TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH
8.4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari Umuman bashoratni aniqlash ma’lum obyektning bo’lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi.
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo’lishi.
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniksa qaror qabul kiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor kon’yunkturasi istikboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, assosiasiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llaniladi.
Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo’likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo’lishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda utgan davrda bo’lib utgan xakikiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar mikdor va sifat harakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yigindisidan iborat bo’lib, bu turdagi modellar uchun chizikli funksiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish harakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo’lib, ular ikki va undan ortik o’zgaruvchan bashorat qilish obyektlarining o’zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo’llaniladi. Uchinchi turi mazkur obyektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o’xshash obyektlarning rivojlanish konuniyatlari bo’yicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va muloxazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o’z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy erudisiya va tuyg`u vositasida kelgusidagi o’zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish obyektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantikan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniksa, intuitiv uslublar keng qo’llaniladi.
3. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo’llaniladi. Ekstropolyasiya jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo kiladi, ya’ni bu holda ekstropolyasiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi.
Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qo’llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o’zgarishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar va proporsiyalarni mikdoriy bayon kiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng qo’llaniladi. Ular ishlab chtkarish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir kiluvchi omillar o’rtasidagi va boshqa jarayonlar o’zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion va regression modellashdir.
Bozor kon’yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo’llaniladi.