Tabiiy fanlar


II.BOB. RA’NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/7
tarix09.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#120701
1   2   3   4   5   6   7
12.21.Nozila Karimova(1)

II.BOB. RA’NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
2.1 Ra’nodoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumotlar
Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarida o’sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi. O’zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o’sadi.
II.2.1-jadval Ra’nodoshlarning Klassifikatsiyasi

Taksonomik kategoriyalar

Taksonlar

Dunyo
Bo’lim

Ajdod
Kichik ajdod


Qabila
Oila
Kichik oila
Turkum
Tur

O’simliklar (Plantae)
Yopiq urug’lilar (Magnoliophyta, Angiospermae)
Ikkipallalilar (Magnoliopsida, Dicotyledones)
Ra’nokabilar (Rosidae)
Ra’nokabilar (Rosales)
Ra’nodoshlar (Rosaceae)
Ra’nodoshchalar (Rosoideae)
Na’matak (Rosa)
Itburun namatagi (Rosa canina)

Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali õsimliklar oilasi. Daraxt, buta va õtlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda õʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va boshqa koʻrinishda boʻladi. Butun yer sharida tarqalgan. Asosan, Shimoliy yarimsharning moʻʼtadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Rosaceae oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); ol xoʻridosh ch alar (mevasi — danakcha) ga boʻlinadi.R.ga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.


Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchgabo’lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab, poya daketma –ket o’rnashgan gullari yakka-yakka, barg qo’ltig’ida o’rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to’pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri, ko’pincha 5 a’zoli. Gul tojbarglari 5 ta, qo’shilmagan. Changchilari ko’p. Urug’chisi 5tagacha yoki undan ham ko’p. Tugunchasi 1-5 uyli.Mevasi – quruq (yong’oqcha, to’pbargak) yoki ho’l (bir yoki ko’p danakli meva yoki soxta meva).
Bu oilaga Tobulg’i, itburun, malina, zemlyanika, ertut, beshbarg, olma, nok, behi, do’lana, olxo’ri, bodom, o’rik, shaftoli, maymunjon, olcha kabi turkumlar kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, kop yillik, ba’zan bir yillik osimliklar bo’lib, Ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo`lib, ko’pincha yon, barglarga ega.
Ra’nodoshlar oilasi
Yer yuzida 120 turkum 3000 tur
O’zbekistonda 35 turkum 153 tur
Xarakterli belgilari

  1. Barglari yon bargchali, oddiy, 3ga bo’lingan, panjasimon yoki patsimon, yoxud murakkab.

  2. Gullari yakka-yakka, barg qo’ltig’ida joylashgan yoki shingil;

Qalqon, soyabon to’p gulli, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi.

  1. Gulqo’rg’oni murakkab, tog’ri, ko’pincha 5 a’zoli.


II.1-rasm Ra’nodoshlar(Rosaceae) oilasiga mansub na’matak(Rosa ) gulining ko’rinishi.
Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi (221-rasm).

II.2-rasm. Itburun na’matagi (Rosa canina)ning generativ organlari tuzilishi.
1-g’uncha, 2-guli va uni bo’ylama kesmasi, 3-kosachabarg, 4-urug’chi, 5-gul diagrammasi, 6-mevali novda, 7-mevaning bo’ylama kesmasi.
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi. Bir gurux olimlar ilmiy izlanishlari oʼsimliklarning alohida aʼzolarining tuzilishiga, alohida taksonomik oʼsimlik guruxlarining tashqi muhit omillariga adaptatsiyasini aniqlashga turlar evolyutsiyasi muammolariga qaratilgan. Rosaceae oilasidan Spiraea, Malus, Rosa va boshqa koʼplab turkumlari turlarining anatomik tuzilishi morfologiyasi, yogʼochlanishining turlari, tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi, ekologik omillarning ushbu turlarga taʼsir darajasi haqida turli olimlar, turli xududlarda, turli davrlarda salmokli tadqiqotlar olib bordilar. Mualliflarning fikricha Rosaceae oilasi vakillarining oʼrganilgan aʼzolari tuzilishi bir biriga uxshash yaʼni mezomorf tuzilishga ega. Rosaceae oilasi vakillarini anatomik tuzilishi kseromorf ekanligini aniqlagach, Eronda ularning eng koʼp turlari tarqalganligini isbotladilar. Rosaceae oilasi vakillarini vegetativ organlarini anatomomorfologik sinchiklab oʼrganish XX asr boshlariga tugʼri keladi.
V.R.Kondorskaya barglar, yogʼochlik tuzilishi, epiderma hujayralarining devorlarining toʼgʼriligi, yogʼoch elementlarining yarusli joylashuvi, ularning siljuvchanligini koʼrsatishini А.G.Davtyan va Sh.D.Dadasheva tadqiqotlarini davom etkazgan holda olib bordi.V.K.Vasilьevskaya va boshqalar baland togʼ yaylovlari oʼsimliklarining vegetativ organlari tuzilishini oʼrganib, ekologik belgilar organizmning tashqi muhit taʼsirlariga turga xos reaktsiya sifatida vujudga keladi, degan xulosaga keldilar. Oʼsimliklar moslashuvining strukturaviy asosi koʼprok bargning harakterli xususiyati boʼlib, oʼsimlikning tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi sifatida namoyon boʼladi. Keyinrok oʼsimliklarning yashash sharoitlarida barglarning anatomik tuzilishidagi adaptatsiya belgilarini koʼplab olimlar tadqiq qildilar. Bu xususda B.R. Vasilьev olib borgan ilmiy tadqiqotlar alohida eʼtiborga molik. Muallif uz izlanishlarida sayyoramiz asosiy iqlimiy xududlarida - ekvatorial, tropik, subtropik, muʼtadil geografik kengliklarda oʼsuvchi yogʼochli oʼsimliklar asosiy namoyondalarining barglari tuzilishini oʼrgangach, barg strukturasi evolyutsion rivojlanishida qator umumiy morfogenetik konuniyatlar mavjud ekanligini aniqladi. Har xil oila vakillari, xududiy iqlimiyomillarga adaptatsiya jarayonida, yaqqol konvergentsiyadan qatʼiy nazar, oʼzlarining sistematik holatidan qatʼiy nazar barg tuzilishining xususiy belgilarini saqlab koladilar. Hozirgi davrda florogenez va filogenez muammolarini hal qilish yoʼlida oʼsimliklar ontogʼenezini tadqiq qilish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Pallabarg, yuvenil va definitive barglarning anatomik tuzilishini oʼrganish orqali oʼsimlik assimilyatsiya aʼzolarining primitiv turlaridan hozirgi turlarigacha boʼlgan rivojlanish sikli va tashqi muhit sharoitiga adaptatsiyasi oʼrganiladi. Koʼplab mualliflar oʼsimliklar qishki uyquga kirayotganda kurtaklarning qayta shakllanishi, novdalar oʼsishini minimumga qisqartirish, shoxlanish sonlarini koʼpaytirish, oʼsimliklarning yuvenilholatda boʼlish davrini uzaytirish va boshqa muammolar ustida qator ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar desak mubolag’a bo’lmaydi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin