Nok (Pyrus)turkumi Nok guli va mevalari bilan olmaga o’xshaydi. Lekin mevasining etida tosh hujayralarning bo’lishi bilan olmadan farq qiladi. O’zbekistonda nok turkumiga oid 7ta tur bor.
Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan. Ularga o’rik, shaftoli, gilos va olxo’ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi ( O’rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.
Mevasi etida tosh hujayralari bilan olmadan farq qiladi O’zbekistonda 7 turi o’sadi
B arglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, tok va juft patsimon, ba’zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqchalari ba’zan shaklini o`zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan.
II.5-rasm. nok (Pyrus) mevasi ko’rinishi.
Do’lana balandligi 10 metrga yetadigan ra’noguldoshlar oilasiga mansub manzarali o’simlik. Bargi ko’k-yashil ustki va ostki tomoni tukli, yirik barglari tuksiz. Gultojining diametri 2sm, mevasi yirik, sariq,och va to’q qizil, 2-3 danakli.Do’lana iyunda gullaydi ,mevasi sentabr oyida pishadi. U toshloqli quruq joylarda, ba’zan mayda shag’alli daryo o’zanlarida va qirg’oqlarda kichik do’lanzorlarni hosil qiladi. Gullari to’liq ochilib ketmasdan 3-4 kun mobaynida mevasi pishgan paytda yig’ishtirib olinib ochiq havoda quritiladi.
Do’lana mevasidan yuqori sifatli darmondorilarga boy shifobaxsh ichimliklar tayyorlashda, shuningdek pyure, qiyom va konfetlar tayyorlashda foydalaniladi.
II.6-rasm do’lana(Crataegus)ning tuzilishi.
Ular er yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va orta. Hozirgi vaqtda A. L. Taxtadjyan (1987) sistemasi boyicha bu sinfcha 39 ta qabilani o’z ichiga oladi.
Madaniy turkumlari