarlarida xususni etiborsiz qoldirib, umumni mutloqlashtirish zararli oqibatlariga olib kelishini isbotlab berganlar. Hatto o’tmishda umumning mutloqlashtirilishiga qarshi uning zararli oqibatlari haqida ochiq chiqishlar bo’lgan. Jumladan, umumning chegarasiz ustunligini taminlab, uni mutloqlashtirishga qarama-qarshi, tabiiy-ijtimoiy qarashlar, yani xususning umumga muvofiqligi, xususni tan olib unga amal qilish g’oyasini ko’tarib chiqqanlardan, yirik islom dunyosiga mashhur olim – Mansur Xalloj (“...men ... xudoman – minal-haq shiori), yirik davlat arbobi olim Umar Xayyom, Mirzo Ulug’bek (“Dinlar tumandek tarqab ketadi, podsholiklar yemiriladi, ammo olimlar ishi abadiy qoladi” – fikri). G’arbda Jardana Bruno, Galileya Galiley, Kopernik, Sharqda Konfusiy va h.k.larning tarixiy jasoratlari jahonda malumdir. Ular jamiyat taraqqiyotida umumni mutlaqlashtirishga qarshi ijtimoiy-tabiiy muhitga asoslanishi, jamiyatdagi xususlarni, indivudlarni alohida-alohida o’rganishni, ular orqali umumga muvofiq munosabatda bo’lishlikni, milliylik va umummilliylik tamoyiliga rioya qilishni, Sosiologiya asosida xulosa qilinadigan bo’lsa, sosal guruhlarga-stratalarga, ular manfaatlariga muvofiq muammolarni hal qilishni takidlashdan iboratdir.
Umuman ijtimoiy-tabiiy Sosial muhitga asoslanib Sosial stratifikasion tamoyili talablari asosida o’rganish Sosiologiyada muhim ahamiyatga egadir, yani xusus bilan umumning mutanosiblashtirib, baravarlashtirish asosida (yani yakkadan (xususdan) umum kelib chiqish g’oyasiga amal qilish), o’rganish g’oyasi, ijtimoiy voqyelikda qator obyektiv ijtimoiy-nazariy yo’nalishlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi va bo’lmoqda. Jumladan, “Haqning hamma joyda (jahonda) zohirligi, “haq” ning har bir “xusus”da – shaxsda, insonda mavjudligi, mujassamligi, “haq” bilan “xusus”ning uzviy mutanosib uyg’unligi, boqiylik va h.k. g’oyasining mavjudligida mavhumligi, uning ustuvorligiga asos bo’ladigan turli xil ilmiy-nazariy qarashlar shular jumlasidandir. Yoki xalq, millat, el-yelat tushunchalarining asosida xusus, indivud, inson, shaxs bo’lib, umum elatni, xalqni, millatni tashkil etadi va h.k.
Shuning uchun ijtimoiy hayotda “xusus”, “yakkalik”, “alohidalik”ning umumga aynanligi undan falsafiy jihatdan faqat hajm va shaklda kichikligi (“xusus”-birlik, “umum” esa ko’plikni bildiradi) va yashirinligi (botiniyligi) nuqtai-nazaridan qaralganda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, hayotda kutilmagan ijtimoiy, manaviy, hatto siyosiy oqibatlarni yuzaga keltirilishi mumkin, bunday holatlar jamiyatda mavjud bo’lmoqda va bunday voqyealar yuzaga kelmoqda.
Shu sababli hamma vaxt umumda, xusus, yakka-alohidalikni – stratalarning xususiyatlarini, mohiyati va ahamiyati, roli va o’rnini hisobga olish xusus esa umumga muvofiqlikka rioya qilish zarurligini taqqoza etadi. Ana shundagina har qanday inqirozli vaziyat yumshoq hal bo’ladi.
Jamiyatni Sosial jihatdan obyektiv anglashda tajriba tarzida o’rganilgan bunday yondoshuvlar o’rtasidagi farq va tafovutlarni, har bir “xusus” ga xos betakrorlik va unikallik jihatlarini istisno etilishiga olib keladigan bo’lsa, ikkinchi tomondan, “umum” oldida “xusus”ning arzimasligini, beqarorligini yuzaga keltirganday bo’ladi. Unga yo’l qo’ymaslik kerak.
Totalitar tuzum hukumronligi davrida tabiatning noyob istedodlari “umum” hukmronligiga aylantirilib “xusus”lar – talantli, qobiliyatli shaxslar oyoq osti qilinganligi, hammani “teng”, “baravarlashtirilib”, “tekischilik” shiorini asosiy shior sifatida amal qilinib, insonlarni “jamiyatning vintiklari”ga aylantirilib, ularni istagan paytida ikkinchi “vintik” ka almashtirish mumkinligi siyosatini keng ko’lamda qo’llanilib kelindi.
