Strukturasiz malumotlar bilan ishlash


Ma’lumotlar omboridan foydalanish



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə9/11
tarix17.09.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#129012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ma’lumotlar omboridan foydalanish
Employees ma’lumotlar ombori yaratildi. U bilan ishlash uchun uni ―aktivlashtirish‖ yoki ―tanlash‖ zarur. MySQL taklifida quyidagi buyruqni bajaring:
SELECT DATABASE();
Ekranda 3 rasmda ko’rsatilganidek, tizim javobini ko’ramiz

3.3 Rasm. Ma’lumotlar omborini tanlash
Bu shuni anglatadiki, birorta ma’lumotlar ombori tanlanmadi. Aslida MySQL mijozi bilan har marotaba ishlaganda, qaysi ma’lumotlar omboridan foydalanilishni aniqlash zarur.
Joriy ma’lumotlar omborini bir necha usul bilan aniqlash mumkin:

  • ishga tushirgan vaqtda ma’lumotlar ombori nomini aniqlash

  • Tizim taklifida quyidagilarni kiriting:

  • MySQL employees (Windows da) MySQL employees -u manish -p (Linux da)

  • Ma’lumotlar omborini MySQL taklifidagi USE operatori yordamida aniqlash

  • MySQL>USE employees;

  • Ma’lumotlar omborini MySQL taklifidagi\u yordamida aniqlash

  • MySQL>\u employees;

MySQL bilan ishlaganda foydalaniladigan ma’lumotlar omborini aniqlab olish muhim, aks holda MySQL xatoni keltirib chiqaradi.
Jadval yaratish
Employees ma’lumotlar ombori tanlangandan so’ng, MySQL taklifida
CREATE TABLE buyrug’ini tanlang.
CREATE TABLE employee_data
(
emp_id int unsigned not null auto_increment primary key,
f_name varchar(20),
l_name varchar(20),
title varchar(30),
age int,
yos int,
salary int,
perks int,
email varchar(60)
);
Izoh: Birinchi satrdan so’ng, Enter tugmasini bosish MySQL taklifini -> ga o’zgartiradi. Bu shuni anglatadiki, MySQL buyruq tugamaganligini tushunadi va qo’shimcha operatorlarni kiritishni taklif etadi. Unutmang, har bir MySQL buyrug’i nuqtali vergul bilan tugaydi, ustundagi har bir e’lon vergul bilan ajratiladi. Agar istasangiz, hamma buyruqni bitta satrda kiritish mumkin.
Ekran 3.4 rasmdagi ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

3.4 Rasm. Jadval yaratish

5.Texnik tizimlardagi ma’lumotlar bazasining ob’yektlarini yaratish.


Tasavvur qiling, katta zavodning xodimlar bilan ishlash bo’limi korxonaning barcha xodimlarihaqida yig’ma jild tashkil etgan. Aytaylik, korxonada 2 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Korxonaning xodimlar bilan ishlash bo’limi xodimlar ichidan yoshi 25 dan 30 gacha bo’lganlari ro’yxatini aniqlash kerak. Bu vazifani bajarish uchun bo’lim xodimlari barchaning yig’ma jildlarini birma-bir o’rganib chiqishiga to’g’ri keladi. Kerakli axborotlarni izlashning bunday usuli sermashaqqat va juda ko’p vaqt talab etadi.
Ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, u holda barcha ishni avtomatlashtirish mumkin. Lekin shunda ham avval barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olish zarur.
Bugungi kunda keng tarqalgan MBBT sifatida MS Office dasturlar paketiga kiruvchi Microsoft Access dasturini keltirish mumkin. Microsoft Access dasturi ma’lumotlar bazasini yaratish, saqlash, kerakli ma’lumotlarni izlash va boshqa ko’plab amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, ushbu dastur ma’lumotlar bazasini tashkil etishda murakkab masalalarni hal etish maqsadida Visual Basic for Application dasturlash tili imkoniyatlaridan ham foydalanish mumkin.
MS Access dasturining yana bir qulaylik tarafi shundan iboratki, ushbu dastur orqali hosil qilingan fayllarni MS Office dasturlar paketiga kiruvchi Word va Excel dasturlaridan ma’lumot olishi(import) va ularga ma’lumotlarni yuborishi(eksport) mumkin.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin