Reja:
1. Pedagogik boshkarish tushunchasi.
2. Ta’lim tizimini boshkarish.
3. Ta’lim-tarbiyani boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari.
Ta'lim tizimini boshqarish Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi.
Xalq maorifini boshqarish davlatimiz siyosatining bevosita ifodasidir. Umumiy o‘rta va kasb -xunar ta’limining rivojlanishi ularning maksad hamda vazifalarini tobora yakinlashtirib, birlashtirmokda.
Boshkaruv organlari barkamol avlodni o‘kitish va tarbiyalash soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o‘z vaktida va xalq ijodkorlari, barcha o‘kuv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofik oshirilishini ta’minlashlari kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdan bosh maksad va pirovard natija har jixatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o‘z vatani va xalkini manfaatlariga sadokatli yorkin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo‘ladi. Bu maksadga erishish umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni,jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda yangi ijtimoiy-siyosiy muxitni shakllantirish bilan boglikdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, xayotga tadbik kilish, xech bir mubolagasiz, strategik maksadlarimiz farovon qudratli demokratik davlat, erkin fukarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo‘lmogi lozim.
Davlat va jamoat tashkilotlari, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan kaytadan ko‘rib chikishni takozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta’lim va tarbiyaning anik maksadga karatilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi.
Erkinlashtirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, birinchi navbatda, yosh avlod an’analari insonparvarlik va demokratik kadriyatlarni singdirish orkali ta’minlanadi.
Ta’lim tarbiya tizimiga rahbarlik qilish prinsiplari.