Odatda ijtimoiy adolatlilikni qaror toptirish tarixi insoniyat tomonidan o’z-o’zini anglash, bilish jarayonlari shakllana borishi bilan bog’liq bo’lib, tobora u takomillashib borishini ko’plab qadimiy manbalar, kitoblarda uchratish mumkin. Bu haqda “Ovesto”da aholining barcha qatlamlari, qavmlari va guruhlari uchun umumiy turmush tarzi qoidalari, normalari, odatiy tartiblari tasnif etiladi. Bu holatlar hamma uchun “umumiy” bo’lib, uni “xusus”lar tashkil etadi. Undan tashqari bunday “umumiy” lik Antik dunyo qonunshunoslari tomonidan, jumladan, Salon tomonidan yaratilgan ilk qonun-qoidalari majmuida ham bu haqda fikr yuritilib, turli xil ijtimoiy guruhlar o’rtasida “xusus”ni inobatga olib “umum” tartib qoidalar asosida totuvlik va murosa-madora meyorlaridan o’rinli foydalanish qatiy qilib qo’yilgan.
Jamiyatda insonlarning o’z-o’zini anglash jarayonlarining muhimligini va unda “xusus” bilan “umum”ning mutanosibligi zaruriyatini o’rta asrlik bir qator mutafakkirlar, shu jamladan Rene Dekart katta etibor bergan. U mohiyatga har bir indivud o’z maqsadiga muvofiq alohida-alohida intiladi va har kim har xil sharoitda unga erishishga harakat qiladi va erishadi ham deb hisoblaydi. Haqiqat garchi “umumiy” bo’lsada, unga yangi intilishlar orqali kutilgan natijani olish va uni yalpi anglash imkoni yo’qligini takidlaydi.
Har kim, har xil guruh (strata) haqiqat mohiyatiga turlicha darajada yaqinlashadi. Dekartning alohida o’qtirishiga ko’ra “haqiqatni butun xalqdan ko’ra alohida insonlar tezroq erishadi va o’zlashtiradi” va bu anglangan haqiqatni boshqalarga yetkazadilar, shaxslarning jamoadan farqlari ham ana shunda namoyon bo’lishini takidlaydi.
Jamiyatni stratifikasion tasnif etishga muxollif (qarshi) kuchlardan biri sifatida malum bo’lgan Pokiston, Bangladesh, Hindistonda amal qilayotgan A.A. Mavludiy asos solgan “Jamiyati Islomiya” uyushmasi aholining irqiy, milliy va tillari borasidagi tengligini etirof etgan holda, ular tarkibida sinflar, ijtimoiy qatlamlar, ijtimoiy guruhlar mavjudligini inkor etadi.
A.A.Mavludiy tarafdorlari har qanday demografik, ijtimoiy intellektual va hissiy bo’linishlar suniy mohiyatga ega bo’lib, islomiy yakdillikka erishish yo’lida ularni etiborga olmaslik lozimligini o’qtiradilar.
Ijtimoiy tasniflar, guruh qatlam, tabaqa va toifalar – stratalarni tan olmaslik bir qator boshqa diniy oqimlar va harakatlar faoliyatida, jumladan “Xezbu taxriri Islomiya”, Vahobiyya”, “Nur”, “Akromiya”, “Tovba” va boshqa bir qator diniy oqim tarafdorlari faoliyatida yaqqol namoyon bo’lmoqdalar. Ularning nazarida dinga sadoqat, islomiy etiqod darajalari musulmonlarni o’zaro farqlantirib turguvchi omil hisoblanib, faqat etiqodiy jihatdan stratalarga ajratish muhim va asosiy hisoblanib manaviy mezon vazifasini bajaradilar, - deb hisoblaydilar.
Umuman olganda stratifikasion tasniflarni o’rganganda olamni yaxlit bir butunlik tarzida tassavur etish, yani – “olamiy uyg’unlik” (“Olamiy mutanosiblik”) nazariyasiga monandlik bir-biriga bog’liqlik jihatlarini ham etiborga olib o’rganilsa, bu obyektiv haqiqat bo’lib maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“Olamiy uyg’unlik” (“Olamiy mutanosiblik”) nazariyasi tarafdorlari bo’lgan o’tmishdagi bir qator allomalar o’zlarining aniq va yaqqol fikr-mulohazalarini bildirib ketganlar. Jumladan, antik olimlardan Geraklit bu haqda quyidagi fikrni bildirib ketgan. Uning fikricha “Olamiy uyg’unlik”ning asosini (yani olamning asosini) sonlar emas, balki – moddiy buyumlar va ularning yagona substansiyasidan paydo bo’ladigan, qarama-qarshiliklar kurashida o’zaro bir-biriga o’tadigan sifatlarning bog’liqligi tashkil etadi, - deb obyektiv borliqni taqqoza etadi.
Platon (Aflotun) esa – “olamiy uyg’unlik”, “olamiy jon” olamni ruhlantirib, o’zi (“Olam”) jonning sonli nisbatlarga garmonik tartibga bo’ysinadi, - deb hisoblab, bu g’oyani yanada aniqroqlashtirib, stratifikasion tasnif (yani jamiyat tarkibini – A.Sh.) jamiyatda uch yoqlama tarkibda bir-biriga bog’liqlikda amal qiladi va o’zgarmaydi, - degan g’oyani ilgari surib, uni quyidagicha asoslaydi.
Yani, birinchidan – bu g’oya narsalarni moddiylashgan holda namoyon bo’lishi; ikkinchidan – esa narsalarning o’zi ham muayyan g’oyani doimiy tarzda taqqoza etib turadi (yani, yaratib, vujudga keltirib turadi, - deydi);

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin